Ushbu sayt elektrotexnika va elektronika bo'yicha informatsiya beruvchi, amaliy va nazariy o’rgatuvchi sayt. Saytimiz yordamida siz nafaqat tushunasiz, elektrotexnika va elektronika sohasini yoqtirib ham qolasiz.

Elektr issiq pol

Admin 449 June 18, 2023  Avtomatika

Elektr issiq polni afzallik va kamchiliklari.

Ushbu maqolada suv va elektr issiq polning, asosiy afzalliklari va kamchiliklari, shuningdek, ularning qiyosiy xususiyatlari bilan tanishib chiqamiz.Suv va elektr issiq polning o'rtasidagi asosiy farq issiqlikni turli manbalaridan foydalanishi hisoblanadi. Tizimning nomini o'zidan ham bilish mumkin.

Suvlik issiq pol, issiq suyuqlikni pol osti qatlamida joylashgan quvur orqali aylanish prinsipi asosida ishlaydi. Harakatlanayotganda suyuqlik xonaga kirganda issiqlikni beradi va sovib chiqib ketadi. Quvur bo'ylab aylanadigan suvni isitish berilgan haroratgacha, turli xil isitish qozonlari orqali amalga oshiriladi.

Elektr issiq pol boshqacha tarzda tuzilgan. Energiya tashuvchisi, isitish kabeli orqali oqadigan elektr tokidir. Issiqlik xona pol qismidan chiqariladi va xonaning atmosferasiga uzatiladi

suvlik va elektr issiq polni tanlashdan avval siz uni o'rnatish joyini aniqlab olishingiz kerak bo'ladi.

Elektr issiq polni afzalliklari quyidagilar:

1) Ixchamligi. Konvektor, radiator yoki boshqa isitgichlardan farqi shundaki, u bino ichida joy egallamaydi. Elektr issiq pol bilan uyni isitishda, mebellar, texnikalar va ho kazo…larni joylashishini o'zgartirish shart emas.

2) Foydalanish qulayligi. Isitishning asosiy xususiyati shundaki, u pol qoplamasi ostida yotqiziladi, chunki birinchi navbatda xonaning pastki qismi isitiladi. Bunday energiya taqsimoti salomatlik uchun eng maqbul hisoblanadi, chunki oyoqlar doimo qulay sharoitda bo'ladi.

3) O'rnatish texnologiyasi oddiyligi. Elektr issiq pol o'rnatish uchun minimal komponentlar soni talab qilinadi. Kabel  issiqlik izolyatsiyasi yordamida joylanib, beton quyib tekislanadi. Issiq pol kabelini termostatga ulash bilan, hatto qo'llanmasini o'qigan o'qimagan foydalanuvchi ham uddalashi mumkin.

4) Universalligi. Kvartirada, uyda, jamoat va ishlab chiqarish binolarida qo'shimcha isitish yoki isitish uchun asosiy energiya generatori sifatida ishlatilishi mumkin.

5) Nazoratsiz qoldirsangiz ham bir necha kun mustaqil ishlashi mumkin, xizmat ko'rsatishga ehtiyoj yo'q. Termoregulyatori yordamida xona haroratini 0.1 gradus aniqlikda ushlab turish.

6) Tizimdan to'g'ri foydalanilganda, uzoq muddat xizmat ko'rsatishi.

7) Tizimning ishlashi uchun qo'shimcha uskunalar talab qilinmaydi (masalan, suvni isitish uchun TEN yoki gaz qozoni o'rnatish kerak);

8) Isitish elementining harorati juda katta emas, bu xavfsizlik nuqtai nazaridan bu yaxshi.

9) Nafaqat uy sharoitida balki ofislarda ham foydalanish mumkin. Har qanday pol qoplamasida foydalanish masalan kafel, linoleum, laminat va ho. kazo. Isitish tizimini barcha elementlari berkitilgan, ko'zga ko'rinib turmaydi. Xona intererini buzib turmaydi.

10) Issiqlik bir tekis tarqalishi. Issiqlik erdan ketganligi sababli optimal taqsimotga erishiladi oyoq qismida 23 daraja va boshida qismi 18 daraja atrofida.

11) Xohishga qarab asosiy yoki yordamchi isitish tizimida foydalanish.

Keling endi elektrik issiq polni kamchiliklarini sanab o'tamiz:

1) Elektromagnit nurlanishning mavjudligi. Elektr issiq pol, tarmoqdan tok olib quvvat bilan ishlayotganligi sababli, u muqarrar ravishda elektr magni maydoni hosil qiladi. Issiq polni qizdiruvchi kabeli elektromagnit maydon hosil qiladi, bu esa inson organizmiga nojo'ya ta'sir ko'rsatadi. Ayniqsa bu yoshi katta insonlarda sezilarli bilintiradi.

2) Optimal ish sharoitlarini yaratish zarurati. Har qanday elektr jihozlari singari, elektr isitish tizimi ham xavfsizlik choralariga muhtoj. Istalgan elektr isitgichlarda elektr tokidan jarohatlanish xavfi yuqoriligi ayniqsa nam sharoitda, o'rnatishda buni hsm hisobga olish. Elektr tokidan jarohatlanishni oldini olish uchun, qo'shimcha UZO va yerlashtirgich o'rnatish tavsiya qilinadi.

3) Xonaning balandligini kamaytirishi. Isitish uskunalarining ko'plab modellari to'g'ridan-to'g'ri qoplama ostida yoki 5-10 mm qalinlikdagi beton qatlami quyib yotqiziladi. Bunday holda, dastlabki balandlik shiftgacha 5-8 santimetrga ko'tariladi, buni esa loyihalash bosqichida ham hisobga olinishi kerak.

4) Yuqori sarf - xarajatlar. Elektr issiq polni asosiy kamchiliklardan biri sezilarli darajada ko'p energiya iste'moli. O'rtacha 3 kvadrat metr joyga 1 kVt elektr energiya sarf qiladi. Biroq, bu kamchilikni isitish elementlarining quvvatini to'g'ri tartibga solish sharti bilan kamaytirish mumkin.

5) Agar isitish tizimi asosiy hisoblanib va ayni paytda maydoni katta bo'lsa, tizimni ishlashi uchun, elektr kabelini kesimi yo'g'on, katta quvvatni ko'tara oladigan elektr o'tkazgichlarni talab qiladi.

6) Elektr issiq polni eng muhim kamchiliklaridan biri shundaki, kabelning bir qismini shikastlanishi, butun tizim ishdan chiqadi. Qizdiruvchi kabel pol qatlami ostida yotganini hisobga olsak, uni ta'mirlash arzon bo'lmaydi.

7) Kabel yotqizilgan joyni ustiga, mebel qo'yish mumkin emas, shuning uchun, xonaning ma'lum bir maydonlariga biror mebel joylashda chegaralanadi, masofa saqlanadi.

8) Polimiz taxta bo'sa, kabel qizishi natijasida qurib ketadi va deformatsiyalanadi.

Mana elektr issiq polni afzallik va kamchiliklarini bilan tanishib chiqdik bu esa sizlarga issiq polni to'g'ri tanlashlaringda qo'l keladi.

Suvli issiq polni plyus va minus taraflarini ko'rib chiqamiz.

1) Tejamkorligi - radiatorli isitish tizimi bilan solishtirganda 20-30% dan 60% gacha. Avtonom gaz qozonida bilan suvning past (30-50 ° C) haroratiga qizdirilganda, ayniqsa, katta maydonda isitiladigan joylarda suv pollar, elektr issiq polga nisbatan 5-7 marta iqtisod qiladi.Eng tejamkor isitish usuli bo'lib, hatto suvni ozgina( 50 gradus isitsangiz ), uy shifti baland bo'lsa ham isitishga ketgan xarajat uy sharoitida ikki barbarga qisqaradi.

2) Qulaylik havoni bir tekis isishini ta'minlanishi, pol bo'ylab yalangoyoq yurish paytida yoqimli seziladi. Xona bo'ylab issiqlik teng tarqaydi. Isitish poldan bo'lganligi uchun, oyog'ingiz 23-25 gradus, bosh 20-22 gradus bo'ladi.

3) Ishlatish xavfsiz, barcha isitish jihoz va elementlari pol ostida yashirin holda bo'ladi. Xonada bemalol yosh bolalarni ham qoldirsa bo'laveradi.

4) Estetika. Ko'rinib turuvchi isitish elementlari yo'qligi, zamonaviy xona intereri masalan radiator va plastik trubalarni berkitishga hojat qolmaydi.

5) Foydalik. Issiq polda o'zingizni juda qulay his qilasiz va sizda shamollashga imkon qolmaydi. Suvli issiq pol xona havosini quritib yubormaydi, xona tabiiy namlikni saqlab qoladi. Inson salomatligi uchun xavfsiz, zararli elektromagnit maydoni bo'lmaydi.

Plyus taraflari ko'p bo'lgani bilan, minus taraflari ham bor.

1) Eng katta kamchiliklaridan biri, faqat professional usta montaj qilishi kerak, shuningdek gaz qozoni bilan bilan birga montaj qilib bo'lmaydi, nimaga desangiz pol harorati juda isib ketadi, polga ziyon yetadi.

2) Suv trubkalari montaji noto'g'ri bo'lsa suv sizib chiqishi mumkin, bartaraf qilish qiyin, chunki suv trubkalari ustidan beton qorishma quyib qo'yilgan bo'ladi. Tuzatish uchun beton qatlamini buzishga to'g'ri keladi.

3) Suvlik issiq pol hammom va dushxonada nam, namdan zamburug'larni hosil bo'lishi, mog'or muammolarni hal qiladi, hammom qilish tartibini qulaylashtiradi.

4) Quvurdan suv oqishi xonaning poli va devorlarini namlashga olib keladi va bu ho'l hatto 2-3 hafta ichida ham aniqlanishi mumkin, qachonki nam dog'lari ko'rinishni boshlaganda.

5) Mutaxasislar suvlik issiq polni xonadondagi yagona isitish tizimi sifatida tavsiya qilmaydi. Yaxshi varianti yana bir boshqa qo'shimcha isitish tizimi bilan dublikat qilish kerak.

6) Issiq polni ustiga og'ir mebellarni qo'yib bo'lmaydi.

7) Dastlabki montaj va o'rnatish xarajatlari, elektr issiq pol va odatiy radiatorli isitish tizimiga qaraganda, taxminan 5 barobar yuqori, qimmat turadi, Biroq doimiy foydalansangiz tejamkorligi bilan tezda o'zini oqlaydi.

8) Suv sizib chiqishini bartaraf etishning murakkabligi ehtimoli, quvurga zarar yetkazish va ta'mirlash uchun pol qoplamasini to'liq demontaj qilib olib tashlash kerak bo'ladi.

9) Issiq suvli polni yana bir kamchiligi uni ko'p qavatli xonadonda qo'llashdagi muammolar yuzaga keladi.

10) Koridor va zinapoyalarga montaj qilib bo'lmaydi, qo'shimcha radiator qo'yish ehtiyoj tug'iladi.

11) Qishki vaqtda bu tizim binoni isitish qobiliyatiga ega bo'lsa, yoz oylarida sovitadi.