Ushbu sayt elektrotexnika va elektronika bo'yicha informatsiya beruvchi, amaliy va nazariy o’rgatuvchi sayt. Saytimiz yordamida siz nafaqat tushunasiz, elektrotexnika va elektronika sohasini yoqtirib ham qolasiz.

Ovoz kuchaytirgich yasash

Admin 1507 Sept. 5, 2023  Elektronika

TDA2003 ovoz kuchaytirgichi

Koʻpgina radio havaskorlari turli xil sxemalarni yigʻishni yaxshi koʻradilar. Koʻpincha ular ovoz kuchaytirgichlari bilan boshlanadi. Bugun men sizga oson ovoz kuchaytirgichni deyarli hech narsadan, qanday yigʻishni aytaman. Taxminan 15-20 daqiqada yigʻish mumkin. Buning uchun bizga uzoq vaqtdan beri ishlamayotgan yoki shunchaki turgan va chang bilan qoplangan eski televizor kerak. Ushbu kuchaytirgich maksimal 10 W quvvatga ega boʻladi.

Ushbu mikrosxema TDA2003 tom maʼnoda barcha turdagi audio tizimlarda keng qoʻllaniladi — uni portativ karnaylar, avto magnitolalar, kompyuter karnaylari, televizorlar va hatto kichik musiqa markazlarida topish mumkin. Bunday ommaviyligi bir nechta omillar bilan bogʻliq bu arzon, tok isteʼmol boʻyicha tejamkor, maqbul ovozni, sifatli chiqarib beradi va uning quvvati butun xonaga ovoz chiqarish uchun yetarli. Kamchiliklari orasida uning monofonikligi, yaʼni stereo signalni chiqarish uchun ikkita shunday kuchaytirgichni yigʻish kerak.

TDA2003 eng keng tarqalgan, yetarlicha oddiy va universal, past chastotali quvvat kuchaytirgich, mikrosxemasi hisoblanadi. Bu yetarlicha yuqori sifatli mikrosxema bo'lib, manba kuchlanishi keng diapazonga ega 8-18 V.

TDA2003 mikrosxemasi, minimal miqdordagi tashqi komponentlar yordamida oddiy ovoz chastotasi kuchaytirgichini yig'ish imkonini beradi. Shu bilan birga, u yuqori tok o'tkazish qobiliyatini (3,5 A gacha) va juda past darajadagi garmonik va o'zaro kesishuvchi xalaqitlarga ega. Sxemani xavfsiz ishlashini o’zgarmas va o'zgaruvchan tokda qisqa tutashuvlardan himoya, termo himoya va kuchlanish 40 V gacha ko'tarilganda, yuklamani uzish orqali ta'minlanadi.

Sxema 12V DC kuchlanish manbaidan ta’minlanadi, bu eng optimal kuchlanish. Agar biz kuchlanishni orttirib yuborsak, mikrosxema qizib kuyib qolishi mumkin. Yana bir plyus tarafi - elektr ta'minoti bir qutblik, shuning uchun elektr ta'minoti bilan bog'liq muammolar bo'lmaydi.

Prinsipial sxemasi quyidagicha:

Birinchi, sxemani ko'rib chiqaylik. Kirish signali 10 mkf elektrolitik kondensator orqali mikrosxemaga beriladi. 10 mkf Elektrolit kondensator, u kuchaytirgichni o’zgaruvchan tok AC kabi manbaga, tyuner yoki har qanday audio signalni, ulash uchun mo'ljallangan.

kuch filtri kondensatori

Sxemaga qarang, elektr manbai kirishida elektrolitik: 100 mkf va 0,1 mkf kondensator mavjud. 100 mkf kondensator, kirish manbaini tekislovchi,  tokning yuqori davrlarida energiyani o’zida saqlab, tok pulsatsiyasini kamaytirish uchun xizmat qiladi. Manba kirishidagi 0.1 mkf  kondensatori juda muhim. Bu ta’minlash manbai xavfli darajadagi impedans tebranishning oldini oladi.

Mikrosxema tomonidan kuchaytirilgan signal, 4 oyoqdan 470 mikrofaradlik kondensator orqali dinamikga beriladi.

Mikrosxema 2 chi oyog’iga ulanayotgan  100 mkf kondensator va 1 kOm rezistor manfiy teskari aloqani hosil qiladi. Kondensator nominali yuqori chastotani o’rnatish uchun mo’ljallangan. Kondensator nominali kattalashsa,  yuqori chastota pastlaydi. Kirish va chiqish kondensatorlari nominallari 50-80% ga yuqoriga yoki pastga og'ishi, kuchlanishi 16-50 volt oralig’ida olish mumkin.

Sxemani kirishiga ozgaruvchan rezistor qoshib,  ovoz balandligini boshqarish mumkin. U kondensatordan oldin o'rnatilishi kerak.

Kuchaytirgich sxemasi uchun topilishi qiyin bolgan, kamyob detallardan foydalanilmagan. Sxemadagi barcha komponentlar quyida yozilgan:

Komponent

Nominal

Miqdori

Rezistor

1 kOm, 0.25 W

1 dona

Rezistor

10 Om, 0.25 W

1 dona

Rezistor

1 Om, 0.25 W

1 dona

Kondensator

100 mkf, 16 V

2 dona

Kondensator

470 mkf, 16 V

1 dona

Kondensator

10 mkf, 16 V

1 dona

Kondensator

0.1 mkf, 16 V

2 dona

Sxema platasini chizish uchun Spring layout 6.0 dasturidan foydalanishingiz mumkin. Plata kichik va ixcham bo’lib chiqadi. Agar siz Spring layot 6.0 dasturidan foydalanib ko’rmagan bo’lsangiz, ushbu berilgan tayyor namunani rasm sifatida chop etib olishingiz.

Pechat plata quyidagi ko’rinishga ega:

Issiqlikni tarqatib turish uchun, mikrosxemani radiatorga oʻrnatishni unutmaslik kerak, chunki mikrosxema ishlagan vaqtda yetarlik darajada qiziydi. Platani birinchi marta tok manbaiga ulashda katta quvvatga ega manbaga ulamagan maqsadga muvofiq. Xatoga yoʻl qoʻygan boʻlishingiz mumkin, tasodifan mikrosxemani kuydirib yubormaslik uchun 9 voltlik krona batareyasiga ulash kerak.

Agar sizda mis qatlami bor getenaks topilmasa yoki plata tayyorlash amaliyoti yoq bolsa, qisqa fursatda montaj platasiga elementlarni joylashtirib kuchaytirgich yasashingiz mumkin.

Mikrosxema monofonik boʻlib, u 2 Omgacha boʻlgan past impedansli dinamik bilan ishlashi mumkin. Bu sizga mikrosxemaning chiqishiga parallel ravishda ulangan ikkita standart qarshiligi 4 Om dinamik ulash imkonini beradi. Agar bir dona qarshiligi 4 Omlik dinamik ulasangiz 5 W quvvat beradi.

Shunday qilib, endi sizda ishlaydigan 10 vattli audio kuchaytirgich mavjud. Koʻrib turganingizdek, uni yigʻish juda oson va u kozni quvontiradi. Ovoz televizordagi kabi juda yaxshi. Umuman olganda, hech kimga kerak boʻlmagan eski platalardan juda koʻp foydali va qiziqarli narsalarni yasash mumkin. Eski texnikalarni tashlashga shoshilmang.

Sxema juda oson va barqaror ishlaydi. Mikrosxema arzon, uni istalgan radiodetallar doʻkonidan yoki audio texnikada topishingiz mumkin.