Ushbu sayt elektrotexnika va elektronika bo'yicha informatsiya beruvchi, amaliy va nazariy o’rgatuvchi sayt. Saytimiz yordamida siz nafaqat tushunasiz, elektrotexnika va elektronika sohasini yoqtirib ham qolasiz.

Naychali elektr isitgichni tuzilishi va ulanish sxemalari

Admin 744 Oct. 20, 2023  Elektrotexnika

Naychali elektr isitgichni tuzilishi va ulanish sxemalari

Naychali elektr isitgichlar (TEH) elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirish uchun moʻljallangan. Ular sanoat va kundalik hayotimizdagi isitish qurilmalarda, turli xil muhitlarda, isitish elementi sifatida foydalaniladi. Naychali isitgichlarni to'g'ridan-to'g'ri isitiladigan muhitga joylashtirilishi mumkin, shuning uchun ularni qo'llash doirasi juda xilma-xildir: dazmol va choynaklardan pechlar va reaktorlargacha.

1. Naychali Isitish elementi tuzilishi.

Naychali isitish elementi yupqa devorli metall naychadan yasalgan elektr isitish elementi bo'lib, uning materiali sifatida mis, latun, nerjaveyka va karbonli po'lat xizmat qiladi. Naychaning ichida yuqori elektr solishtirma qarshilikka ega bo'lgan, nixromli simdan tayyorlangan spirali joylashtirilgan. Spiralning uchlari metall chiqishlarga ulanadi, isitish elementi bu chiqishlar bilan manba kuchlanishiga ulanadi.

Naychaning devorlaridan, spiral, presslangan dielektrik izolyator bilan to'ldiriladi, bu izolyator spiraldagi issiqlik energiyasini tashqariga chiqarishga xizmat qiladi va naychaning butun uzunligi bo'ylab uni markazda mahkam ushlab turadi. To'ldiruvchi sifatida eritilgan magniy oksidi, korund yoki kvars qumidan foydalaniladi. Atrof-muhitdan namlikning to'ldiruvchiga kirib kelishini, himoya qilish uchun isitish elementining uchlari issiqlik va namlikka chidamli lak bilan germetik berkitiladi.

Isitgichni chiqishlari naychaning devorlaridan izolyatsiya qilingan va keramik izolyatorlar bilan mustahkam qilib mahkamlangan. Kuchlanish tarmog'i o'tkazgichlari, chiqishlarni rezbalik oxirlariga gayka va shayba yordamida ulanadi.

Isitish elementi (TEN) quyidagicha ishlaydi: spiraldan elektr toki o'tganda, u qiziydi va to'ldiruvchini va naychaning devorlarini isitadi, bu orqali issiqlik atrof-muhitga tarqaladi.

Gazsimon muhitni isitishda, issiqlik o'tkazuvchanligini oshirish uchun, issiqlik o'tkazuvchanligi yaxshi bo'lgan materialdan yasalgan, qovurg'ali isitish elementlari qo'llaniladi. Qoidaga ko'ra, qovurg'alash uchun, po'latdan yasalgan gofralangan lenta, isitish elementining tashqi qobig'ida spiral shaklida o'raladi.

Bunday konstruktiv yechimidan foydalanish, isitgichning gabarit o'lchamlarini va tok yuklamasini kamaytirishga yordam beradi.

2. Isitish elementlarini bir fazali tarmoqqa ulash sxemalari.

Naychali elektr isitgichlar ma'lum bir quvvat va kuchlanish kattaligi uchun mo'ljallangan, shuning uchun normal ish rejimini ta'minlash uchun, ularga mos keluvchi kuchlanish bilan tarmoqqa ulanadi. GOST 13268-88 bo'yicha isitgichlar quyidagi nominal kuchlanishlar uchun ishlab chiqariladi: 12, 24, 36, 42, 48, 60, 127, 220, 380 V, biroq 220 va 380 V kuchlanish uchun mo'ljallangan isitish elementlari eng keng tarqalgan.

Naychali elektr isitgichlarni bir fazali tarmoqqa ulash mumkin bo'lgan variantlarini ko'rib chiqaylik.

2.1. Rozetkaga ulanish.

Quvvati 1 kW (1000 W) dan oshmaydigan isitish elementlarini (TEN) oddiy vilka orqali rozetkaga bemalol ulash mumkin, chunki biz suvni isitish uchun ishlatadigan elektr choynaklar aksariyati shunday quvvatga ega.

Oddiy vilka orqali siz ikkita isitish elementini parallel ravishda yoqishingiz mumkin, ammo ikkala isitgichni quvvati ham 1 kW (1000 W) oshmasligi kerak, chunki parallel ulanganda ularning umumiy quvvati 2 kW (2000 W) ga ortadi. Shu tarzda, siz bir nechta isitgichlarni yoqishingiz mumkin, ammo ularning umumiy quvvati 2 kW dan oshmasligi kerak va rozetkaga ulash uchun siz kuchliroq vilkadan foydalanishingiz kerak.

Uyda 127 V kuchlanish uchun mo'ljallangan bir nechta isitgichlar yotgan bo'lsa, tashlab yuborgani ko'z qiymaydi, siz ularni uydagi kuchlanish tarmog'iga ulay olmaysiz. Bunday holatda, isitgichlar ketma-ket yoqiladi, bu ularni yuqori kuchlanishga ulash imkonini beradi. 127 V kuchlanishli ikkita isitgich ketma-ket ulanganda, ularning quvvati avvalgidek qoladi, lekin umumiy qarshiligi ikki barobarga ortadi. Misol uchun, ikkita 500 W dan isitgich yoqilganda, ularning umumiy quvvati 1000 W bo'ladi.

Biroq, bu sxemaning bitta kamchiligi bor: agar isitish elementlaridan birortasi ishlamay qolsa, ikkalasi ham ishlamay qoladi, chunki elektr zanjiri uziladi va elektr manbai uzatish to'xtaydi.

Shuni ham yodda tutish kerakki, ishchi kuchlanishi 220 V bo'lgan ikkita isitish elementi ketma-ket ulanganda, ularning umumiy quvvati ikki baravar kamayadi, chunki umumiy qarshilikning oshishi tufayli har bir isitish elementi kerakli bo'lgan 220 V o'rniga, 110 V atrofida oladi.

2.2 Avtomat o'chirgich orqali ulash.

Agar isitish elementlariga, avtomat o'chirgich yordamida kuchlanish berilsa, bu ancha qulay bo'ladi. Buning uchun uydagi elektr shitida avtomat o'chirgich ko'zda tutilgan bo'lishi kerak yoki bevosita isitish elementining yonida avtomat o'chirgich o'rnatish kerak. Kuchlanishni uzatish va to'xtatish avtomat o'chirgichni yoqish/o'chirish orqali amalga oshiriladi.

Isitgichlarni ulashning keyingi varianti, ikki qutbli avtomat o’chirgich bilan amalga oshiriladi, bu eng maqbuldir, chunki bu holatda faza va nol bir vaqtning o'zida uziladi va isitish elementi umumiy sxemadan butunlay uziladi. Kuchlanish avtomat o’chirgichning yuqori terminallariga (klemmasi) beriladi va pastki terminallarga isitgich ulanadi.

Agar elektr isitgich suvni isitish uchun foydalanilsa va uyda shit yerlashtirilgan  bo’lsa, u holda isitgich izolyatsiyasi ochilgan taqdirda, elektr toki urishidan himoya qilish uchun UZO yoki difavtomat o'rnatish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Bunday holatda, yerlashtirgich o'tkazgichi, isitish elementining korpusiga ulanadi yoki suv sig’imini korpusiga qotirilgan maxsus vint bilan ulanadi. Bunday vintning yonida yerlashtirgich tasvirlangan belgisi bo’ladi. Keling, difavtomatli sxemani ko'rib chiqaylik:

Difavtomat bilan himoya qilish quyidagicha ishlaydi: isitgichning izolatsiyasi ochilganda, uning korpusida faza paydo bo'ladi, tok qarshilik oz tarafga yurib yerlashtirgich o'tkazgichi bo'ylab "borib" yerga o’tib ketadi va tok utechkasini (tokni oqib chiqib ketishi) hosil qiladi. Agar bu tok, berilgan chegara qiymatidan oshib ketsa, difavtomat himoyasi ishga tushadi va isitish elementining, kuchlanish manbaini o'chiradi. Agar zanjirda qisqa tutashuv sodir bo'lsa,  bu holda ham difavtomat ishga tushadi va isitish elementini, kuchlanishini o’chiradi.

UZOdan foydalanilganda, u va isitgich elementi o'rtasiga qo'shimcha bir qutbli Avtomat o’chirgich o'rnatish kerak, bu qisqa tutashuv sodir bo'lganda, isitgichga berilayotgan kuchlanish ta'minotini uzib qo'yadi va UZOni qisqa tutashuv tokidan himoya qiladi. Izolyatsiya ochilgan taqdirda, UZO kuchlanish ta'minotini o’chiradi.

2.3. Isitish elementlarining haroratni nazorat qilish sxemasida ishlashi.

Haroratni avtomatik nazorat qilish sxemalarida, elektr isitgichlarga kuchlanish, magnit puskatel, kontaktorlar yoki termorele kontaktlari orqali beriladi. Bularni barchasini birgalikda bir biriga ulanishi "isitgich - termorele" yoki "isitgich - termorele - kontaktor" kombinatsiyasi, xonalarda yoki suyuq muhitda harorat rejimini saqlash uchun foydalanish mumkin bo'lgan eng oddiy harorat regulyatorini ifodalaydi. Kontaktor sxemada kontaktlarni ko'paytirish va quvvati katta yuklamalarni uzib ulash uchun foydalaniladi, chunki termorelelarni kontaktlari katta yuklamaga mo'ljallanmagan bo'ladi.

Termorele old tarafidan joylashgan murvatidan tanlashingiz mumkin, u "Isitish" yoki "sovitish" rejimlarida ishlashi mumkin. Biz isitish elementining "Isitish" rejimida ishlashini ko'rib chiqamiz, chunki bu eng ko'p ishlatiladigan rejim.

Keling, "isitgich - termorele" sxemasini ko'rib chiqaylik.

220 V kuchlanish ikki qutbli avtomat o’chirgichni  yuqori tarafidagi kirish terminallariga beriladi. Avtomatning chiqishidan kuchlanish termoreleni  A1 va A2 terminallariga beriladi. Nol termoreleni A2 terminaliga va isitish elementi chiqishlarini  chap tarafiga ulangan.

Faza termoreleni  A1 terminaliga ulangan va K1 kontaktining chap terminaliga ulangan va faza bu yerda  doimo bo’ladi. K1 kontaktining o'ng terminali isitish elementining o'ng tarafidagi chiqishiga ulangan. Harorat datchigi T1 va T2 terminallariga ulangan.

Dastlabki holatda, atrof-muhit harorati termorelega berilgan qiymatdan yuqori bo'lsa, K1 kontakti uzilgan bo’ladi va isitish elementiga kuchlanish kelmaydi. Harorat berilgan qiymatdan pastga tushishi bilan datchikdan signal keladi va termorele K1 kontaktini ulaydi.

Bu vaqtda, yopiq kontakt K1 orqali faza isitish elementining o'ng tarafidagi chiqishiga keladi va isitish elementi qiziy boshlaydi. Belgilangan haroratga erishilganda, termodatchikdan yana signal keladi va  K1 kontaktini ajratadi va isitgichni kuchlanishini o’chiradi.

Keling, "isitgich – termorele - kontaktor" sxemasini ko'rib chiqaylik.

220 V kuchlanishli ikki qutbli Avtomat o’chirgichni yuqori tarafidagi kirish terminallariga beriladi. Avtomatning chiqishidan termoreleni A1 va A2 terminallariga beriladi. Nol termoreleni A2 terminaliga, undan kontaktor g’altagini (katushka) A2 terminaliga va isitish elementining pastki tarafidagi chiqishiga ulangan.

Faza termoreleni A1 terminaliga beriladi va undan K1 kontaktning chap tarafidagi terminaliga uzatiladi va doimiy ravishda bu joyda faza bo’ladi. K1 kontaktining o'ng tarafi,  kontaktorning A1 g’altagiga ulangan. Kontaktorning yuqori tarafidagi kuch kontakti isitgichning yuqori tarafidagi chiqishiga ulangan. Harorat datchigi T1 va T2 terminallariga ulangan.

Dastlabki holatda, atrof-muhit harorati berilgan qiymatdan yuqori bo'lsa, K1 kontakti ochiq va isitish elementiga kuchlanish kelmaydi. Harorat belgilangan qiymatdan pastga tushganda, harorat datchigidan signal qabul qilinadi va termorele K1 kontaktini ulaydi, bu orqali faza kontaktor galtagini A1 terminaliga keladi.

Kontaktor g’altagini  A1 terminalida faza paydo bo'lganda, kontaktor ishga tushadi, uning kuch kontaktlari ulanadi va faza isitgichning yuqori terminaliga yetib boradi va u qiziy boshlaydi. Belgilangan haroratga erishilganda, datchikdan yana signal keladi, termorele K1 kontaktini uzadi va kontaktorni kuchlanishini ochiradi, bu esa o'z navbatida isitgichni ochiradi.

 

Maqolani rus tilidagi original matnini, quyidagi havola orqali korishingiz mumkin:

https://sesaga.ru/ustrojstvo-i-sxemy-podklyucheniya-ten.html