Ushbu sayt elektrotexnika va elektronika bo'yicha informatsiya beruvchi, amaliy va nazariy o’rgatuvchi sayt. Saytimiz yordamida siz nafaqat tushunasiz, elektrotexnika va elektronika sohasini yoqtirib ham qolasiz.

elektromobilni zararli taraflari

Admin 6134 March 8, 2024  Elektrotexnika

Elektromobilni zararli tomonlari

Elektromobillari hozir, shunaqa trendga chiqyapti, ko'chalarimizda kundan kunga ko'proq ko'rinish beryapti. Elektromobillar O'zbekiston bozorlarida ommaviylashib boryapti. Shuning uchun hozir hamma elektromobil sotib olishni orzu qiladi. Zamonaviylikni bir belgisiga aylanib ulgurdi. Ularni ekologik xavfsiz va tejamkor transport vositasi sifatida tariflashadi.

Umuman olganda, elekromobilda yurish yoqimli. Boshqarish oson va haydashni o'zgacha gashti bor! Ammo biz uning har doim ijobiy tomonlarini, afzalliklarini gapiramiz ammo kamchiliklarini kam eshitamiz, real olib qaraganda, salbiy tomonlarini ham tushunishimiz kerak. Bugun biz sizlar bilan elektr transportining kamchiliklari nimalarda ekanligini ko'rib chiqamiz.

Narxi

Elektromobillarning narxini, taqqoslaydigan bo'lsak, o'zi singari analog benzin dvigatelga qaraganda ikki barobar qimmat turadi. Buning sababi, elektromobillar litiy-ion batareyasi bilan jihozlangan, uning narxi transport vositasining o'zi narxining yarmigacha bo'lishi mumkin.

Quvvatlash vaqti uzoqligi

Zamonaviy elektromobillar, litiy-ion akkumulyatorlari tufayli bir quvvatlanishda 400 km dan ortiq masofani bosib o‘ta oladi. Ammo bu omilning ham salbiy tomoni bor - bunday mashinalar sig'imi katta batareyalaridan foydalanadi. Natijada, AC (o'zgaruvchan tok) stansiyalaridan zaryadlash ko'p soatlar talab qilishi mumkin. Uyingizda quvvatlamoqchi bo'lsangiz tuni bilan zaryad qilgandan keyin ham batareyaning to'liq zaryadini ko'rmasligingiz mumkin. Uyda 220 volt kuchlanishda kamida 8 soat, maxsus zaryadlash stansiyalarida minimum 40 minut turishi kerak.

Qishda samaradorlikning pasayishi

Elektromobilining yana bir haqiqiy kamchiligi qishda samaradorlikning pasayishi hisoblanadi. Bunga batareyalar ichidagi kimyoviy reaksiyalarning sekinlashishi sabab bo'ladi. Natijada, elektromobilning yurish masofasi qisqaradi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, 5 C° da batareya quvvati 20% ga, -5 C° da 35-40% ga va -12 C° da 50% ga kamayadi. Agar izolyatsiya qilingan issiq garaj bo'lsa, unda bu yaxshi variant. Ya'ni, bu yer uylarda yashovchilar uchun imkoniyatdir.

Salondagi mikroklimat bilan bog'liq muammolar.

Yozda konditsioner yoki qishki mavsumda  salonni qizdirish batareya hisobidan quvvatlanadi. Ularni yoqadigan bo'lsangiz siz quvvat zaxirasini yana 20-30% ga kamaytirasiz.  

Ishonchlilik va turli nuqsonlar.

Transport vositalarining ishonchliligini o‘rganib chiqqan mutaxassislar, elektromobillar ichki yonuv dvigateliga ega bo‘lgan avtomobillarga qaraganda 79 % ko‘proq buzilish ehtimoli borligini aniqladi. Mutaxassislarning fikricha, zamonaviy transport vositalaridagi aksariyat muammolarning sababi hali yetarlicha sinovdan o‘tmagan yangi texnologiyalardan foydalanishdir.

Infratuzilma rivojlanmaganligi.

Safarlarga chiqqanda, Toshkentdan boshqa shaharlarda foydalanish noqulayliklar olib keladi. Aksariyat hollarda elektr transport vositalarini uyda o'z rozetkasidan zaryad qilish kerak. Zaryadlash stansiyalari soni juda oz, Toshkentdan vodiyga kelguncha ikkita joyda bor xolos. Unda han zaryadlash kolonkalar soni oz.

Quvvatlash narhi

Elektromobilini zaryadlash narxi ancha qimmatga tushadi, keling oddiy hisob-kitob qilaylik. Quvvatlash stansiyalarida 100 000 so'mga 40 kWh quvvatlanadi, 250 km yuradi. Toshkent shahrida quvvatini to'ldirish undan-da qimmat bir marta quvvatlash 150 000 so'mga tushadi. 150 000 so'm bilan 350 km yurishingiz mumkin. Uyda 220 volt kuchlanish orqali quvvatlanganda 60 000 so'mlik elektr energiyasi oladi.

Zaryadlashda sezilmagan zararlar.

Vaqt o'tishi bilan har bir zaryadlash siklidan keyin u asta-sekin akkumulyator sig'imi pasayib boradi, yiliga o'rtacha 5% sig'imini yo'qotadi. Zaryadlash orasidagi yurish masofasi kamayadi, bu ma'lum bir zaryadlash siklidan keyin katta noqulaylik tug'diradi. Zaryadlash qurilmasi quvvati qanchalik kuchli bo'lsa, batareya tezroq eskiradi. Ikki-uch yildan so'ng, savol sizni bezovta qiladi: bu mashina bilan nima qilish kerak???

Uni almashtirish narxi 5000 -12000 $ atrofida xarajat qilishga olib keladi. 1200 -2000 sikl zaryaddan keyin, batareya umuman zaryadlanmay ham qoladi, shuning uchun siz boshida 430 km dan oxirida 0 gacha bo'lgan o'rtacha masofani bosib o'tishingiz kerak.

Ko'pgina elektr avtomobil egalari ularni to'g'ridan-to'g'ri uyda zaryad qilishadi, ammo hamma ham buni qila olmaydi, chunki ayrim insonlar ko’p qavatli uylarda istiqomat qiladi. Odatda pastki qavatlarda yashovchilar uchun muammo yo’q. Uzaytirgich kabel bilan to'g'ridan-to'g'ri xonadoningizdan tortib chiqishingiz mumkin. Ammo agar xonadon, masalan, 4 qavatdan yuqori bo'lsa, vaziyat ancha murakkablashadi.

Inson salomatligi uchun zarari

Olimlarning  tadqiqotlariga ko’ra, elektromagnit maydon asosan elektr motor va dvigatelni boshqaradigan kuch elektronikasi tomonidan yuzaga keladi. Bu esa transport vositasi salonidagi yo’lovchilarga ta’sir qiladi. Ba'zi odamlar, uylarda past darajadagi elektromagnit maydonlarini tasiriga duch kelganda, bosh og'rig'i, bezovtalik, depressiya, charchoq, ko'ngil aynish, uyqu buzilishi, diqqat va xotira konsentratsiyasi kabi alomatlarni yuzaga keladi.

Yong’in xavfsizligi

Elektromobilni akkumulyatori yonsa, mashina to'liq yonib tugamaguncha o'chirib bo'lmaydi. litiy-ion batareyalarni o'chirish ularning tabiatiga ko’ra qiyin vazifadir. Masalan, baxtsiz hodisa tufayli, yacheykalarning mexanik shikastlanishi, aniq yong’inga olib keladi. Shuning uchun batareyalar elektr transport vositasining eng pastki qismiga joylashtirishga harakat qilishadi.

Kapot ostida siz ularni topa olmaysiz! Agar biron bir batareya yacheykasi yonadigan, bo'lsa nima bo'ladi? Gap shundaki, litiy-ion batareyasi yonish paytida jarayonni qo'llab-quvvatlovchi kislorod chiqara boshlaydi u benzinga qaraganda yaxshiroq yonadi.  Shuning uchun, na qum, na ko'pik, na suv yordam bermaydi. Baxtsiz hodisa paytida, yong'in ehtimoli yuqori bo’ladi, bunga batareyalarni qisqa tutashuvi sabab bo’ladi.

Birinchidan, batareyalarni zaryad qilish va keyinchalik energiyadan foydalanishda, elektr  energiyasidan  to'g'ridan-to'g'ri foydalanishdan ko'ra ko'proq energiya sarflanadi. Ikkinchidan, xizmatini o’tab bo’lgan batareyalarni (utilizasiya)yo'q qilish yangi ekologik muammolardir. Akkumulyatorlarni maxsus yo'q qilish kerak, siz ularni ahlatga tashlay olmaysiz, mumkin emas.

Afsuski, hech qanday foyda yo'q. Akkumulyatorlarni ishlab chiqarish juda ko'p energiya va ko'plab resurslarni talab qiladi. Ehtimol, shaharlarda toksinlar chiqishi kamroq bo'lar edi, ammo o'simliklar bundan hech qayerga qochib qutulmaydi, tabiat zarar ko’raveradi.

Ta’mirlash

Qismlarini almashtirish va ta’mirlash hali hamon qiyinligicha qolmoqda. Hatto 2024 yilda ham elektromobillar bilan shug'ullanadigan xizmatlar soni unchalik ko'p emas.

Bizda boshqa davlatlarda ishlab chiqarilgan avtomobillar va elektromobillar bilan ehtiyot qismlarni etkazib berish muammosi mavjud. Agar baxtsiz hodisa yuz berib, biror qismini almashtirishga to’g’ri kelsa, topishda muammo bo'lmasligi mumkin ammo siz taxminan 1-2 oy kutishingiz kerak bo'ladi.

Ekologiya

Avtomobildan chiqadigan gazlar. Bizda 90 %  dan ortiq elektr energiyasi ko'mir va gazni yoqishdan olinadi. 85 % issiqlik stansiyalarimiz tabiiy gaz yoqadi. Bunda endi avtomobil emas, balki elektr stantsiyasi atmosferaga zaharli tutunlarni chiqaradi. Elektromobil ekologiya uchun talofat, elektr energiya ishlab chiqarish uchun baribir yana gaz yoki ko'mir yoqish kerak bo'ladi. Agar samaradorlikni (FIK) hisoblasangiz, benzinli ichki yonuv dvigatellaridan ancha yomonroq.

Endi tasavvur qiling-a, hamma elektr avtomobillarga o'tishni boshladi. Elektr tarmoqlaridagi yuklama o'n baravar ko'payadi, bu esa usiz ham zo’rg’a turgan elektr tarmoqlarimizga ortiqcha yuklamaga olib keladi.

Men elektomobil haydovchilarini xafa qilish niyatim yo’q. Bu mening fikrim, menimcha, elektr transport vositasini sotib olishni istagan har bir kishi elektr transport vositalaridan foydalanishning barcha ijobiy va salbiy tomonlarini bilishi kerak.