Ushbu sayt elektrotexnika va elektronika bo'yicha informatsiya beruvchi, amaliy va nazariy o’rgatuvchi sayt. Saytimiz yordamida siz nafaqat tushunasiz, elektrotexnika va elektronika sohasini yoqtirib ham qolasiz.

AVR tuzilishi va ishlash prinsipi.

Admin 4123 July 6, 2023  Elektrotexnika

AVR tuzilishi va ishlash prinsipi.

Hatto zamonaviy elektr ta'minoti tizimi ham,  har doim  to'liq ishonchli bo’lmaydi. Avariya holatlari yuz berganda,  iste'molchilar elektr energiyasiz qolishi mumkin, ular uchun elektr ta'minotining uzoq muddatli uzilishi katta moddiy yo'qotishlarga va hatto odamlar hayotiga xavf tug'dirishi mumkin. Shu sababli, uylarda yoki ishlab chiqarishda ham ikkita elektr manbasi ta’minoti bilan ta’minlashga to’g’ri keladi. Bunday tizim qisqartirilgan so’zdan iborat АВР (автоматический ввод резерва) Avtomatik zahira kirishi deb ataladi. Uning ishi,  asosiy elektr ta'minoti uzilib qolgan vaqtda,  elektr iste'molchilarini,   zanjirlarni zaxira elektr manbaiga to'liq avtomatik ulashdan iborat. Ushbu maqolada biz har xil turdagi AVRlarning vazifalari va ishlash printsipini batafsil ko'rib chiqamiz.

AVRni vazifasi

Elektr tizimida, AVR maqsadi, uzluksiz elektr ta'minotini tashkil etish huddi UPSga o’hshaydi.  Avtomatik zaxira manbasini kiritishning asosiy vazifasi - bu jarayonda inson ishtirokisiz,  elektr ta'minotini tezda tiklash.

PUE (Elektr qurilmalarini foydalanish qoidalari) ga ko'ra, zahira manbasiga avtomatik ulanish va 2 ta kirish bilan ta’minlash, birinchi toifadagi iste'molchilarni elektr energiyasi bilan ta'minlash uchun majburiy hisoblanadi.Bu tizimni zaruriyatiga oddiy misol, qandaydir muhim qo'riqlanadigan hududni yoritish  tizimiga bo'lgan ehtiyojning keltirish mumkin. Ya'ni, asosiy liniya o'chirilganda, tizimning o'zi zaxira manbadan ta'minotni ulaydidi, shu bilan birga bu muhim hudud, chirog'i o'chmasdan yorug' bo'lib qoladi.

Maksimum nima sodir bo'lishi mumkin, manbani qisqa muddatli uzilishi bo'lib, uni ayrim vaqt ko'z bilan vizual ravishda sezmay qolamiz. Bu AVR ishga tushish tezligiga bog'liq, zahirani ulanish vaqti taxminan 0,3-0,8 soniya bo'lishi kerak.

AVR qanday ishlaydi?

AVR ning ishlash printsipi, zanjirdagi kuchlanishni nazorat qilishga asoslangan. Buni istalgan kuchlanish relesi yoki raqamli mantiqiy himoya bloklari yordamida amalga oshirilishi mumkin. Biroq, ishlash printsipi hanuz o'zgarishsiz qolmoqda. Keling, eng oddiy misolda ko'rib chiqaylik.

Bu bitta liniyalik sxema bo'lib,  kuchlanish borligini nazorat qilish, KM kontaktori bilan amalga oshiriladi. Har ikkala QS1 va QS2 avtomatlari  yoqilgan bo'lishi kerak, bunda kontaktorni KM g’altagi kuchlanish oladi va tortilgan holatda bo’ladi,  shunga mos ravishda asosiy kirish liniyasi  NO kontakt ulangan bo’ladi  va zaxira kirish liniyasidagi  NC kontakti ochiq holatda bo’ladi.

Shunday qilib, iste'molchi asosiy tarmoqdan elektr energiyasi bilan ta'minlanadi va tegishli chiroqlari yonadi. L12 liniyasida nosozlik yuz berib va kuchlanish KM kontaktorini o'chirish qiymatga tushib qolsa, asosiy liniyadagi  ulanib turgan kontaktlar NO(normal ochiq) holatiga o’tadi va shu bilan birga, elektr tarmog'ining zaxira manba liniyasi  ulanib,  L22 liniyasi NC (normal berk) holatga o'tadi va shu bilan iste'molchiga zaxira manbadan kuchlanish uzatadi. L12 liniyasida asosiy elektr ta’minoti tiklanganda, yana teskari jarayon yuz beradi.

Bu bitta liniyalik sxema bo'lib,  kuchlanish borligini nazorat qilish, KM kontaktori bilan amalga oshiriladi. Har ikkala QS1 va QS2 avtomatlari  yoqilgan bo'lishi kerak, bunda kontaktorni KM g’altagi kuchlanish oladi va tortilgan holatda bo’ladi,  shunga mos ravishda asosiy kirish liniyasi  NO kontakt ulangan bo’ladi  va zaxira kirish liniyasidagi  NC kontakti ochiq holatda bo’ladi.

Shunday qilib, iste'molchi asosiy tarmoqdan elektr energiyasi bilan ta'minlanadi va tegishli chiroqlari yonadi. L12 liniyasida nosozlik yuz berib va kuchlanish KM kontaktorini o'chirish qiymatga tushib qolsa, asosiy liniyadagi  ulanib turgan kontaktlar NO(normal ochiq) holatiga o’tadi va shu bilan birga, elektr tarmog'ining zaxira manba liniyasi  ulanib,  L22 liniyasi NC (normal berk) holatga o'tadi va shu bilan iste'molchiga zaxira manbadan kuchlanish uzatadi. L12 liniyasida asosiy elektr ta’minoti tiklanganda, yana teskari jarayon yuz beradi.

Tizimga bo’lgan  talablar.

AVR tizimlariga qo'yiladigan asosiy talablar:

• Tez ishlashi.

• Ulanish ishonchliligi.

• Kuchlanishni uzatish faqat uchastkada qisqa tutashuv bo'lmasa, ya'ni   qisqa tutashuvda albatta blokirovka bo'lishi kerak.

• Bir martalik  ishga tushish.

• Zaxira elektr ta’minoti ulash uchun chegara diapazonini sozlash masalan, kuchli elektr motorlarini ishga tushirish vaqtida, kuchlanish pasayib ketganda AVR ishlamasligi uchun sozlash imkoniyati.

• Ishga tushishi faqatgina shartga ko’ra, zaxira kirishda, elektr energiyasi bo'lgandagina ishlayshi.

Tabiiyki, kontaktorlardan yig'ilgan eng oddiy sxema AVR tizimiga qo'yiladigan barcha talablarni bajara olmaydi. Buning uchun zamonaviy elektronikada mantiqiy tizimlar qo'llaniladi, ular faqatgina  blokirovka va barcha talablarga rioya qilingan taqdirdagina zaxira elektr manbasini ulash uchun signal beradi.

AVR tasnifi va amalga oshirish variantlari

Zaxira ta’minlash manba’i  va uning avtomatik kirishi alohida generatordan, akkumulyator batareyalaridan  yoki alohida liniyadan bo'lishi mumkin.

O'z navbatida, barcha AVR tizimlari o'z faoliyatida quyidagilarga bo'linadi:

1. Bir tomonlama. Bir seksiya yoki kirish ishchi (asosiy), ikkinchisi esa zaxira. Ishchi kuchlanish yo’q bo’lgan taqdirda zahira ulanadi.

2. Ikki tomonlama. Ikkita alohida ta’minot seksiyasi mavjud bo'lganda va shunga mos ravishda ikkita liniya ham ishchi hisoblanganda  va ulardan biri o'chadigan bo'lsa, ikkinchisi zaxira hisoblanadi.

Maishiy generatorlar bilan ishlashni o’ziga hosligi.

Uyda  zahirani avtomatik zahira kirishni, tashkil qilish uchun siz avtonom generatordan zaxira ta’minlash manbai sifatida foydalanishingiz mumkin. U butun uyni uzoq vaqt davomida, elektr energiyasi bilan ta'minlashga imkon beradi va ulanadigan yuklama miqdori, generatorning quvvatiga bog'liq. Mana ulanish sxemasi:

Tarmoq kuchlanishi o'rniga, elektr energiyasi manbai sifatida, generatorni joriy etish, generator modelini hisobga olgan holda bir fazali va uch fazali tarmoqda qo'llanilishi mumkin.

Biroq, bu jarayonni to'liq avtomatlashtirish uchun generator starter bilan jihozlangan bo'lishi kerak, shuningdek sizga starterni faqat ishga tushirish vaqtida yoqadigan va elektr ta'minoti tiklanganda o'chiradigan kommutatsiya qurilmalari to'plamidan iborat maxsus blok kerak bo'ladi. U mana bunday  ko'rinishga ega:

Generator uchun bunday blok har qanday turdagi dvigatelga mos keladi va uchta pozitsiyaga ega: «STOP», «OFF, «START».

To'g'ri, qishda ichki yonuv dvigatelini isitish kerak, biroq bu xususiyatni hisobga olgan holda ushbu qurilmani dasturlash mumkin. U taqsimlovchi shitdai DIN reykaga o'rnatiladi.

AVR Batareyalarda

O’zgarmas tokni, o'zgaruvchan tokka aylantiruvchi invertorlarning rivojlanishi bilan, masalan, avtomobil akkumulyatorini, zaxira ta’minlash manbai sifatida foydalanish imkoniyatlari yuzaga keldi. Akkumulyatorlardan tashqari yana qo'shimcha ravishda, 12 voltli o’zgarmas kuchlanishni,  220 voltli AC ga aylantiradigan zamonaviy avtomobil invertori kerak bo'ladi. Albatta, bu manbani,  quvvatti katta  yuklamalar uchun deyarli qo'llanilishi dargumon, lekin liniya qisqa muddatli uzilishi vaqtida, kam quvvatli elektr iste’molchilarini  barqaror kuchlanish bilan osongina ta'minlaydi.

Bunday holatda, ish davomiyligi iste'molchilarning quvvatiga va akkumulyatorlarning sig’imiga bog'liq bo'ladi. Bunday holda, ishning davomiyligi iste'molchilarning kuchiga va batareyalarning quvvatiga bog'liq bo'ladi. Sig’imni oshirish uchun bir nechta akkumulyatorlarni parallel ravishda ulash mumkin. AVR tizimining ulanish sxemasi magnit puskatel yordamida amalga oshirilishi mumkin.

Magnit puskatel asosiy zangirga ulanadi va tarmoqda muammo bo'lsa, uning harakatlanuvchi qismi chertib yuboradi, shu bilan uning NC yordamchi blok kontakti, akkumulyatorlardan iborat, avtomatik elektr ta’minoti tizimini ishga tushiradi. Bu usul generator usuliga qaraganda arzonroq, ammo kuchli maishiy texnika uchun uzoq vaqt davomida tokni etkazib berishga qodir emas.

Mantiqiy kontrollerlarni qo’llanilishi.

Ikkita uch fazali elektr ta'minoti tarmoqlari uchun, ideal tizimni yaratish uchun zarur bo'lgan ko'plab parametrlarni hisobga oladigan, mantiqiy kontroller iborat tayyor ABR bloklari qo'llaniladi.