Rezistor
Admin
780
June 18, 2023
Elektronika
Elektr tokining qarshiligi... qanday eshitildi? Sizni tok urgan daqiqani eslang. Oh, unga qanday qarshilik ko'rsatdingiz :-). Dirrillab siltanib qo'lingizni tortgansiz :-) . Menimcha, har bir kishi rozetkadan, ya'ni o'zgaruvchan tok urgan. Sizning mushaklaringiz sekundiga 50 marta, ya'ni 50 Gers chastotada qisqardi. Elektr toki uchun siz yuklama (iste'molchi) hisoblandingiz. Har qanday yuklama qarshilikka ega.
Siz qarshilikni qanday tushundingiz, "qarshilik qilmoq" so'zidan olingan. Turli xil narsalar va elektron komponentlar elektr tokiga turlicha qarshilik ko'rsatadi. Mana o'zingizni oling, sizni tok u yondan bu yonga qaltiratib tebrattirdi. Shiftdagi lampochkangiz ham, elektr tokiga qarshilik ko'rsatib, xonani yoritadi. Siz ushbu maqolani o'qiyotgan noutbuk yoki telefon ham, displeyda maqolani yoritib turish uchun qarshilik ko'rsatadi va nihoyat, elektr oshxonadagi elektr choynak qanday qarshilik qiladi voy! U suvni, qaynoq suvga aylantiradi.
Turli xil narsalar turli xil qarshiliklarga egalik qiladi va o'zini turlicha tutadi. Nimadir qiziydi, nimadir aylanadi (kompyuter kuleri), nimadir yonadi, nimadir gapiradi (radio).
Elektronikada Om degan tushuncha bor. Bu qarshilikni o'lchov birligi. Elektronika va elektrotexnikada qarshilik R harfi bilan belgilanadi. Siz uchun shunday tushunishga oson bo'lsin. Kim Om nima ekanligini bilishni istasa, Internetda Vikipediyaga kirib o'qishi mumkin. Lekin baribir siz hech narsani tushunmaysiz :-) Shunday qilib, ba'zi narsalar juda katta Omga ega, ya'ni qarshiligi juda katta. Va ba'zi narsalar juda kam Omga ega, ya'ni qarshiligi juda kichik. Misol uchun, odam taxminan 20000 Om qarshilikka ega, ko'ndalang kesimi 1 mm2 bo'lgan, bir metr uzunlikdagi mis sim 0,1 Om qarshilikka ega, sababi mis yaxshi o'tkazgich hisoblanadi.
Elektronikada rezistor deb ataluvchi maxsus radioelektron komponentlar mavjud.
Rezistor nima
Rezistor elektronikada ishlatiladigan eng keng tarqalgan radio element hisoblanadi. 100% ishonch bilan ayta olamanki, har qanday qurilmaning har qanday platasida siz kamida bitta rezistorni topasiz. Rezistor muhim xususiyatga ega - u elektr tokiga faol qarshilik ko'rsatadi.
Rezistorni konstruksiyasi, o'zidan elektr toki o'tkazmaydigan sterjen sirtiga yupqa metall yoki o'tkazgich o'ralgan yoki metall qurumi surtilgan bo'ladi. Qatlam qancha qalin bo'lsa, qarshilik shuncha katta bo'ladi.
Rezistor elektr zanjirida, kerakli tokni ushlash uchun foydalaniladi. Bu yerda siz bir bog'liqlikni tushunishingiz kerak – rezistorning qarshiligi qanchalik katta bo'lsa, tok kamroq va aksincha - qarshilik qanchalik kichik bo'lsa, tok shunchalik katta bo'ladi.
Rezistorni ishlashini tasavvur qilish uchun suvga qiyoslab gidravlik sxemada ko'rib chiqaylik. Suv oqadigan rezina shlangni tasavvur qiling, agar siz unga qadam qo'ysangiz, undan chiqadigan suv miqdori kamroq bo'ladi, chunki oqim kamayadi. Rezistor orqali o'tayotganda elektr toki bilan ham shunday bo'ladi.
Rezistorlar turlari
Radio - Elektronika sanoatda ishlatiladigan ko'plab turdagi rezistorlar mavjud. Biroq biz ta'mirlash yoki biror sxemani yig'ayotganimizda foydalanadigan asosiy ikki turdagi rezistor bor. O’zgarmas va o’zgaruvchan qarshiliklardan foydalaniladi, keling, ularni ko'rib chiqaylik. O'zgarmas qarshiliklar bor, ya'ni ularni qarshiligi doimo o'zgarmas va o'zgartirish mumkin emas. O'zgarmas rezistorlar taxminan mana bunday ko'rinishda bo'ladi.

Chap tomonda biz juda katta quvvatni tarqatadigan katta yashil qarshilikni ko'ramiz. O'ngda juda kichik quvvatni tarqatadigan, lekin ayni paytda o'z vazifasini mukammal bajaradigan kichik kichik SMD qarshiligi mavjud.
Rezistorlarning asosiy xususiyatlari va parametrlari
Qarshilik Omlarda o’lchanadi, Formulada lotin alifbosida «R» xarfi bilan yoki grek xarfi omega bilan belgilanadi. Istalgan o’tkazgich o’zini qarshiligiga ega, istalgan elektr o’tkazgich rezistor hisoblanadi. Gap faqat uni qarshiligi qanchaligida xolos. Rezistor sxemada quyidagi rasmdagidek to’g’ri to’rtburchak shaklida belgilanadi. Rezistor unchalik murakkab komponent emas, biroq o'zining xususiyatlari va parametrlariga ega. Asosiy ikkita parametri bor, nominal qarshiligi va quvvati, ya’ni rezistorlar bir biridan qarshiligi va quvvati bilan farq qiladi, keling ularni ko'rib chiqaylik:
Nominal qarshiligi - bu asosiy parametrdir.
Qarshilikni o'lchov birligi Om, elektr sxemalarda Om, kOm, MOm larda belgilanadi.
1000 Om = 1 kOm, 1000 kOm = 1 mOm
Sodda qilib 100000 Oм yozmasdan 100 kOм yoziladi. Nollar soni uchtaga ortsa, “k” (kilo) harfi yoziladi.
1 kOм = 1000 Oм
10 kOм = 10 000 Oм
100 kOм = 100 000 Oм
Shkalada «k» dan «M» turadi. Agar 1000 000 Oм qarshilikli rezistorni yozmoqchi bo’lsak, biz 1 MОм yozamiz. Ba’zan «k» yoki «M» harfi kattaliklarni bo’luvchi sifatida ham foydalaniladi. Rezistorlarni korpusiga xarakteristikasini ko’rsatib qo’yadi, raqam va harf bilan yoki rangli chiziqchalar qo’llaniladi. Raqam va harfiy belgilanishda Oм deb yozmaydi, faqat raqam va harf yoziladi. Biz duch kelishimiz mumkin bo’lgan bir nechta misol ko’raylik.
2k2 Oм = 2200 Oм
4k7 Oм = 4700 Oм
3M3 Oм = 3 300 000 Oм
25 Ом – 25 R;
25 кОм – 25 K;
25 МОм – 25 M.
Agar rezistorni kattaligi kichik bo’lsa o’nli kasrlarda ifodalanadi, u holda harf va raqamlarni joylashuvi quyidagi ko’rinishda bo’ladi.
0,25 Ом – R 25;
0,25 кОм – K 25;
0,25 МОм – M 25.
Rezistorlar faqat aniq nominallarda ishlab chiqariladi, aks holda, katta hajmdagi omborlar kerak bo'ladi. Rezistorlarni xuddi boshqa elektron komponentlar singari faqat cheklangan assortimentda sotib olish mumkin. Ruxsat etilgan kattalikdagi rezistorlar, ma'lum qatorlarga mos keladi. Biz hech qachon 21 Oм qarshilikni topa olmaymiz, biroq 18 Oм yoki 22 Oм bor. 500 kOм qarshilikdagi element mavjud emas, biroq 470 kOм yoki 560 kOм bor.
Rezistorlarni rangli belgilanishi
Radio komponentlarni hajmlari kichiklashib borgani sari ularni belgilanishida, rangli belgilanishlarni qo’llanishiga extiyoj paydo bo’lgan. Masalan 0.25 vattlik qarshilikka yozuvlar yozish yoki uni oʼqish mumkin emas. Qarshiliklarni rangli belgilanishiga yana bir sabab, platalarni robotlar yordamida yigʼilishi xam asosiy omil boʼlgan.
Xalqaro standartga muvofiq, qarshiliklar markirovkasi rangli chiziqlar shaklida belgilanadi. Xatoligi 20% gacha bo’lgan rezistorlarda uchta chiziq, 5% va 10% xatolikda to’rtta chiziq aniqlik bilan,xatoligi 0.005% bo’lsa beshta chiziqdan foydalaniladi.

Agar rezistor korpusiga to'rtta chiziq qo'llanilsa, dastlabki ikki chiziqning rangi qarshilikni nominaliga mos keladi. Uchinchi chiziq o'nlik darajani, ya'ni Oмdagi qarshilikni olish uchun birinchi ikki chiziq bilan ko'rsatilgan raqamni ko'paytirish kerak bo'lgan yoki birinchi ikki raqamdan keyin nollarning sonini bildiradi. Besh qatorli belgi bo'lsa, dastlabki uchta chiziq qarshilikka mos keladi, to'rtinchisi-o’nga ko’paytmasi yaэni nollar soni. Oчirgi chiziq uning ruxsat etilgan xatoligini ko’rsatadi. Birinchi chiziq korpus chekkasiga yaqin turadi. Ko’p hollarda ohirgi chiziq xatoligi alohida ajralib turadi.
Rezistorning quvvati.
Quvvati ham muhim parametri hisoblanadi, ya'ni rezistordan tok o'tganda qiziydi, agar o’tayotgan tokning kattaligi yuqori bo’lsa resistor kuchli qizishi va hatto kuyishi mumkin. shu issiqlikni maksimal tarqatish quvvati sanaladi. Rezistor quvvati W vattda belgilanadi. Iste’mol qilinayotgan quvvat rezistorni issiqlik tarqatish quvvati chegarasidan har doim past bo’lishi kerak. Turli quvvatdagi rezistorlar, o'lchami bilan farq qiladi. Rezistorni quvvati qancha katta bo'lsa, uning o'lchami ham shuncha katta bo'ladi.

Rezistorning quvvat tarqalishi, bu maksimal tok otganda, qarshilik uzoq vaqt davomida kuymasdan ish qobiliyatini saqlab turishi. Ya'ni, bu parametrni har bir sxema uchun alohida — alohida, maksimal ishchi tokka qarab tanlanishi kerak. Rezistor quvvatini issiqlik tarqatishi – bu resistor korpusi atrof muhitga qancha miqdorda issiqlik tarqatishi, bunda u juda qizib ketmasligi kerak. Agar kuchli qizib ketsa resistor qarshiligiga o’zgarishiga kuchli tasir qiladi. Shuni esda tutingki, bir xil nominaldagi rezistorlar turli xil issiqlik tarqatish quvvatiga ega bo'lishi mumkin. Ushbu parametr ishlab chiqarish texnologiyasiga, tanlangan materialiga bog'liq. GOSTga muvofiq aniq muayyan quvvatlarni grafik belgilari mavjud.

Sxemada qarshiliklar quvvatini grafik belgilanishi ko’ndalang chiziqchalar yoki Rim raqamlari bilan yozilgan bo’ladi. Eng kichik standart qiymati 0,05 Vt, eng katta — 25 Vt, yana quvvati kattalari ham bor, biroq, bu maishiy texnika apparaturalarida uchramaydi.
O’zgaruvchan rezistorlar
Uskunalarda tez-tez parametrlarini sozlanish kerak bo’ladi. Buni amalga oshirish uchun o'zgaruvchan qarshiliklardan foydalaniladi. Elektronikada zanjirga ulanish turiga qarab ular kuchlanish yoki tokni o’zgartirishga imkon beradi.

Radio elementlar orasida o’zining asosiy parametrni o'zgartirishi mumkin bo'lgan detallar mavjud. O'zgaruvchan rezistorlar ayni shunday hisoblanadi. Ular o’zgarmas rezistordan shunisi bilan farq qiladiki ularni qarshiligini amalda deyarli noldan toki aniq bir qiymatgacha ohista ravon o’zgarishi mumkin. Chunki ularning qarshiligi deyarli noldan ma'lum bir qiymatga o'zgarishi mumkin. O'zgarish tutqichni mexanik harakati bilan amalga oshiriladi. Mexanik yo’l bilan polzunkasini siljitish orqali o’zgarish sodir bo’ladi.
O’zgaruvchan rezistorlarni sxemada belgilanishi
O’zgarmas rezistordan farqli o'laroq, o’zgaruvchan rezistorda ikkita chiqish emas, balki minimum uchta bo’ladi. Nima uchun minimum? Qo'shimcha chiqishlarga ega modellar mavjudligi sababli ular bir nechta bo'lishi mumkin. Elektr sxemalarida o'zgaruvchan rezistorlar xuddi o’zgarmas resistor singari to’g’ri to’rtburchak shaklda belgilanadi biroq o’rtasida qo’shimcha chizilgan bo’ladi. Bu o’rtadagi chizilgan chiziqning holatiga qarab o’zgaruvchan rezistornlarni bir biridan farqlash mumkin.

Turlari va qo'llanilishi
O'zgaruvchan rezistorlar juda ko'p miqdorda mavjud bo'lib, ularning yordami bilan, ovoz balandligini sozlash, chastotani sozlash, yorug'lik yorqinligini sozlash. Umuman olganda, deyarli hamma joyda, Tutqichlari buraladigan, parametrlari, sozlamalari o’zgartiriladigan hamma yerda bu element turadi.