Elektriklarni eng keng tarqalgan TOP xatolari.
Admin
784
June 15, 2023
Elektrotexnika
Elektriklarni eng keng tarqalgan TOP xatolari.
Bilamiz elektr bilan hazillashib bo'lmaydi. Ba'zi xatolar unchalik xavfli bo'lmaydi uni tezda tuzatish mumkin, boshqalari yong'inga va hatto inson o'limiga olib kelishi mumkin. Shunday qilib eng ko'p uchraydigan elektriklarni xatolarini ko'rib chiqamiz.
1) kuchlanish ostida ishlash. Bu eng keng tarqalgan xato. Misol uchun, siz elektrni o'chirmasdan, bo'shashgan rozetkaning vintlarini mahkamlashga qaror qilasiz. Agar qo'l biroz qaltirasa, yoki ehtiyotsizlik natijasida sizni tok urishi mumkin. Bunga yo'l qo'ymaslik uchun har doim liniyaga mas'ul avtomat o'chirgichni, shitdan o'chiring.
2) O'tkazgichlar kesimini noto'g'ri hisoblash. O'tkazgichlarni kesimini to'g'ri tanlanishi elektr xavfsizligini asosidir. Kabel kesimi, hisoblangan tokka taqab bir xil qilib olmaslik kerak, shunday tarzda olinish kerakki, kabelni uzoq muddat ruxsat etilgan yuklamada ishlaganda xam, kabel yuklamani hisoblangan qiymatdan kamida 20% yuqori bo'lishi kerak.
3) Faza o'rniga "nol"ni uzish. Faza va neytral o'tkazgichlar o'rtasidagi farqni hamma ham to'liq tushunmaydi. Agar "nol"ni uzib vklyuchatel o'rnatsangiz, vklyuchatelni har qanday holatida ham lampochka kuchlanish ostida bo'lib qoladi va lampochkani yoki patronni almashtirayotganingizda sizni tok uradi. Ko'p hollarda LED lampalarda faza doim ulanib turushligi ularni ishlash davrini kamaytiradi tez ishdan chiqishiga savab bo'ladi.
4) O'tkazgichlarni rangini chalkashtirish. Rangli belgilanish - o'tkazgichni nimaga mo'ljallanganligini, tushunishni eng oson yo'li. Ko'k o'tkazgich odatda, nolni ulash uchun, sariq yashil yo'lli yerlashtirgich uchun foydalaniladi. Faza o'tkazgichi ko'pincha kulrang, oq, jigarrang yoki qora rangda belgilanadi. Biroq, ko'k va sariq+yashildan tashqari istalgan rangda bo'lishi mumkin. Montaj vaqtida buni yodda tuting, aks holda hatto professional elektrik ham ulanishda xatoga yo'l qo'yishi mumkin, "nol"ni "faza" deb o'ylashi mumkin.
5) Avtomatdan iqtisod qilish. Ko'pincha odamlar, xonalardagi rozetka va chiroqlarni 1-2 ta avtomat, UZO yoki difavtomatga birlashtirib, himoya qurilmasidan iqtisod qilish mumkin deb hisoblaydi. Masalan, qisqa tutashuv natijasida avtomat o'chsa, xonadondagi butun yoritish tizimida kuchlanish yo'q bo'ladi. Tasavvur qiling-a, bu kechki payt sodir bo'ldi? .. Shuning uchun, har bir xonaga rozetkalar, yorug'lik uchun alohida va quvvati 1 kVtdan ortiq bo'lgan qurilmalar uchun alohida himoya vositalarini o'rnatish tavsiya etiladi.
6) Mis va alyuminiyni eshib ulash. Ko'pincha bu oddiy beparvolik tufayli sodir bo'ladi. Yetarlicha mahkam ulasangiz, yuklama yetarlicha bo'lmasa ham, bunday ulash 1-2 yil xizmat qilishi mumkin, biroq keyin metalllarni birikmagan joyida qisqa tutashuv sodir bo'ladi. Buni amalga oshirish uchun klemnik, bolt gayka yoki boshqa maxsus qisqichli ulagichlardan foydalanib ulash kerak.
7) Noto'g'ri joylashtirilgan vklyuchatel uzoq vaqt davomida egalarini bezovta qiladi. U yuqoriga bosilsa chiroq yonishi va pastga bosilsa o'chishi kerak.
8) Shitda tartib bo'lishi kerak. Birinchidan, har bir o'zini hurmat qiladigan elektrik barcha avtomat o'chirgichlarga yozib qo'yadi, qaysi biri nima uchun javob beradi. Ikkinchidan, avtomat o'chirgichlar o'ziga tushadigan yuklamani hisobga olgan holda tanlanadi. Masalan, rozetka guruhlariga 32 A emas, 16A o'rnatiladi. Yuklama ortishi natijasida kabel qiziydi avtomat o'z vaqtida liniyani o'chirmaydi, bu qisqa tutashuvga olib kelishi mumkin. Yoritish guruhiga odatda 6-10 A, pechlarga foydalanilgan kabel kesimi va qurilma quvvatiga qarab 25-32-40 A o'rnatiladi.
9) Kabellardan tejash. Hozirgi vaqtda bozor arzon narxlardagi kabelni taklif qiluvchi sexlarda ishlab chiqarilgan tovarlari bilan to'ldirilgan. Amaliyot va elektriklarning maslahati shuni ko'rsatadiki, bunday kabel juda tez ishdan chiqadi va qisqa tutashuvlar paydo bo'lishi, bu esa yong'inga olib kelishi mumkin. Men sizni qo'rqitmayman, faqat ishonchli kompaniyalarni tanlang.
10. Xonadonlarda elektr montajida eng keng tarqagan xatolik - bu yerlashtirgichdan foydalanmaslik. Ko'pgina zamonaviy maishiy elektr jihozlari, masalan, ariston yoki elektr pechka uchun yerlashtirgich kerak, bu odatda uylarda mavjud emas. Umuman olganda PUE (Elektr qurilmalarini tuzilish qoidalari) bo'yicha har bir rozetka albatta yerlashtirilgan bo'lishi shart.
11) Taqiqlangan usullardan foydalanib o'tkazgichlarni ulash. O'tkazgichlar bilan muammolar, ko'p hollarda o'tkazgichlarni ulangan joyida paydo bo'ladi.
Sovet davrida elektriklar o'tkazgichlarni eshib ulashga o'qitilgan. Bunday ulanish eng arzon, eng qulay va hech qanday maxsus instrument talab qilmaydi: Eshib ulash uchun o'tkazgichlarni uchini ochishga pichoq va burash uchun faqat ombir kerak. Biroq, 2003 yildan beri bu ulanish taqiqlangan, chunki elektr jihozlarining quvvati o'sishi bilan eshib ulash yong'inlarning tez-tez sababiga aylandi.Vaqt o'tishi bilan buramalar zaiflashishadi bo'shashadi, buning natijasida o'tkazuvchanlik yomonlashadi. Natijada, qarshilik kuchayadi va o'tkazgichlarni qizishi boshlanadi, bu yong'inning sababi bo'lishi mumkin.Ajablanarlisi shundaki, o'tkazgichlarni ulashning juda ko'p usullari mavjudligiga qaramay, eski maktab elektriklari taqiqlarni e'tiborsiz qoldirib, eshishda davom etmoqda. Shuning uchun, agar sizga kelgan elektrikda faqat pichoq, otvyorka va ombir bo'lsa, u o'tkazgichlarni eshib ulasa, bunday usta xizmatlaridan bosh tortish yaxshiroqdir. Istisno, burashdan keyin qalaylash yoki payvandlash amalga oshiriladigan holatlar bo'ladi. Ya'ni, eshish ulanishning yakuniy bosqichi emas, balki oraliq hisoblanadi. Va bu mutlaqo ruxsat etilgan.
Xulosa
Yuqorida sanab o'tilganlarga asoslanib, biz elektr o'tkazgichlar ishonchli, xavfsiz bo'lishi va iste'molchining elektr ta'minotiga bo'lgan ehtiyojlarini to'liq qondirish uchun xatolarga yo'l qo'ymaslik kerak. Umid qilamizki, siz elektr montaj ishlarining jiddiyligini va mas'uliyatini tushunasiz. Mol-mulkka zarar yetishi, inson hayoti fojiasi haqida gapirmasa ham bo'ladi.
Yaxshisi biror ishni boshlashdan avval, barcha me'yor va qoidalarni biladigan mutaxassislarga murojaat qilishni tavsiya etamiz. Ular har doim barcha zamonaviy talablarga javob beradigan oldindan ishlab chiqilgan va hisoblangan loyihaga muvofiq, professional instrumentlar bilan ishlarni bajaradilar.