Ushbu sayt elektrotexnika va elektronika bo'yicha informatsiya beruvchi, amaliy va nazariy o’rgatuvchi sayt. Saytimiz yordamida siz nafaqat tushunasiz, elektrotexnika va elektronika sohasini yoqtirib ham qolasiz.

Elektron sxemani o'qish (1-qism)

Admin 12694 Dec. 29, 2023  Elektronika

Elektronikani o'rganishni endi boshlaganlar: "Elektron sxemalarni qanday o'qish kerak?" Degan savolga duch kelishadi. Ko'p odamlarni qo'rqitadigan narsa ham - bu sxema. Elektron qurilmani mustaqil ravishda yig'ish, electron platalarni tuzatishda prinsipial sxemalarni o'qish malakasi zarur. Elektron sxema nima? U siz hali tushunmaydigan chiziqlar va belgilardan iborat.  Ya’ni tok o’tkazuvchi o’tkazgichlar yordamida bir biriga ulangan radiodetallarni grafik ko’rinishidir.

Elektronikada qurilmalarni sxemalari turlicha bo’ladi biz bugun prinsipial sxema bilan tanishib chiqamiz. Prinsipial sxemada zanjirning barcha funksional komponentlari, ular orasidagi ulanish turlari va elektron qurilmaning ishlash prinsipi haqida to’liq tasavvur beradi.

Elektronikada radiodetallarni tuzilishi va ishlash prinsipi  haqida dastlabki ba’zi bilimlarni olganingizdan so'ng, sxemalarni tushunish oson bo'ladi. Bizning Youtube kanalimizda allaqachon ko’plab radio komponentlar va ularning xususiyatlari shuningdek sxemadagi belgilanishlari haqida video darslarimiz bor.

Quyida beriladigan ma’lumotlar sizni sxemalarni to’liq o’qish va tushunishingizga yordam beradi. Sxema o’qish uchun radiodetallarni belgilanishlari juda ko’p biroq biz asosiy belgilanishlarni ko’rib chiqamiz. Radiodetallarni grafik belgilanishi ularni tuzilishi bilan juda o’xshash.

Masalan, karnay va zummerning grafik belgilanishi  karnayning haqiqiy tuzilishini juda aniq ifodalaydi. Buzzer ma’lum darajada kichkina dinamik bilan solishtirish mumkin. Uning chiqishlariga o’zgaruvchan kuchlanish berganimizda mos keladigan chastotani ovozini eshitiladi.

Rezistor

Rezistorni belgilanishi uning real ko’rinishi va tuzilishi bilan juda o’xshash. To’g’ri to’rtburchak shakli, uning ichida rezistorning quvvati  ko'rsatiladi (Bu holda, 2 W qarshilik, ikkita vertikal chiziq bilan ifodalangan).

O’zgaruvchan rezistor barcha turdagi sozlashlar uchun ishlatiladi. Bunday qarshilik kamida uchta chiqishga ega: ikkita chekkadagisi nominal qarshiligi (va amalda maksimal) O’rtada perpendikulyar strelka bilan tasvirlangani siljib harakatlanuvchi qismi sifatida tasvirlangan.

Sozlovchi rezistorlar (podstroyechniy) o'zgaruvchaning rezistorning bir turidir. Bunday rezistorlarda sozlash ko’p hollarda otvyorka yordamida amalga oshiriladi. Tez-tez burash uchun mo’ljallanmagan. Grafik belgilanishi ham uning vazifasini aks ettiradi.

Kondensator

Kondensator - bu dielektrik bilan ajratilgan ikkita plastinka shaklidagi elektrodlardan tashkil topgan radiodetal. O’zgarmas sig’imga ega oddiy kondensatorlar quyidagicha belgilanadi.

O’zgaruvchan sig’imli kondensator. Odatda stator va rotordan iborat. Bunday kondensatorlar, masalan, radio eshittirish qabul qilgichlarining sozlash, chastotasini o'zgartirish uchun keng qo'llaniladi.

O’zgaruvchan sig’imli kondensatorlarni yana bir turi - sozlovchi kondensatorlar (podstroyechniy, trimmer). Ularning sig'imi ham, xuddi sozlovchi rezistor singari otvyortka yordamida o'zgartirilishi mumkin.

Induktiv g'altak

Induktiv g’altaklar odatda bir nechta yarim aylana shaklida tasvirlangan. Yarim aylanalar soni ko’rsatilmaydi. Ayrim eski  sxemalarda spiral o’ram shaklida xam beriladi. Shuningdek  induktiv g’altak ferrit o’zakli bo’lsa g’altak yonida unga parallel ravishda chiziq ham bo’ladi. Shartli belgilanishni yonida element turi (L) va tartib raqami ko’rsatiladi lekin uning nominali ko’rsatilishi shart emas.

Transformator

Yarim aylana shaklida induktiv g’altaklardan tashqari transformatorlarni ham belgilanadi. Transformatorlar kuchlanishni oshirish yoki pasaytirish uchun foydalaniladi. Transformatorlar odatda bir-biriga ulanmagan ikkita g’altakdan iborat bo’lib ularni bir-biridan ajratib turadigan bir yoki ikkita chiziq mavjud. Vertikal chiziq transformator o’zagini ifodalaydi. Agar vertikal chiziq uzuq-uzuq bo’lsa oddiy po’lat o’zakdan iborat transformator bo’ladi. Vertikal chiziq uzluksiz to’g’ri chiziq bo’lsa ferrit o’zakli impulsli transformatorni ifodalaydi.

Diod

Diod - bu tokning faqat bitta tarafga o’tkazadigan yarim o’tkazgichli radiodetal.  Shuning uchun ham grafik belgilanishi tokni o’tkazadigan tarafni ko’rsatadigan uchburchakdan  va uchburchak yonida vertikal chiziq esa tokni teskari yo’nalishda o’tkazmasligini bildiradi. 

Shuningdek har xil turdagi diodlar mavjud bo'lib, jumladan yorug’lik diodlari LED, stabilizatsiya qiluvchi, tokni har ikki tarafga o’tkazuvchi ba boshqa ko’plab diod turlari bor. Ularning har birida standart diod belgisida mavjud.

Tranzistorlar

Tranzistorlarning ikkita asosiy turi mavjud: Biqutbiy  tranzistorlari (BJT) va maydon tranzistorlar (FET).Tranzistorlar kuchaytirgich yoki  kalit rejimida elektr tokini uzib ulash uchun ishlatiladi.

Eng keng tarqalgan tranzistorlar biqutbiy  tranzistorlari (BJT).  Biqutbiy tranzistorlar ham ikki turga bo’linadi - NPN va PNP. Sxemada ularni bir biridan strelka yo’nalishi qaysi tarafga qarab turganiga qarab ajratish mumkin. Har qanday biqutbiy tranzistorda kamida uchta chiqish mavjud: baza, kollektor, emitter. Biqutbiy  tranzistorning shartli belgilanishida albatta chiqishlari nomlari B,K,E tarzida ko’rsatilgan bo’ladi. Oddiy qilib aytganda, biqutbiy tranzistorlar tok orqali boshqariladi.

Maydon tranzistorlar

Oddiy qilib aytganda, maydon tranzistorlar kuchlanish bilan boshqariladigan qurilmalar bo'lib, ularda «Gate» terminaliga kuchlanish  berib  «Source» va «Drain»   terminallari orqali o’tayotgan tokni boshqariladi. Maydon tranzistorlarda ichki qismlari har xil bo’lganligi uchun ko’plab grafik belgilanishlari mavjud. Biz ulardan ayrimlarini quyidagi rasmda keltirdik.

Mikrosxema

Integral sxemalar – bu murakkab elektron komponentlardir. Ular rezistor, kondensator, diod va boshqa radiodetallardan  tayyorlanib bitta butun korpusga yig’ilgan yarim o’tkazgichli electron sxema. Integral sxemalar bu protsessorlar, xotira, operatsion kuchaytirgichlar, kuchlanish regulyatorlari va ho kazo. Integral sxemalar, kirish va chiqish ko’rsatilgan to’g’ri to’rtburchak shaklida ifodalanadi. Unda uchta maydon bo'lishi mumkin: asosiy va ikkita qo'shimcha.

Markaziy maydonning yuqori qismida ushbu element tomonidan bajariladigan funktsiya belgisi  Asosiy maydon element tomonidan bajariladigan funktsiyalarni ko'rsatadi. Qo'shimcha maydonlar odatda chiqishlari qanday vazifalarni bajarishini, ya’ni  chapda - kirishlar belgilari, o'ngda - chiqishlar ko’rsatiladi.

Raqamli elektronikaning prinsipial sxemalarida  ma'lum funktsiyalarni bajaradigan mantiqiy elementli mikrosxemalar DD bilan belgilanib uning tarkibiy qismlari esa DD1.1  DD1.2  DD1.3  DD1.4 va ho kazo bilan belgilanadi. Bu to’rtala belgilanish ham bitta korpusdagi joylashgan mikrosxemani tarkibiy qismlaridir. Ishlash prinsipiga ko’ra bunday sxemalarda ikkilik sanoq tizimidan foydalaniladi.

Operatsion kuchaytirgich

Operatsion kuchaytirgich sxemada yotqizilgan uchburchak shaklida beriladi. Operatsion kuchaytirgichlarni ishlashi funksiyasini bajarish uchun beshta chiqishlari bor. Operatsion kuchaytirgichlar 2 ta kirish va bitta umumiy chiqishga ega. Kirishlar "to'g'ri" va "teskari" ( ya’ni teskari aloqa uchun) deb nomlanadi.

Kuchlanish stabilizatori

Oddiy kuchlanish regulyatorlari, odatda kirish, chiqish va yerlashtirgich (yoki sozlovchi) elektrodlari bo'lgan uch elektrodli komponentlardir. Ular odatda  chap (kirish), o'ng (chiqish) va pastki (yerlashtirgich/sozlash) elektrodlari bo'lgan to'rtburchaklar shaklida sxemalarda belgilanadi.

Elementlarni shartli belgilanishi

Eng oddiy sxemani o'rganishdan oldin, siz asosiy elementlar va ularning belgilari bilan tanishishingiz kerak.

Elektr manbalari qanday belgilanadi?

Har qanday sxema, qanchalik murakkab yoki oddiy bo'lmasin, elektr ta'minotisiz ishlamaydi. Asosan ikki turdagi elektr manbalari mavjud: Ko'pincha siz elektronika bilan ishlashda o’zgarmas kuchlanish manbalaridan foydalanasiz.

1. O’zgarmas tok (DC);

2. O’zgaruvchan tok (AC).

Batareya

Shuningdek biz sxemalarda o'zgarmas tok sifatida turli xil batareya va akkumulyatorlar va boshqa quvvat manbalaridan ham foydalanamiz.

Batareya u qanday turdagi bo'lishi muhim emas (AA, AAA va boshqalar) u turli uzunlikdagi ikkita parallel chiziq bilan ko'rsatiladi, uzunroq chiziq "+" ni, qisqaroq esa "-" ni bildiradi. Batareya sxemada standart "GB" harfi bilan belgilanadi.

Ba'zan, elektr ta'minotining grafik belgisi o'rniga faqat uning terminallari (klemmalari )ko'rsatiladi. Shuningdek belgini yonida batareyani kattaligi ham ko’rsatilishi mumkin masalan 1,5 V.

Umumiy o'tkazgich qanday belgilanadi?

Yetarlicha murakkab sxemalarda, o'qishni osonlashtirish va chizmani ortiqcha chiziqlarni ko'paytirmaslik uchun,  ko'pincha umumiy "minus" ga ulangan o'tkazgichlar ko’rsatilmaydi. Va ularning o'rniga maxsus belgilar qo'llaniladi.

Umumiy o’tkazgich (yerlashtirgich, korpus, minus ham deymiz ko’pincha) elektr potentsiali nolga teng bo'lgan nuqtasini bildiradi. Texnik hujjatlarda u korpus  deb ataladi. Ko’pgina sxemalarda uchratamiz umumiy o’tkazgich ta’minlash manbaini manfiy klemmasiga ulanadigan o’tkazgichdir.

Ikki qutbli ta’minlash manbai bo'lgan sxemalarda umumiy o’tkazgich  ta’minlash manbaini manfiy klemmasiga ulanmaydi. Ya’ni ta’minlash manbai minusi korpusga ham umumiy o’tkazgichga ham ulanmaydi.

Nima uchun sxemada umumiy o’tkazgich yoki korpus ko'rsatiladi?

Alohida ko'rsatilganlardan tashqari, sxemadagi barcha o'lchovlar umumiy o’tkazgichga nisbatan amalga oshiriladi. Sxemaning umumiy o’tkazgichi aslida elektron qurilmaning metall korpusiga yoki  elektron platalar qotirilgan metall shassiga ulanadi.