Ushbu sayt elektrotexnika va elektronika bo'yicha informatsiya beruvchi, amaliy va nazariy o’rgatuvchi sayt. Saytimiz yordamida siz nafaqat tushunasiz, elektrotexnika va elektronika sohasini yoqtirib ham qolasiz.

Nima uchun sovuq havodan keyin, elektronikani yoqmaslik kerak

Admin 268 Feb. 29, 2024  Elektronika

Nima uchun sovuq havodan keyin, elektronikani yoqmaslik kerak

Tashqarida sovuq havodan, issiq joyga kirganingizda ko'zoynagidagi shishasi kondensatsiyalangan suv bo’lib qoladi. Xuddi shu narsa telefonlar, planshetlar, noutbuklar, kameralar va boshqa elektronika ichida bizga sezilmagan holatda sodir bo'ladi. Biz hammamiz bilamiz, suv va elektronika bir biri bilan do’st emas, bu esa, qurilmaning  xavf ostiga qo'yadi.

Juda ko'p issiqlik elektronikaga zarar yetkazishi mumkinligini bilamiz, haddan tashqari sovuq ham ko'plab salbiy ta'sirlarga ega.

Iloji bo’lsam birinchi navbatda elektron qurilmalaringizni sovib ketishiga yo’l qo’ymang. Bu ularning tashqarida yoki mashinangizda qoldirmaslikni anglatadi. Agar siz elektron jihozlaringizni bir binodan ikkinchisiga uzoq masofaga olib yurishingiz kerak bo’lsa, quyidagi tavsiyalarni e’tiborga olishingiz kerak bo’ladi.

Shunday qoida bor, elektronikani sovuqdan issiqqa olib kirilganda, siz bir necha soat kutishingiz kerak va shundan keyingina uni yoqing. Yoki yana boshqacha: Issiq muhitda elektron qurilma yaxshi ishlaydi, lekin sovuqda u ishlamaydi yoki yomon ishlaydi. Bu hodisalarning sababi nima?

Muammo sovuq haroratni o’zida emas, gap shundaki, haroratlar farqi  (perepad) mavjud bo'lganda, tezda qizish natijasida, qurilmalar korpusi ichida, plata va elektron komponentlarda kondensat, kichik tomchi ko'rinishida namlik hosil bo'ladi. Shuning uchun hosil bo'lgan kondensat bug'lanib ketishi uchun biroz vaqt kutish kerak.

Agar namlik bug’lanib ketmagan bo’lsa, kuchlanishi manbai berilganda, qisqa tutashuv sodir bo'lishi mumkin va elektron platani ta'mirlashni talab qiladi. Biz hammamiz maktab  fizikasidan bilamiz metallar qizdirilganda kengayadi va aksincha, sovitilganda qisqaradi. Hatto Eyfel minorasi ham qishda haroratning o'zgarishi tufayli 15 sm pastroq bo'ladi.

Xuddi shu narsa har qanday elektron qurilma bilan ham sodir bo'ladi. Mikrosxemalar, qalay, platadagi tok o'tkazuvchi yo'llar va boshqa metall elementlar past haroratlarda siqiladi, bu deformatsiyaga, mayda yoriqlarga, shikastlanishga va kontaktlarning buzilishiga olib kelishi mumkin.

Bunga qo'shimcha ravishda, sovuqdan keyin tez isitish natijasida metall qismlar kengayadi, shuningdek radiodetallardan tok oqib o’tganda ular tezda qiziydi, bu esa SMD detallarni o’ta yupqa qatlamlarini yorilish xavfini oshiradi. Radio detallar haroratga qarab har xil xususiyatlarga ega bo'lishi mumkin.Elektrolit kondensatorlarni harorat o’zgarishiga qarab, sig’imi o’zgaradi.

Haroratni pasayishi bilan har qanday rezistorni qarshiligi kamayadi. Bilamiz resistor tokni chegaralaydi. Qarshiligi o’zgarishi hisobiga yetarlicha tokni chegaralamasligi, bu esa qurilmalarni normal ishlashiga ta’sir ko’rsatadi, natijada qurilmani ishdan chiqarishi ham mumkin.

Albatta, texnikalar  sovuqqa duchor bo'lsa, darrov to'liq ishlamay qolmaydi, lekin aniq  muammolar yuzaga keladi.

Har bir qurilma, o'z ish harorati diapazoniga ega, bu qurilmaning  foydalanish bo'yicha yo'riqnomasi yoki pasportida  ko'rsatilgan bo'ladi. Bundan tashqari, plyus diapazon har doim minusdan kengroqdir. Misol uchun, texnikalar standart -5 C° dan +35 C° gacha.

Ko'pgina mobil qurilmalar issiqlikdan qo'rqmaydi va +45 ° C gacha havo haroratida normal ishlaydi. Sovuq bilan biroz boshqacha: ko'plab ishlab chiqaruvchilar odatda har qanday noldan past haroratda qurilmalardan foydalanishni tavsiya etmaydi. Buning bir qancha sabablari bor:

Sovuq havo, batareyaning ishlashiga salbiy ta'sir qiladi. E’tibor bergan bo‘lsangiz kerak: sovuq qanchalik kuchli bo‘lsa, agar siz uni himoya g'ilofisiz tashqarida ishlatsangiz, smartfoningiz quvvatini shunchalik tez yo‘qotadi.

Buning sababi shundaki, noldan past haroratlarda batareyalardagi elektrolitlar qalinlashadi va ionlar harakati sekinlashadi - buning natijasida batareya o'z ishini yomonlashtiradi.

LCD displeylar ham noldan past haroratlarga bardosh berishi qiyin. Sovuqda piksellarni yangilash jarayoni sekinlashadi, shuning uchun animatsiya chiziqlar bilan ko'rsatilishi mumkin va ranglarni ko'rsatish noto'g'ri bo'lishi mumkin. Sensorli ekranlar barmoqda teginishga nisbatan kamroq sezgir bo'lib qoladi.

Plastik qismlar sovuqda mo'rt bo'lib qoladi va hatto kuchsiz bosish bilan ham yorilishi mumkin. Plastmassaning sifati qanchalik past bo'lsa, shikastlanish xavfi shunchalik yuqori bo'ladi.

Biz odatda noutbuklarni o’zimiz bilan olib yuramiz. Noutbukni tavsiya etilgan harorat oralig'ida ishlatish qurilmaning "umrini" sezilarli darajada uzaytiradi va kafolat muddatidan ancha uzoqroq ishlashiga sabab bo’lgan omillardan biridir. Noutbukni ishlatish va saqlash uchun tavsiya etilgan harorat oralig‘i Selsiy bo‘yicha +5 dan 30 darajagacha o‘zgarib turadi.

Mutaxassisning fikricha, qattiq sovuqdan qaytgach, noutbukdan 1,5-2 soat foydalanmaslik maqsadga muvofiq. Bu vaqt noutbukni ishchi haroratigacha isishi uchun yetarli bo’ladi.