Elektr shiti qanday yig'iladi
Admin
8351
Aug. 15, 2023
Elektrotexnika
Xonadonlar uchun elektr shit o'rnatish:
Elektr shit elektr tarmog’i ta'minotini boshqarish uchun mo'ljallangan, murakkab modullik qurilmalardan tashkil topgan konstruksiyadir.
Shitni asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
Uyning umumiy elektr ta'minoti tarmog'idan kiruvchi kuchlanishni qabul qilish;
Kiruvchi energiya parametrlarini tahlil qilish va kuchlanish yoki tok qiymatlaridan chetga chiqqanda, ichki tarmoqni o'chirish;
Iste'molchilarni hududlarda joylashuvi, iste’mol quvvati, vazifasiga ko’ra guruhlarga taqsimlash;
Plitalar, Ariston, kir yuvish mashinalari, konditsionerlar va boshqa shu kabi quvvati katta iste'molchilarning to'g'ridan-to'g'ri ulanishi;
O’tkazgichlarni va maishiy texnika jihozlarini qisqa himoya qilish; elektr ta'minoti tarmog'ining ishlashi paytida to'liq xavfsizlikni ta'minlash.
Elektr energiyasini guruhlarga taqsimlash Butun xonadon uchun atigi bir nechta avtomat o’chirgich qo'llaniladigan shitlar o'tmishda qoldi. Ko'p sonli modullik qurilmalarga bo'lgan ehtiyoj qulaylik va xavfsizlikni oshirish bilan izohlanadi. Agar xonalardan birida rozetka buzilsa, siz bitta avtomatni o'chirib qo'yishingiz mumkin, qolgan tarmoq esa normal ishlashda davom etadi. Guruhlarga taqsimlashning asosiy qoidalari quyida tavsiflanadi.
Katta quvvatli iste'molchilar. 2 kW dan ortiq quvvatga ega barcha qurilmalar alohida yoki kichik guruhlarga birlashtiriladi. Ularning har biri uchun, alohida avtomat himoyaga ega bo'lgan, alohida liniya tortiladi. Qoidaga ko’ra, kabelning kesimi va avtomatning nominali ozroq zaxira bilan tanlanadi. Ko'p hollarda, 2,5 mm2 kesimlik VVGng yoki NYM tipidagi mis kabeli, shuningdek, 16A avtomatik o’chirgich mos keladi.
O’ta quvvatli priborlar albatta alohida liniyalarni talab qiladi. Bunday qurilmalar 5,5 kW dan yuqori suv isitgichlarini va quvvati 6,5 dan 9,5 kW gacha bo'lgan plitalarni o'z ichiga olishi mumkin. Ularni ulash uchun 4 yoki 6 mm2 kesimlik kabeldan, shuningdek, 25 A va 32 A avtomatik o’chirgichlardan foydalaniladi.
Rozetka guruhlari xonalar bo'yicha birlashtiriladi shuningdek katta xona uchun bir nechta guruhlarga ham ajratiladi. Umumiy liniya shitdan taqsimlash qutisiga o'tadi, bu yerda kabel tarmoqlanadi. 2,5 mm2 kesimlik VVGng yoki NYM kabeli va 16A lik avtomat yetarli bo’ladi.
Yoritish tizimi xonalar bo'ylab taqsimlanadi. Masalan, hammom, yotoqxona, oshxona uchun turli guruhlar. Liniya 1,5 mm2 o’tkazgich, 6 yoki 10 A avtomat bilan himoyalanadi.
Ma’lumot! Avtomatning nominal kattaligi, bevosita kabel kesimiga, shuningdek, iste'molchilarning quvvatiga bog'liq.
Taqsimlovchi shitlarga qo'yiladigan talablar Elektr qurilmalariga maxsus talablar qo'yiladi, chunki u uy jihozlarining xavfsiz ishlashi uchun javob beradi. Quyidagilar albatta bo'lishi kerak:
1. Iste'molchilar va nominal tok va texnik pasportning mavjudligi.
2. Ishlab chiqilgan ulanish sxemasi.
3. O’tkazgichlarni markirovkasi.
4. Shitni yerlashtirish va barcha ulangan qurilmalarni yerlashtirgichga ulash.
5. Agar shit metall bo'lsa, konstruksiya va eshiklar yerlashtirgichga ulangan bo'lishi kerak va korpus qoplamasi dielektrik bo'lishi kerak. (odatda tok o’tkazmaydigan bo’yoq bilan qoplanadi)
6. Neytral va yerlashtirgich o’tkazgichlarning shinalarida bo'sh terminallar (klemma) mavjudligi.
7. Shit yonmaydigan materialdan tayyorlangan bo’lishi.
Ma’lumot! Barcha shitlar PUE (Elektr qurilmalarini foydalanish qoidalari) qoidalariga muvofiq bo'lishi kerak.
Elektr shitlarining turlari Kelib chiqishi bo'yicha taqsimlovchi shitla mustaqil yig'iladigan va ishlab chiqarish korxonasida tayyorlanganiga bo'linadi - ikkala tur ham ma'lum xonadonlarning elektr ta'minoti tizimlari uchun yig’iladi.
Tayyor shitlar elektr montajiga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan ishlab chiqariladi. Do'konda sotib olingan tayyor shit sertifikatga ega bo'lsa, uning tarkibiy qismlari va yig'ish sifati bo’yicha hech qanday shubha bo’lmaydi, lekin tanlangan shit, har tomonlama xonadonning elektr ta'minoti tizimiga mos kelishi kerak.
Kelib chiqishi shubhali shitlarini sotib olish va o'rnatish xavfli – Zanjir favqulodda holatlarida, avtomatik ravishda o'chmasligi ehtimoli katta. Uyingiz xavfsizligini, sinovdan o’tgan, brend ishlab chiqaruvchilarga, masalan, ABB (Shvetsiya-Shveytsariya), IEK (Rossiya), ga ishongan yaxshi. Biroq yuqori sifatli shitni o'z qo'llaringiz bilan muvaffaqiyatli o'rnatishga ishonch hosil qilish uchun, sizga bunday ishni bajarishda tajriba va malakalisi yetarli elektrikni yordami kerak bo'ladi.

Xitoy va Rossiyada ishlab chiqarilgan nomsiz mahsulotlaridan foydalanmaslik kerak, xavfsizlikni turganda, tejash aslo mumkin emas. bunday shitlar ko'pincha mo'rt bo'lib, oq rangdagi mahsulot bir necha oydan keyin sarg'ayishni boshlaydi.
Mustaqil yig’ish, shitni zarur parametrlarga ega bo’lgan komponentlardan yig'ish. - ma'lum bir elektr ta'minoti tizimi uchun, tuzilgan sxema bo'yicha amalga oshiriladi. Kerakli o'lchamlar va dizayndagi kichik shit korpusi sotib olinadi, unda kerakli komponentlar yig'iladi va o'rnatiladi.

Tayyorlangan materialiga ko'ra, shitlar uchun korpuslar plastik, metall va kombinatsiyalashganga bo'linadi. Xonadonlarda binoni ichiga o’rnatish uchun plastik mini-quti ko'proq mos keladi - yerlashtirgichga ulashni talab qilmaydi, yengil, dizayni chiroylik, estetik mahsulot.
Taqsimlovchi shit tanlayotganda, bir nechta narxi teng variantlari bo’lganda, shaffof eshigi bo'lgan mini box mahsulotga ustunlik berish yaxshidir, bu sizga yopiq holda ham avtomatlarni holatini vizual ravishda nazorat qilish imkonini beradi. Mini-qutilar namlik va changdan yetarlicha himoya darajasiga ega bo'lishi kerak, bu mahsulotning texnik pasportida ko'rsatiladi. Himoya sinfi IP21, IP31 va IP32 bo'lgan korpuslar xonadonlarda o'rnatish uchun javob beradi.
O'rnatish usuliga ko'ra, mini-qutilar quyidagilarga bo'linadi:
Tashqi o'tkazgichlar va yog'och uylarda qulay, o'rnatish oson, lekin ma'lum hajmni egallaydi;

Ichki estetikroq devor bilan bir tekisda o'rnatiladi lekin o'rnatish qiyin, chunki ular devorni o’yib o'rnatish ishlarini talab qiladi.
Iste'molchilarni to'g'ri guruhlash Operatsiya, xonadonga yetkazib berilayotgan elektr energiyasini iste'molchilar o'rtasida to'g'ri taqsimlashdan iborat.
Elektr shitini mustaqil yig'ish quyidagi qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi:
2000 W yoki undan ortiq quvvatga ega bo'lgan har bir iste'molchi alohida guruhga ajratiladi va mos keluvchi nominaldagi avtomatga ulanadi. Yuqori quvvatli elektr jihozlariga kabellar bir butun holatda tortiladi - har bir jihoz uchun alohida yotqizililadi.
Har bir xona uchun 2,5 mm² kesimli uch tolali kabeldan alohida rozetka liniyasi, Yoritish liniyasiga 10 A Avtomat, 1,5 mm² kesimlik kabeldan alohida liniya, konditsioner uchun alohida liniya amalga oshiriladi.
Kir yuvish mashinalari, idishlarni yuvish mashinalari, split-tizimlar (konditsioner) va boshqa kam quvvatli uy jihozlari 16 A avtomat o’chirgich 2,5 mm² kesimlik kabel orqali ta'minlanadi. Katta quvvatga ega maishiy texnikani ulash uchun 4 yoki 6 mm² kesimlik kabel va 20 yoki 32 A avtomat o’chirgichlar talab qilinadi.
Hammom uchun elektr ta'minoti, uning iste'molchilarining quvvatidan qat'i nazar, individual himoya qurilmasinisini majburiy o’rnatib, alohida liniya bilan ta'minlanadi.
Shuningdek: Elektr shitini o'rnatishda, shitni guruhlarga ajratib, alohida kabellar bilan ulanish - bu xavfsizlikning zarur darajasini va xonadonning elektr ta'minoti tizimini nazorat qilish qulayligini ta'minlaydigan yagona to'g'ri yechimdir. Qisqa tutashuv sodir bo'lsa, faqat favqulodda guruh o'chiriladi - bu muammoni qidirish maydonini cheklaydi va muammoni hal qilish uchun elektr energiyasidan foydalanish imkoniyatini saqlab qoladi.
Sxema tuzish
Xonadonlarda elektr shitini ishi loyihadan, ya’ni sxemasini tuzishdan boshlanadi. Shu bilan birga, kelgusida o’rnatiladigan elementlarni taqsimlashda oqilona yondashuvga rioya qilish maqsadga muvofiqdir. Bu nafaqat qurilmani yanada ixcham qiladi, balki o’tkazgichlarni tejash imkonini beradi. Ushbu bosqichda tayyor qurilmalarni o'rnatish joyini aniqlanadi.
Elektr shitidagi joylar sonini qanday hisoblash mumkin
Taqsimlovchi shitni loyihalashda oqilona yondashuv, birinchi navbatda, o'rnatiladigan qurilmalar uchun joylar sonini hisoblashni nazarda tutadi. Amalda, buni qiyin joyi yo’q, chunki elektr shitining barcha zamonaviy komponentlari, qat'iy o'lchamlarga ega. Bu erda o'lchov birligi sifatida bitta modul hisoblanadi. Bitta modul degani, bir dona bir qutbli Avtomat o’chirgich egallagan maydonga tengdir. Uning kengligi 17.5 santimetrga teng. Ushbu standart xalqaro bo'lib, har qanday zamonaviy elektr komponentlari uchun mos keladi.
Taqsimlovchi shit uchun oddiy hisoblashga misol
Bunday hisob-kitoblar qanday amalga oshirilishini amaliy tushunish uchun xonadondagi oddiy shitni kichik bir misol keltiraylik.

Rasmda elektr energiyasi hisoblagichi ham kiritilgan sxema ko'rsatilgan. Bizning vazifamiz shartlariga ko'ra, asosiy liniyani kiritish 3*6 mm2 kesimlik VVGng kabeli yordamida amalga oshirildi. Endi shitga o'rnatilgan modullarni va ular egallagan joyni hisoblaymiz:
Kirishda ikki qutbli avtomat o’chirgich = 2 modul;
Keyin ikkita impulsli kuchlanishni chegaralovchi = 2 modul;
Keyin uchta UZO = 6 modul:
Qolgan bir qutbli avtomatlar o’n dona = 10 modul:
Barcha modullarni jamlasak umumiy soni, 20 ta modulga joy olamiz va yerlashtirgich va neytral shina uchun ham joy ajratamiz. Agar neytral uchun joy ozlik qilsa qo’shimcha kross modul o’rnatish uchun ham joy qoldiriladi, bu eng oddiy taqsimlovchi shit uchun. Barcha mutaxassislar hisob-kitoblarga ma'lum bir zaxirani kiritishni tavsiya qilganligi sababli, har ehtimolga ko’ra qo'shimcha modullar o'rnatiladigan bo'lsa, korpusni kamida 24 ta joyga sotib olish kerak. Keyinchalik bo'sh joy etishmasligi muammosiga duch kelmaslik uchun bu modullar sonini 26 ga oshirish tavsiya etiladi.
Yaxshi elektr shitini qanday tanlash mumkin
Joylar sonidan keyin siz qanday shit kerakligini, qanaqa dizayn kerakligini hal qilishingiz kerak. Umuman olganda, qanday turlari bor?
Osma shitlar, ya'ni ular uchun maxsus joyni tayyorlashga hojat yo'q, lekin u turli xil qotirgichlar yordamida devorga yoki ustunga mahkamlab qo'yiladi: ankerlar, dyubellar, shruplar, samorez yordamida – bularni hammasi materialga bog’liq. Agar shit ochiq muhitda o'rnatiladigan bo'lsa, , agar bino ichida bo'lib, ochiq o’tkazgichli montaj va yog'och uylarda u har doim osma bo'lishi kerak.
Ichga o’rnatiladigan shitlar - ular uchun devor konstruksiyasida o’yiq joy tayyorlanadi. Bunday shitlar faqat bino ichida va faqat o’tkazgichlar, yashirin usuldagi montaj bilan o'rnatiladi.
Korpusning materialiga ko'ra, elektr shitlari quyidagilarga bo'linadi.
Metall korpusli shitlar. Ular ham osma, ham devor ichiga o’rnatiladigan bo'lishi mumkin. Korpusning yuqori mustahkamligi ularga ma'lum afzalliklarni beradi, ayniqsa ochiq muhitda o'rnatilganda. Bunday shitlarda ruxsatsiz ochishga qarshi funksiyasi, maxsus kalit yordamida ochiladigan bo’lishi va kichik bolalarning kirishini cheklash kerak - eshikni qulflanadigan qilib qo'yishingiz mumkin.

- Plastik korpusli shitlar. Bu yerda juda xilma-xil modellar mavjudki, Bu sohaga endi kirib kelgan bo’lsangiz ko’zingiz yugurib qoladi. Ushbu mahsulotlar ham osma, ham devorni o’yib o'rnatilgan bo'lishi mumkin. Turli xil dizaynlarda bo’lgani, ularni har qanday interyerga mos tushadi. Odatda ular metall "birodarlari" ga qaraganda jozibali ko'rinadi, ammo bu yerda biroz muammo bo'lishi mumkin, chunki ba'zi modellarning oq plastmassasi bir necha yil ichida sarg'ayishi mumkin.

Shunday qilib, yuqorida aytilganlarning barchasini umumlashtiramiz va elektr shitini tanlash bo'yicha ba'zi maslahatlar beramiz:
Avvalo, birinchi navbatda, siz hamma narsani sotib olishingiz mumkin bo'lgan vijdonli sotuvchini tanlash kerak: ya’ni, elektr shiti va barcha modullik qurilmalar va elektr montaji paytida kerak bo’ladigan hamma narsa. Uzoq vaqtdan beri faoliyat yuritayotgan boy assortimentga ega yirik do'kon bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Bunday do’kon sotuvchilari o'z obro'sini juda qadrlashadi soxta mahsulotlarni farqiga borib yaxshi ajratishadi.
Ikkinchidan, elektr shitini ishlab chiqaruvchisi juda muhimdir. Arzon narxda hech narsa sotib olmaslik kerak. Imkon qadar mashhur brendlardan sotish olish maqsadga muvofiq.
Bunday elektr shitlar xona interyeri bezagi bo'lishi mumkin. Ayrim ishlab chiqaruvchining sifatli, o'rta darajadagi va sifatsiz shitlari bor. Siz sifatlisidan tanlashingiz kerak. Yaxshi korpusda barcha DIN reykalari osongina olinadigan va korpusga qayta o'rnatilishi mumkin. Bu yig'ishda katta yordam beradi ya’ni kiruvchi kabellarni tolasini o’tkazilayotganda.
Elektr shitidagi modullik qurilmalarni qanday tanlanadi?
Sotib olishdan oldin, elektr shit sxemasi tuzilgan va mutaxassis bilan kelishilgan bo'lishi kerak, bu sxemada shitga o’rnatiladigan modullik qurilmalarning barcha nominallari ko'rsatilgan bo’lishi lozim. Maqola mualliflari saytimizmiz o‘quvchilariga nima demoqchi?
Katta stajga ega elektriklarda faqatgina bir nechta modulli qurilmalarni ishlab chiqaruvchilar bor: ABB, Schneider Electric, Hager, Legrand. Bular yuqori sifatli uskunalar ishlab chiqaradigan dunyoga mashhur kompaniyalardir. Bu degani qolgan ishlab chiqaruvchilar yomon degani emas. Bular shunchaki eng yaxshilari.
Barcha modullik qurilmalarini bitta brend firmani, bitta seriyasini olish yaxshiroqdir. Gap shundaki, ba'zi ishlab chiqaruvchilar modulining kengligi 17 mm, boshqasi 17,5 mm yoki 18 mm bo'lishi ham mumkin. Bu 2-3 ta avtomat yoki UZOda sezilmaydi lekin 12 ta modul qatorida bir necha millimetrga olib keladi. Taroqlarni(grebyonka) ulash bilan bog'liq muammolar bo'lishi mumkin. Har qanday uy egasi shitni ochishdan mamnun bo'ladi Agar barcha qurilmalar tekis va bir xil rangda bo’lsa, har qanday uy egasi shitni ochishi bilan mamnun bo’ladi.
Shitni yig'ish uchun, shuningdek, kirish kabelidan kam bo'lmagan kesimlik ПВ1 yoki ПВ3 (ПуГВ) montaj uchun o’tkazgich kerak bo'ladi. Ko'p hollarda 4 mm2 yoki 6 mm2 yetarli. Ko'p narsa kerak emas, ikki-to'rt metr yetarli bo'lishi kerak. faza (L) uchun oq, qora yoki qizil rangda, neytral (N) uchun ko'k rangda bo’lgani yaxshidir. Nol va fazali o'tkazgichlar albatta rang bilan ajratilishi kerak.
Modullik qurilmalarni bir-biriga ulash uchun, elektr ta'minotining fazalar soniga va shitdagi elementlarning joylashishiga qarab, bir, ikki yoki uch qutbli maxsus taroqlardan foydalanish juda qulay. Bu erda ham mutaxassisning yordami ortiqcha bo'lmaydi. Shuningdek, taroqlar ikki chekkasi uchun kerakli miqdordagi qopqoqlarni sotib olish tavsiya etiladi.

Taroqli shinalar elektr shitidagi joyni sezilarli darajada tejaydi va montajni osonlashtiradi.
Agar shitda sxemasida UZO guruhlari nazarda tutilgani bo'lsa, ularning har biri uchun DIN reykaga yoki ular uchun mo'ljallangan boshqa joylarga o'rnatiladigan nol shina sotib olish kerak.

Nol shinalari uchun yaxshi alternativ bu - bir xil shinalar bo'lgan, bir biridan ishonchli tarzda ajratilgan, faqat umumiy korpusga o'rnatiladigan kross modullardir. Bitta kross modul bir nechta nol shinalari o'rnini bosishi mumkin, bu esa shitdagi joyni tejaydi, montajni yanada xavfsiz va qulay qiladi.

Juda foydali detal - modullik qurilmalarning yon tomonlarida "harakatlanishiga" to'sqinlik qiluvchi DIN-reyka cheklagichi (ogranichitel) hisoblanadi. Agar DIN reykani chekkalarida cheklovchilar bo’lmasa, unda qator to'liq to'ldirilmagan bo'lsa, yig'ish paytida barcha qurilmalarni joyida ushlab turish qiyin bo'ladi, ayniqsa ish qattiq ПВ1 yoki ПВ3 bilan amalga oshirilganda.

Kabellarni mahkamlash va shit ichidagi o’tkazgichlarni tartibga solish uchun plastik xomutlar kerak bo'ladi.

Shundan so'ng siz to'g'ridan-to'g'ri shitni o'rnatish va yig'ishga o'tishingiz mumkin.
Nol, yerlashtirgich va shinalar
Nol shinadan foydalanish har qanday tarmoqning ishlashi uchun zaruriy shartdir, shu jumladan 220 va 380 V. Nol shinaning vazifasi elektr shitga ulangan qurilmalarga "nol" ni tarqatishdir.
Qaysi biridan foydalangan yaxshi – o’tkazgich yoki taroqli shinalar. O’tkazgichlar va shinalar o'rtasida tanlov haqida ko'p savollar beriladi. Qaror qabul qilishdan oldin, elektr shitining o'lchamlarini hisobga olish kerak. Bir nechta avtomatlar uchun kichik shit va 40 A gacha bo'lgan tok uchun shina qo’ymasangiz bo’ladi. Oddiy o’tkazgichlardan o'tish moslamalarini (peremichki) ishlatishingiz mumkin. Jiddiyroq sxema uchun taroqli shina ko'proq mos keladi.
Bog'lovchi shinalardan foydalanish bir qator afzalliklarni beradi:
Yaxshi kontaktda ulanish kafolati.
Ishonchliligi va katta yuklamaga bardosh berish qobiliyati (63 A gacha). Bunday parametrdagi tokni ushlab turish uchun 16 mm2 kesimlik o’tkazgichni olish kerak. Bunday variant noqulay, shuning uchun shinadan foydalanish yaxshiroqdir.
Tartibga aniq rioya qilish va xavfsizlik. Shinadan foydalanish elektr shitini xizmat ko'rsatishga qulayroq qiladi. Mutaxassislar ikki yoki undan ortiq xonali uylar sxemalarida, taroqli shinalarni o'rnatishni tavsiya qiladi.
Shit o'rnatish joyini tanlash
Elektr shiti, elektr kabelining xonadonga kirish qismida, odatda koridorda yoki vestibyulda o'rnatiladi, shunda umumiy liniyaga ulanish uchun kabelning uzunligi minimal bo'ladi. Shitning maqsadi elektr ta'minoti tizimini qisqa tutashuvlar va ortiqcha yuklamalardan himoya qilish, elektr uzatish liniyalari guruhlarini nazorat qilishdir.

Shitlarda avtomatlardan foydalanish, elektr hisoblagich ko’rsatgichlarini olish qulay bo’lishi uchun o’rtacha 170 sm balandlikda o’rnatiladi.
Shitni o'rnatish joyi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Tabiiy yoritish va shamollatishning etarli darajasi;
Oson kirish;
Yonuvchan materiallarni saqlash joylaridan uzoqda bo'lish.
Shitni yig’ish va ulash
Shit korpusini tayyorlash kerak:
Qutining devorlaridagi kabel kirish joylaridagi tiqinlarini olib tashlash (ba'zan siz o’tkazgichlarni kiritish uchun qo'shimcha teshiklarni kesishingiz kerak);
DIN reykalarini qotiring;
Neytral va yerlashtirgich shinalarini quti devorlariga o'rnatamiz;
Eshikni olib tashlang;
Endi qutini devordagi yaratilgan o’yiq joyga vaqtincha o'rnatilishi mumkin. O’tkazgichlar bilan ishlash qulay bo'lishi uchun u darhol olib tashlanadi, bundan tashqari, ko'plab professional elektriklar ishning bir qismini ish stolida bajarishni afzal ko'rishadi (siz avtomatlarni o'rnatishingiz, kerakli ulagichlarni ulashingiz mumkin).
O’tkazgichlarni tayyorlash
Avval siz ularni uzunligi bo'yicha taxminan o’lchab olishingiz kerak. Bu, ayniqsa, devorda ortiqcha o’tkazgichlarni joylashtirish mumkin bo'lgan, bo'shliq bo'lmasa to'g'ri keladi. Kabel zaxirasi kerak, eng uzoqda turgan avtomatga bemalol yetar darajada bo'lishi kerak.
Diqqat! Ba'zan, agar iste'molchilar ko'p bo'lsa, o'tkazgichlarning bir qismini yuqoridan, ba'zilarini esa qutiga pastdan kirgizish mantiqan to'g'ri bo’ladi. Shuning uchun ularni shu xususiyatga ko'ra guruhlang va ularni bog’lam qilib yig'ing.
Endi kabellar o’tkazgichlardan tashqi izolyatsiya olib tashlanadi. Buni tolalarning birlamchi izolyatsiyasiga zarar yetkazmaydigan maxsus instrument stripper bilan amalga oshirgan afzal. Tashqi izolyatsiyasini shunday ochish kerakki, qutiga kirishda ham kabel tashqi izolyatsiya bilan qolishi kerak. Ideal holatda, gofra qilingan bo’lsa u ham kirishi kerak.

Diqqat! Tashqi izolyatsiyani olib tashlashda markirovka ham yo'qoladi (ko'pincha o’tkazgichlar yotqizilish vaqtida marker bilan kabel ustidan yozib qo’yadi). Shuning uchun o'tkazgichlarni izolyatsiyasini tozalash bilan bir vaqtda qayta markirovkalash tavsiya qilinadi. Markirovkalashni qog’ozlik bo’yoqchilar skotchidan foydalanish qulay.
Shitni joyiga o'rnatish
Biz barcha o'tkazgichlarni va kirish kabelini quti ichiga kirgizamiz. O’tkazgichlarni bir qatorda tekislash mantiqan to'g'ri bo’ladi, ulanadigan avtomatlarning tartibi bo’yicha (sxemaga qarang) tekislash tavsiya etiladi.
Modullik qurilmalarni DIN-reykaga joylashtirish
Nominal toklariga muvofiq, qat’iy amal qilgan holda, chapdan o’ngga qarab, yuqoridan pastga qarab, sxema bo’yicha terib chiqamiz. Odatda birinchi navbatda kirish avtomati, undan so’ngra kuchlanish relesi qo'yiladi, keying navbatda UZO o'rnatiladi va uning avtomatlari, oxirida mustaqil ravishda ishlaydigan avtomatlar va boshqa modullik qurilmalar joylashadi.
Kommutatsiya
Navbati bilan ,har bir zanjir o’tkazgichini yoki ma'lum bir iste'molchini o’zini avtomati va shinalariga ulaymiz. Bu yerda bir nechta muhim jihatlar mavjud: biz, masalan, o'ngdan chapga tartibda; o’tkazgichni ulanadigan modulga tortib kelib belgilaymiz va ortiqcha qismini qirqib tashlaymiz; o’tkazgichlarni gorizontal va vertikal tarzda shitga yotqizamiz, burilishlar - faqat to'g'ri burchak ostida; joy kam bo'lsa yoki qutining turli tomonlaridan o'tkazgichlarni olib kelishning hech qanday usuli yo'q bo'lsa, siz DIN reykaning orqasidagi o’tkazgichlarni o’tkazishingiz mumkin; o'tkazgichlarning uchlarini asosiy izolyatsiyadan taxminan 1 santimetr tozalaymiz (maxsus asbobdan foydalanamiz); yumshoq tolalarga albatta uchlik (nakonechnik) kiygizish kerak; o’tkazgich uchlarini avtomat terminaliga (klemma) mahkam qotiramiz; avtomatga kuchlanishni yuqoridan beramiz va o'tkazgichni pastdan ulaymiz. (ko'pgina qurilmalar ikki tomonlama bo'lsa-da, bu umumiy qabul qilingan standartdir);
O’tkazgichni qo'llarimiz bilan tortib, ishonchli qotirilganligini tekshirib ko’ramiz, shu bilan birga tolani ochilgan mis qismi avtomatlar ustidan chiqmasligiga, izolyatsiyasi ham avtomat vintiga qisilmasligiga e'tibor beramiz; biz o’tkazgichlarni bog’lam qilib plastik tortqi (xomut) bilan birga yig'amiz va ularni DIN reyka orqasiga joylashtiramiz.
Modullik qurilmalarga faza va nolni tarqatamiz. Professional bo'lmaganlar odatda UZOlarni ulashda qiyinchiliklarga duch kelishadi, uni qanday ulashni quyidagi rasmdan ko’rishingiz mumkin. Bir qatordagi modullarni asosiy o’tkazishlarini kontaktli taroqlar (grebyonka) bilan amalga oshirilishi mumkin, shit terishda taroqlar yo’q bo’lganda, elektriklar ba’zan yasama jamperlardan (peremichka) foydalanishadi. Bu 4-6 mm2 kesimlik qattiq o’tkazgichlar bo'lishi kerak.
Kirishni ulash Kirish kabeli asosiy ikki qutbli avtomatga (faza va nol) qotiriladi va yerlashtirgich o’tkazgichi to'g'ridan-to'g'ri shinaga boradi. Avtomatdan faza va nol hisoblagichga o'tadi yoki sxema bo'yicha tarqatiladi.
Yakuniy bosqich Agar o’tkazgichlar tayyor bo'lsa, iste'molchilar ulangan va elektr qurilmalar joyida bo'lsa, u holda navbati bilan, alohida liniyalarga yuklama berish mumkin. Har bir UZO mos keluvchi «test» tugmasini bosish orqali sinovdan o'tkaziladi (nazorat qilinadigan liniyadagi kuchlanish o'chirilishi kerak).
Hech qanday muammo bo'lmasa, butun tizimga kuchlanish berish mumkin. Endi avtomatlarni markirovkalash, eshikka sxema yopishtiriladi, shit korpusiga qopqoqlarni o'rnatiladi. Elektr shitlarini to'g'ri yig'ish, barcha o’tkazgichlarning uzoq muddat ishlashining garovidir. Ammo shuni ta'kidlash kerakki, komponentlarni sotib olishda tejashingiz kerak emas.

Taniqli ishlab chiqaruvchilarning yuqori sifatli avtomatikasi qimmatga tushuvchi baxtsiz hodisalardan qochish imkonini beradi va inson hayotini saqlab qolishi mumkin. Turli xil qurilish loyihalari uchun, har qanday konfiguratsiyadagi qutini olishingiz mumkin. Ammo shitni sifatli va to'g'ri yig'ish uchun, shu jumladan avtomatlar, hisoblagichlar va boshqa jihozlarni o'rnatish uchun, bilim va elektr montaji bo’yicha katta tajriba kerak.