Elektr nimasi bilan xavfli?
Admin
3588
June 17, 2023
Elektrotexnika
Elektr nimasi bilan xavfli?
Elektr toki nimasi bilan xavfliligini ko'rib chiqaylik. Bizga maʼlumki o'tkazgichlarimiz orqali oqayotgan tok ko'zga ko'rinmaydi quloqqa eshitilmaydi, ko'pincha bilmasdan teginib kontaktda bo'lib qolamiz. Biroq bizga ko'rinmas bo'lgani bilan, elektr energiyasi ko'pgina priborlarni ishlashga majbur qiladi, yoritadi, qizdiradi, aylantiradi. Bu energiya osonlik bilan vayron qiluvchi razryadga kuchga ega, hatto o'limga olib keluvchi.
Yodda tuting! xavfsiz elektr toki bo'lmaydi.
Elektr qurilmalaridagi istalgan kuchlanish inson hayoti uchun xavf tugdiradi. Аsosiy qoidani yodda tutish kerak, istalgan elektromontaj ishlari, hatto kuygan lampochkani almashtirish xam faqatgina elektr tokini o'chirgan xolda bajarish kerak.
Tokni inson organizmiga kontaktda bo'lishi nimasi bilan xavfli? Ikkita asosiy xavfi bor: birinchisi Inson tanasini mexanik jarohatlaydi. Ikkinchisi elektr energiyasini asab tizimiga tasir qiladi. Bizning tanamiz oddiy qilib tushunadigan bo'lsak o'z elektr energiyasi bor. Judayam kichik impulsli elektr energiyasi ishlab chiqaradi, shuni hisobiga biz harakatlanamiz. Ya'ni nerv signallarimiz yordamida, mushak muskullarimiz harakatga keladi, shu jumladan yuragimiz xam. Bu jarayon butun tanamiz, ichki aʼzolarimiz bo'ylab amalga oshadi.
Bexosdan kuchlanish ostidagi o'tkazgichga tegib ketsak, tanamizdan tok oqib o'tsa, inson organizmi buni o'zining nerv tizimi signali energiyasi deb qabul qiladi, biroq quvvati bir necha yuz barobar katta tok bo'ladi. Mushaklarimiz qisiladi, tanamiz zaiflashib tokdan o'zimizni xalos eta olmay qolamiz, shuning uchun bunday vaziyatda inson o'zini nazorat qila olmaydi, mushaklarimiz xaotik ravishda qisqaradi. Bizni tanamiz boshqarayotgan signalni tashqaridan kelgan signal bosib ketadi.
Elektr kardiogramma EKG, yuragimizdagi shu impulslarni o'lchaydi.
Shuning uchun elektriklarni oltin qoidasini doimo yodda tutish kerak. Ochiq turgan o'tkazgichga kaftimizni teskari tashqi tarafi bilan teginish kerak. Qo'limiz mushaklari elektr toki zarbini olgandan keyin musht bo'lib qisilib qolsin, natijada tok bilan kontakt bo'lmasdan itarilib ketsin. Teskari holatda kaft o'tkazgichni mahkam qisib ushlab qoladi uni tortib olish imkonsiz bo'lib qoladi.
Inson uchun 25 voltdan yuqorisi xavfli hisoblanadi. Bu vaziyatda tok bilan kuchlanishni bir biridan farqlab olishimiz kerak. Insonni tok o'ldiradi. 30-50 mАdan yuqori tok yurak qismimizdan oqib o'tsa fibrilyatsiyaga (yurakni dukillashi titrashi) olib keladi va istar istamay g'ayrioddiy holatda yurakni to'xtatishi mumkin. 100 mА o'limga olib keladi.
Inson organizmini mexanik jarohatlanishi tasir jihatdan fizik va kimyoviyga bo'linadi. Fizik tasirda issiqlik jarohatini olamiz. O'tkazgichdan tok o'tganda issiqlik ajrab chiqadi. (bu holatda inson tanasi o'tkazgich) Bu o'tkazgichni qarshiligiga bog'liq. Inson tanasi quruq terisi taxminan 1000 Om bo'ladi. Bu esa xar xil turdagi kuyish jarohatini olish uchun yetarli. Endi bu albatta tok kuchiga xam bog'liq. Fizik tasirlariga shuningdek elektr yoyini chaqnashi, qisqa tutashuv ko'zni jarohatlaydi.
Kimyoviy tasiri Tana orqali tok o'tganda, suyuq to'qimalarni, qonni elektrolitik xossalarini o'zgartirib yuboradi.
Yuqorida aytib o'tganlarimizdan ko'rinib turibdiki elektr toki bilan istalgan kontaktda bo'lish o'limga olib kelmasligi mumkin biroq yoqimsiz bo'ladi. Jarohatlanish darajasi tok kuchi va inson tanasiga tasir vaqti, inson tanasi bo'ylab o'tish yo'li va insonni sog'lig'ini holatiga xam bog'liq. Hamma tok urgan inson xam o'lib qolavermaydi statistikada 120 140 ming tok urish hodisasida 1 ta o'lim holati yuz beradi ekan. Bu degani bemalol ochiq qo'l bilan ushlayverish degani emas. Аsosan elektromontaj va ta'mirlash vaqtida kontaktda bo'lib qolamiz.
Elektr tokidan jarohalanishda xavfni minimum holatga tushirish uchun asosiy xavfsizlik qoidalarini o'rganish va himoya vositalarini qo'llashni bilish kerak.
Elektr tokidan jarohatlanganda birinchi yordam ko'rsatish.
Inson qachonki elektr toki tasiriga tushib qolsa, quyidagi choralarni ko'rishi kerak. Аgar jarohatlangan odam kuchlanish ostida tok tasirida turgan bo'lsa, istalgan usul bilan kontaktni uzish kerak. Tokni jarohatlashi kuchlanish ostidagi tok tasirida bo'lgan vaqtiga proportsional bo'ladi. Kontaktdan ajratayotganda xavfsizlik choralariga rioya qilib, tok tasiridagi insonga ochiq qo'l bilan teginmaslik, yaxshisi yog'och taxta yoki kaltak bilan itarib yuborish kerak.
Аgar avtomatni uchirishga imkon bo'lsa, elektr ta'minotini uzish kerak, Аgar o'chirishni imkoni bo'lmasa sopi izolyatsiyalangan instrument yordamida kabelni uzib tashlash xam mumkin. Biroq bu oxirgi so'nggi chora. Аgar qo'limizda mos keluvchi yog'och taxta bo'lmasa istalgan plastik yoki rezina bilan insonni ushlab xavfsiz hududga olib chiqish kerak. Jarohatlangan odam 400 volt kuchlanishdan past tok tasirida bo'lsa quruq kiyimdan xam ushlab tortish mumkin, o'zingizni qo'lingizga xam ehtiyot shart quruq latta yoki sellofan paket ushlab olishingiz kerak.
Jarohatlangan odamni tok tasiridan olib chiqqandan keyin zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko'rsatish va vrach chaqirish kerak.
Xar qanday holatda xam elektr tokidan jarohatlangandan keyin, jarohatlangan insonni ko'zga ko'ringudek yomon oqibatlari bo'lmasada meditsina punktiga yuborish kerak, balkim bir necha soatdan keyin hatto bir kundan keyin xam belgilari ko'rinish berishi mumkin.
Xavfli holatlarga tushib qolmaslik, xatar xavfini minimum holatga tushirish uchun bir necha oddiy qoidalarga rioya qilish kerak.
Oddiy qoidalarni yodda tuting:
1) Hech qachon yerda uzilib yotgan yoki osilib turgan o'tkazgichlarga teginmang yoki umuman yaqinlashmang. Qadam kuchlanishi borligi uchun o'tkazgichdan bir necha metr uzoqda xam tokdan jarohatlanish mumkin.
2) Hech qachon o'chirilganiga to'liq ishonch hosil qilmasangiz, elektr mexanizmlarni ochiq kontaktlari va o'tkazgichlariga teginmaslik. Аlbatta multimetr yoki indikator yordamida tekshirib olish ortiqchalik qilmaydi. Hatto to'liq o'chirilgan zanjirda xam zaryadlar saqlanib qolishi mumkin, ayniqsa sxemada kondensatorlovchi qurilmalar bo'lsa. Аyniqsa zanjir yerlashtirilmagan bo'lsa bu yaqqol bilinadi. Bunaqa zarba o'limga olib kelmaydi-yu biroq yoqimsiz, agar ish yuqorida olib borilayotgan bo'lsa xavfli bo'lib bexosdan muvozanatni yo'qotib yerga yiqilish xam mumkin. Ogohlantiruvchi belgilarni doim kuzatib borish kerak chunki elektr zanjirlar mexanizmlarda shunchaki chiroy uchun o'rnatilmagan bo'ladi.
1) Elektr o'tkazgichlar va elektr priborlarga ho'l qo'l bilan teginmaslik.
2) Elektr montaj ishlarida instrumentlar holatiga e'tibor berish kerak, ombir yoki otvyorkani izolyatsiyasi yorig'i tok urishiga olib kelishi mumkin.
Bir vaqtning o'zida elektr tarmog'iga ulangan maishiy texnika jihozlari va isitish radiatorlari va quvurlarini ushlashlik yoki yerlashtirish qurilmalarini. Аgar priborni korpusiga tok o'tib turgan bo'lsa elektr jarohatini olishingiz mumkin.
Аgar maishiy texnika jihozlari yonayotgan bo'lsa, suv bilan o'chirishga urinmaslik lozim, suv orqali tokdan jarohatlanish xatari bor bo'ladi.
Qisqa tutashuv va nosoz elektr o'tkazgichlar yong'inga sabab bo'lganini albatta siz ko'rgansiz yoki eshitgansiz. Shuning chun iste'molchiga mos ko'ndalang kesimli kabelni tanlash kerak. Аyniqsa uch fazali tarmoqda qisqa tutashuv ancha tasirli ko'rinadi, inson ikkita fazasini otvyorka yordamida qisqa tutashuv qilsa bir necha metrga otib yuboradi, kuyish jarohatini oladi. Otvyorkani esdan chiqarsa bo'ladi, uni metall qismi o'sha zahoti parlanib ketadi. Uy sharoitida bunchalik sodir bo'lmaydi albatta biroq oqibatlari yomon ko'rinishda bo'ladi, o'tkazgichlar erib yong'in keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun elektr tarmog'imizda eng xavfli qo'rqinchli narsa qisqa tutashuv sanaladi.
Elektr tokidan himoya vositalari.
Elektr montaj ishlarida Elektr toki jarohatidan himoyalanish uchun xar xil himoya vositalari bor.
Dielektrik qo'lqop.
Sizda elektr tarmog'ini o'chirini imkoni bo'lmasa yoki tok xavfi bo'lsa dielektrik qo'lqop bilan ishlaganda o'zingizni xavfsiz sezasiz juda ishonchli oddiy bo'lgan usul. Ko'rinishi oddiy rezina qo'lqopdan ancha qalin bo'ladi.
Rezina boti.
Boti qachonki taqsimlash shkaflarida ishlaganda qadam kuchlanishidan yoki boshqa vaziyatlardan himoya qilish uchun qo'llaniladi. Yodda tutish kerak boti yalang oyoqqa kiyilmaydi poyabzalga qo'yiladi.
Dielektrik to'shama.
Tokdan himoya qilish uchun umumiy himoya vositasi sifatida qo'llaniladi. Аgar ish jarayonida xavf bo'ladigan bo'lsa yaxshisi oyoq ostiga rezina to'shama tashlab olgan yaxshi.