Impulsli ta'minlash manbai
Admin
1394
Aug. 4, 2023
Elektronika
Bugun 5 V, 36 W impulsli ta'minlash manbai haqida umumiy ma'lumot beraman.
Ta’minlash manbalari har xil, katta quvvatli va kichik quvvatli, yuqori kuchlanish va past, sovituvchi kulerli bor va passiv, korrektorli va korrektorsiz, lekin, ishlash prinsipi, umumiy tamoyillari o'zgarmaydi.
Markirovkasiga ko'ra, bunday bir xil korpusdagi ta'minlash manbalari turli xil quvvat va turli xil kuchlanishlarda ishlab chiqariladi.
Ta’minlash manbaining, nakleykasida ko'rsatilgan texnik xarakteristikalari.
Kirish kuchlanishi 100-240 Volt
Tarmog'ining chastotasi 50 / 60Hz.
Chiqish kuchlanishi - 5 Volt
Chiqish toki (maksimal) - 7,2 Amper
Maksimal quvvati 36 vatt.

Ta’minlash manbai nisbatan kichik, balandligi taxminan gugurt qutisi balandligiga to'g'ri keladi va 37 mm ni tashkil qiladi. Uzunligi 85 mm, eni 58 mm. Ta’minlash manbaini massasi atigi 133 grammni tashkil qiladi (umuman olganda, bu parametr qanchalik katta bo'lsa, shunchalik yaxshi bo'ladi).

Kirish, chiqish va yerlashtirgich bitta terminal blokiga (klemnikka) chiqariladi.
Terminal blokining qopqog'i bor, u to'liq ochilmaydi. Terminal blok yonida chiqish kuchlanishini sozlash uchun o’zgaruvchan qarshiligi va ta’minlash manbai yoqilganligini ko'rsatadigan LED mavjud.
Elektr ta'minotining tashqi tomonida, yaltiroq teshilgan korpusi bor. Biz korpus ichkarisida nima borligini va bularning barchasi qanday ishlashini ko'rib chiqamiz.

Ta’minlash manbalarini tashqi ko’rinishi, korpusi bir xil bo'ladi. Birinchi bo'lib radiodetallarni montajiga qarab chiqamiz. Agar detallar tekis bo'lsa, platada bo'sh joylar yo'q bo’lsa va xajmi katta komponentlar elim (yoki germetika) bilan mahkamlangan bo'lsa, ko'pincha bu yaxshi ta’minlash manbaini belgilaridir.

Endi batafsilroq detallarni tavsiflashga o'tamiz.
Konstruksiyasidan boshlaylik, ushbu ta’minlash manbaida komponentlarni passiv sovutishdan foydalanadi. Issiqlikning bir qismi radiator vazifasini bajaradigan alyuminiy korpusga o'tkaziladi. Bu bunday ta'minlash manbalarini sovutishning, juda keng tarqagan klassik usulidir.

Issiqlik radiator korpusga ikkita radiodetaldan uzatiladi, bu yuqori kuchlanishli tranzistor va chiqish diodi, ular haqida keyinroq gaplashamiz. Komponentlar va korpus o'rtasida issiqlik o'tkazuvchan pasta qo'llaniladi va komponentlarning o'zi po'lat plastinkaga yopishtirilgan.

Va endi biz ta'minlash manbaini alohida qismlarini ko'rib chiqamiz va ularning qaysi biri nima uchun javobgarligini tushuntirishga harakat qilaman.
1. Terminal bloki (klemnik), bu erda hamma narsa tushunarlik, kirish va chiqish o’tkazgichlarini ulash uchun javobgardir. Katta toklarda bir xil nomdagi bir nechta terminallar ishlatiladi, masalan, ikkita musbat terminal va ikkita manfiy terminal. Biz ko’rib chiqayotgan ta’minlash manbaida ancha iqtisod qilishgan, chunki chiqish toki 7,2 ampergacha va terminallari bitta plyus va bitta minus holos. Bu juda muhim ema-ku lekin yuklamani taqsimlash mumkin bo'lganda qo’l keladi.
2. Kirish filtri.
3. Diodli ko'prik, tarmoq kuchlanishini to'g'rilaydi, ba'zan radiatorga o'rnatiladi (agar u alohida komponent sifatida ishlab chiqarilgan bo'lsa), lekin kam quvvatlilarda bu kerak emas.
4. Kirish to’g’rilagichining kondensatori
5. Yuqori kuchlanishli tranzistor
6. Transformator
7. Chiqish to’g’rilagich diodi.
8. Ta’minlash manbai chiqish filtri
9. Chiqish kuchlanishini stabilizatsiyasi va sozlash moslamasi.

Quyida uzellarni yanada kengroq ko'rib chiqamiz.
Manba kirish filtri. Aslida, elektr tarmog’idan ta’minlash manbaiga kiradigan shovqin va halaqitlarni filtrlash uchun ko'proq narsa kerak. Agar sizda ta’minlash manbai yoqilganda, radioda tovush bo'lsa, unda avval bunday filtr borligini tekshirish kerak.
To'liq versiyada, ikkita o'ramli drossel, ikkita X tipidagi kondansator (rasmda sariq), ikkita Y tipidagi kondansator (odatda kichik ko'k) bo’ladi. Shuningdek, shovqin filtriga ta’minlash manbaininig birlamchi va ikkilamchi tomonlarini bog'laydigan kondensator ham kiradi, ular ko’proq chiqish shovqinini pasaytirishga ko’proq tasir qiladi.
Ushbu Y1 kondensatorlari tufayli, yerlashtirgichsiz ta’minlash manbai odatda "chaqib oladi".
Drossel va X kondansatorlari bilan hammasi oddiy, induktivlik va sig'im qanchalik katta bo'lsa, shunchalik yaxshi, ba'zida hatto ikki bosqichli filtrlar (ikkita drossel) qo’llaniladi.
Ba'zi hollarda filtr soddalashtiriladi, faqat drossel, bitta X tipidagi kondensator va bitta yoki ikkita Y1 tupi qoladi (ta’minlash manbini birlamchi va ikkilamchi tomoni o'rtasidagi kondensator). Bu ham normal echimdir, lekin ba'zida drosselni o'rniga ular "maxsus tayyorlangan jumperlarni"(peremchka) qo'yishadi yoki filtrni butunlay olib tashlashadi, bunday qilish mumkin emas, halaqitlar kafolatlanadi.
Bunday holda, biz "tejalgan variant" ni ko'ramiz, ammo u to’liq ishlaydigan, uni takomillashtirish, o’zgartirish kerak emas, lekin ishlab chiqaruvchi to'g'ri Y1 kondensatorlari o'rniga oddiy yuqori kuchlanishli (2,2 nf 2KV) o'rnatadi. Bu xavfsiz emas, chunki bunday kondensatorlar buzilib o’tkazib yuborganda, Taminlash manbai chiqishi kirishga ulanib qoladi va elektr toki urishi mumkin.
Chiqish, filtr ishlaydigan, ammo xavfsiz ishlash uchun platada CY sifatida ko'rsatilgan ko'k kondensatorlarni, Y1 kondensatorlari bilan almashtirish yoki taminlash manbai korpusini yerga ulagan yaxshi.
Afsuski, arzon taminlash manbalarini 90 foizi bunday chiqariladi.
Bundan tashqari, manba filtridan oldin, impulsli taminlash manbalarida maxsus termistor o'rnatilgan bo'lib, u yoqilganda tok oqimini sakrashini cheklaydi. Bu taminlash manbaida u yo'q, aniqrog'i uning rolini qisman drossel bajaradi, bu unchalik yaxshi emas, lekin chidasa bo’ladi, yuqori quvvatli taminlash manbalarida shunga mos ravishda yuqori sig'imli kondensatorlar qo’yish majburiydir.
Avvalo, biz termistorlar (yoki ular termorezistorlar deb ham ataladi) bilan tanishib olamiz. U yarimo'tkazgichli element bo'lib, uning qarshiligi haroratga qarab o'zgaradi.
Termistorlar taminlash manbalarida
Kondensator filtrlari bo'lgan deyarli barcha ta’minlash manbalari va to’g’rilagichlar bitta muhim kamchilikka ega. manba yoqilganda, filtr kondensatori zaryadi yo’q holatda bo'ladi va uni zaryad qilish uchun vaqt kerak bo'ladi. Aynan shu vaqt oralig'ida tok sakrashi yuz beradi, bu ishchi parametrlaridan bir necha baravar oshishi mumkin (ba'zi hollarda hatto o'nlab marta).
Bunday tok impulslariga qarshi kurashishning eng oson usuli bu zanjirga o'rta haroratli NTC termistorini ulashdir.

U shunday ishlaydi: termistor sovuq holatda, uning qarshiligi kichik bo’ladi va u tokni o’tishini cheklamaydi, yoqilgandan keyin u qiziydi va uning qarshiligi ortadi va u katta yo'qotishlarga olib kelmaydi.

U shunday ishlaydi: Termistor sxemani kirishida parallel qilib ulanadi. termistor sovuq holatda bo'lsa, uning qarshiligi katta va u orqali tok o'tmaydi, yoqilgandan keyin, ko'p tok o'tsa u qiziydi va uning qarshiligi pasayadi va ortiqcha tok butun sxemadan o'tmasdan termistor orqali o'tadi bu sxemani kuyishidan saqlaydi.
Kirish filtridan so'ng, o'zgaruvchan tokni to'g'rilaydigan diodli ko'prik o'rnatilgan, keyin o’zgarmas tok elektrolit kondensatorga keladi.
Diodli ko'prik ham turlicha bo'ladi, alohida diodlardan yoki bitta komponent shaklida butun korpusda bo’ladi, agar bitta butun korpusda bo'lsa ba'zida u radiatorga o'rnatiladi. Buta’minlash manbaida, 4 ta alohida diod qo'llanilgan. Diodlar klassik, 1N4007, bunday quvvat manbai uchun etarli. Arzon quvvat manbalarida odatda bitta diod ishlatiladi, bu juda yomon, chunki kirish kondensatori samarasiz ishlaydi.
Kirish elektrolit kondensatori. Bu erda hamma narsa oddiy, sig’im qanchalik katta bo'lsa (chegara bilan), shuncha yaxshi.
Faqat 220 (+/- 10%) volt uchun mo'ljallangan ta’minlash manbai uchun, ta’minlash manbai quvvatiga teng sig’imga ega kondensator kerak. Agar ta’minlash manbai 90 vatt bo'lsa, u holda kondensator 100 mkF lik o'rnatiladi.
Kengaytirilgan 100-240 Volt oralig'ida hisoblangan ta’minlash manbalari uchun ushbu kondensatorni sig'imi 2-3 baravar katta bo'lishi kerak.
Bu holatda, 450 Volt kuchlanish uchun 47mkf, 450 volt kuchlanishli kondensator qo'llanilgan (bu juda yaxshi, odatda 400 voltli kondensatorlar ishlatiladi).
Kondensatorning sig'imi quyidagi xarakteristikalarga ta'sir qiladi.
1. Ta’minlash manbai normal ishlashi uchun, kirish kuchlanish diapazoniga.
2. Kondensatorning ishlash muddati, katta pulsatsiyalar tufayli, kichik sig'imli kondensator tezroq eskiradi, sig'im qanchalik katta bo'lsa, u shunchalik uzoq xizmat ko’rsatadi.
3. Sig’imni oshirish, ta’minlash manbai samaradorligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, garchi u oz miqdorda bo'lsa ham.

Yuqori kuchlanishli tranzistor. U haqida aytadigan ko'p narsa yo'q.
Agar u qanchalik katta bo'lsa, shuncha yaxshi. Transistor parametrlari ishlatilgan PWM (ШИМ) controller mikrosxemasiga uchun mos bo'lishi kerak.
Maksimal kuchlanishiga ta'sir qilishi mumkin, bu tranzistorda u 600 voltga teng, bu sxema uchun 800 volt ham normal lekin kam duch kelamiz.
Yana korpusni shakli ham ta'sir qiladi. Ular butunlay plastik korpusda ham bo’ladi, metall qism bilan birga ham bo’ladi, u holda transistor korpusiga radiator qotiriladi.

Metall qismini radiatordan izolyatsiyalobchi prokladkasi ham bo’ladi.
Transformatori.
Agar buni juda soddalashtirsak, unda bitta qoida amal qiladi - qancha katta bo'lsa, shuncha yaxshi.
Ushbu ta’minlash manbaida "teskari yo’nalishli" sxemadan foydalaniladi, ya'ni avval tranzistor ochiladi, transformator "to’yinadi" keyin tranzistor yopiladi va transformatordan energiya chiqish diodi orqali yuklamaga uzatiladi.
Nima uchun soddalashtirish haqida yozdik, gap shundaki, transformatorning o'lchamlari nafaqat quvvatga, balki ta’minlash manbai chastotasiga ham bog'liq. Chastota qanchalik yuqori bo'lsa, kichikroq transformator ishlatish mumkin, ammo keng iste'moldagi ta’minlash manbalarining aksariyati 60-130 kHz oralig'ida ishlaydi.
Yuqori chastotali kontrollerlar mavjud, ammo yuqori chastota, transformator uchun juda yuqori sifatli materiallarni talab qiladi, shuning uchun bunday ta’minlash manbai narxi ancha yuqori bo'ladi.
Biz ayrim vaqt 250-300 vattli arzon ATX ta’minlash manbalarida yarim gugurt qutisiga teng o'lchamdagi transformatorlarni uchratamiz, lekin bu yuqori chastotada ishlash uchun emas, balki shunchaki tejash holos.
Ba'zan mendan so'rashadi, ta’minlash manbalarini kuchlanishini 5 voltdan 9 ga yoki 19 dan 12 gacha qayta o’zgartirish mumkinmi deb?

Ko'pincha bu mumkin emas, chunki transformator birlamchi va ikkilamchi chulg’ami bir biriga nisbatan muvofiq o’raladi, qayta o’zgartirilgan ta’minlash manbalari, optimal rejimda ishlamaydi. Yoki umuman ishlamaydi, chunki transformatorda ShIM (PWM) controller mikrosxemasini ta’minlaydigan yana bir o'rami mavjud va bu o'ramdagi kuchlanish boshqa o'ramlardagi kuchlanishga ham bog'liq.
Ushbu ta’minlash manbaida transformator, birkada yozilgan quvvatga to'liq mos keladi.
Chiqish to’g’rilagich diodi.
Ta’minlash manbaini ishonchliligi ushbu diodga juda bog'liq, qoidaga ko’ra, diod ta’minlash manbaini maksimal chiqish tokidan 2,5-3 baravar ko'p tok uchun mo'ljallangan bo'lishi kerak. Bizning holatda, bu 7.2*3 = 21.6 A
Ushbu ta’minlash manbaida, ikkita dioddan foydalaniladi. Pasportiga ko'ra, diod 20 Amper (2x10) va 100 Volt kuchlanish uchun mo'ljallangan.
Tok bo’yicha kerakli parametrlarga mos keladi, kuchlanish talab qilinganidan sezilarli darajada katta.
Odatda 5 voltli ta’minlash manbai uchun diod 45-60 voltga, 12 voltli ta’minlash manbai uchun 100 volt, 24 volt uchun esa 150 volt yetarli hisoblanadi.
Lekin, juda yaxshi ham aslida yomon. Buning sababini tushuntiraman.
Sottki diodlari juda yaxshi ishlaydi, kuchlanish tushuvi past, tez ochilib yopiladi, bu ta’minlash manbaini (FIK) samaradorligiga va uning qizishiga ijobiy ta'sir qiladi.
Ammo oddiy diodlardan farqli o'laroq, diod mo’ljallangan maksimal kuchlanishga qarab, kuchlanish tushuvi ham farq qiladi. Ya’ni 45 voltli diod, 100 voltli dioddan 1,5 baravar kam kuchlanish tushuviga ega. Ya'ni, ushbu ta’minlash manbaida diod 30-40 Amper va 60 volt bo’lsa, samaradorlik yuqori bo'ladi va narx esa deyarli bir xil bo'ladi.
Ushbu ta’minlash manbaida kuchlanish bo’yicha kata zahiraga ega bo’lgan diod ishlatilgan bu yaxshi va ishonchli.

Chiqish filtri va stabilizatsiya uzeli.
Bu erda ham o'z qoidalari mavjud, masalan kondensatorlarning umumiy sig'imi chiqish tokining har 1 amperi uchun 1000 mkf hisoblash maqsadga muvofiq. lekin aslida, sig’imni bundan ikki baravar kamaytirsa ham ta’minlash manbalari normal ishlaydi. Kondensatorlar maksimal kuchlanishi va ularning turi ham birdek darajada muhimdir.

Chiqish kuchlanishi uchun odatda quyidagicha olish maqsadga muvofiqdir:
5 volt ta’minlash manbai uchun 16 voltlik kondensator, yo’q holatlarda 10 volt olinadi, har qanday holatda ham 6,3 volt emas.
12 volt uchun – 25 volt, oxirgi chora sifatida 16 volt.
24 Volt uchun, 35 volt, hech qachon 25 volt emas.
Kondensatorlar past ichki qarshilikka (ESR) ega bo'lishi kerak va 105 0C gradusga mo'ljallangan bo’lishi kerak , shunda u uzoq vaqt ishlaydi.
Ushbu ta’minlash manbaida kondensatorler 1000 mkf sig'imga ega, umumiy yig’indisi 2000 mkf ni beradi, bunga asoslanib, uzoq vaqt tok maksimal 4-5 amperdan yuqori bo'lishi kerak emas. Qisqa vaqtga koproq tok olish mumkin, ammo kondensatorlarning ishlash muddati qisqaradi.
Chiqish drosseli, albatta, qanchalik katta bo'lsa, shuncha yaxshi bo'ladi. Ammo shuni yodda tutish kerakki, nafaqat hajmi, balki drossel mo'ljallangan tok ham muhimdir. Agar drossel ingichka o‘tkazgich bilan o'ralgan bo'lsa, u qiziydi. Agar drossel o'ralgan ferrit haddan tashqari qizib ketsa, unda uning xususiyatlari keskin yomonlashadi (ma'lum bir haroratdan oshib ketganda). Bu erda unchalik kuchli bo'lmagan drossel.
Chiqish kuchlanishini stabilizatsiya sxemasi. Bu haqda birozdan keyin to’htalamiz, chunki u pechat platani pastki qismida joylashgan, ustida chiqish kuchlanishini aniq o'rnatish uchun o’zgaruvchan rezistori va ta’minlash manbai yoqilganda ishlayotganligini ko'rsatadigan LED o’rnatilgan.
Asta-sekin biz elektronikani nozikroq joyiga ham keldik. Ushbu ta’minlash manbaida komponentlarning asosiy qismi pastda joylashgan (SMD) komponentlarni chiqishlari yo’q bo’lganligi sababli, pastki qismidagi plata yo'llari tomonida joylashgan. Ta’minlash manbalarida oddiy detallardan foydalanish mumkin, bu unchalik ahamiyatga ega emas, shuning uchun umuman bunga alohida e'tibor bermaslik kerak.
Ammo pechat platani montajiga e'tibor berish kerak. Plata yuqori sifatli tayyorlanishi kerak, chiqishlari yaxshi qalaylangan bo'lishi kerak. Umuman olganda, platani yuvishdan keyin lak bilan qoplash faqat yuqori darajadagi brendlarda va ko'pincha sanoat qurilmalarida uchraydi.

Bu ta’minlash manbaida, yuqori kuchlanishli qism va past kuchlanishli qismni ajratib turadigan optron yo’q ekan. Ta’minlash manbaining turli tomonlarining o’rtasidan qirqilgan bo’lishligi maqsadga muvofiqdir, bu xavfsizlikni oshiradi.
Prinsipial sxemasini ko’rib chiqaylik. Bu turdagi ta’minlash manbalarini hammasida sxema deyarlik farq qilmaydi. Ta’minlash manbaini birlamchi tarafini yaqindan ko’rib chiqaylik

PWM kontrolleri o'zning ulanishi, bir nechta SMD rezistorlardan shunt, shuningdek, "snubber" ning bir qismi bo'lgan rezistorlar bilan aniq ko'rinadi.
Aytgancha, "snubber" haqida gapiradigan bo'lsak, bu transformatorning yuqori kuchlanishli o'ramida paydo bo'ladigan parazitlarni so’ndiradigan uzeldir. Turli xil variantlarda snabber uzeli yig’iladi.
1. Diod + rezistor + kondensator (bu ta’minlash manbaida shunday qilingan), bu sxemada R3, C3, DB1.
2. Diod + supressor (quvvati kata Zener diodining analogi - chegaralovchi).
3. 1 va 2 punktlarning kombinatsiyasi, odatda katta quvvatlarda qo'llaniladi.
4. Xitoycha nou-xau, uni umuman qo'ymaydi. Bu odatda eng arzon ta’minlash manbalarda, masalan, bir tiyinga sotiladigan, mobil telefonlarni zaryadlovchi qurilmalarda amalga oshiriladi.
Ushbu uzel ta’minlash manbai ishonchliligiga ta'sir qiladi.

Bu ta’minlash manbaida PWM (ShIM)controller kelib chiqishi noma'lum, ammo u 63D39 kontrolleri chiqishlari bilan to'liq mos keladi, bu esa o'z navbatida FAN6862 analogidir.
Kichik quvvatli ta’minlash manbalarida uch turdagi sxema yechimi qo'llaniladi.
1. PWM controller mikrosxemasi + yuqori kuchlanishli MOSFET tranzistor.
2. Tarkibida shunt va kuchli MOSFET tranzistoridan tashkil topgan quvvati katta PWM controller mikrosxemasi.
3. Avtogenerator, mikrosxemalar yo'q, tokni oshishidan himoya yo'q.
Dastlabki ikkita tip aslida o'xshashdir, uchinchisi ancha yomonroq, agar siz sxemada kichik mikrosxemani ko'rsangiz, unda 99% sizda birinchi turdagi ta’minlash manbai bo’ladi.

Agar platada yuqori kuchlanishli tranzistor bo'lsa va uning yonida yana kichikroq 1-2 tranzistor bo'lsa, unda bu 99% avtogenerator.
Bu erda to'g'ri echim qo'llanilgan, e’tiroz yo'q.
Sxemani ikkinchi tomoni, chiqish kuchlanishini to'g'rilash va stabilizatsiya uchun javob beradi.
Ba'zi odamlar chiqish kuchlanishining barqarorligi uchun birlamchi tomon javobgar deb yanglish o'ylashadi. (shunaqa variant ham bor) Ikkilamchi tomon chiqish kuchlanishini barqarorlashtirishning aniqligi uchun aynan ikkilamchi tomon javobgardir, chunki u birlamchi tomon xatti-harakatni boshqaradi.

Stabilizatsiya uchun TL431 deb nomlangan kichik mikrosxema javob beradi, bu rasmda u V3 deb nomlangan uchta chiqishli (pinli) juda kichik korpusda. Ushbu mikrosxema boshqariladigan stabilitrondir, ta’minlash manbai chiqishidan ushbu mikrosxemaga kuchlanish berilganda, u optronning yoqilishini boshqaradi. Optron bu buyruqni PWM boshqaruvchisiga uzatadi va u ta’minlash manbai kuchlanishini boshqaradi, chiqishda barqaror kuchlanish bo'lishi uchun uni sozlaydi.
Mikrosxemaga kuchlanish bo’lgich orqali, ba'zan faqat ikkita rezistor orqali beriladi, ba'zan esa o’zgaruvchan qarshilik qo'shiladi, uning yordamida chiqish kuchlanishini kichik chegaralarda o'zgartirish mumkin.
Ba'zan ayrim ishlab chiqaruvchilar maxsus mikrosxemalar va optpara yordamida chiqish kuchlanishini barqarorlashtirmaydilar, ammo bu yaxshi emas.
Umuman olganda, agar ta’minlash chiqishi yaqinida optopara va kichik uch oyoqli mikrosxemalar mavjud bo'lsa, unda bu ta’minlash manbai stabilizatsiyasi to’g’ri ishlaydi.

Birlamchi ("issiq";) tomoni va ikkilamchi ( "sovuq";) nima ekanligini ko'proq tushunish uchun sxema tomonlarni ikkita rang bilan ajratilgan, bir vaqtning o'zida ikkala tomonga tegishli komponentlar qora rangda ko'rsatilgan.