Isitish elementlarini (TEN) yulduz yoki uchburchak usulida uch fazalik tarmoqqa ulash: sxemalari va misollar
Admin
4146
Nov. 18, 2023
Elektrotexnika
Isitish elementlarini (TEN) yulduz yoki uchburchak usulida uch fazalik tarmoqqa ulash: sxemalari va misollar
Naychali isitish elementlari keng ko'lamda foydalaniladi. eng ko'p qirrali va mos sanoat isitish yechimidir. Naychali isitish elementlari (TEN) turli xil o’cham va shakllarda ishlab chiqariladi.
Ishlab chiqaruvchilar so’rov va talabga ko’ra istalgan diametr va kerakli shaklda bukilgan isitish elementlarini tayyorlab berishlari mumkin. Isitish elementi tashqi ta’sirlardan himoya qilishga yordam beradigan bardoshli tashqi qobiqqa ega. Xususiyatlari, qobig'i va shakliga ko'ra, naychali elektr isitgichlar suyuqliklarni, gazlarni va qattiq moddalarni isitish uchun, yuqori harorat talab qilinadigan sanoatni turli xil sohalarida qo'llaniladi.
Naychali elektr isitgichlar sanoatda ham, maishiy texnikada ham isitish elementlarining eng ommaviylashgan turi hisoblanadi. Har bir elektr isitish elementi, hatto 220V kuchlanish uchun mo'ljallangan bo'lsa ham, uni bir fazali va uch fazali tarmoqlarga ulanishi mumkin. Keling, isitgichlar uchun uch fazali tarmoqqa qanday ulanish turlari mavjudligini va isitish elementlarining xususiyatlariga qanday talablar qo'yilganligini batafsil ko'rib chiqaylik.
Elektr isitish elementlarini 3 fazali tarmoqqa ulash uchun quyidagi turdagi sxemalar qo'llaniladi:
• Ulanish turi YULDUZ
• Ulanish turi UCHBURCHAK
Agar bizda, xuddi isitish elementi bloki kabi maxsus isitgichlar bo'lmasa, lekin oddiy naychalili isitish elementlari bo'lsa, u holda bir xil yuklamaga ega bo'lish uchun har bir fazada bir donadan elektr isitgichlar bo'lishi kerak. Ya'ni, isitgichlarning minimal soni 3 ta bo'ladi. Bunda, isitish elementlarining texnik parametrlari 380 yoki 220 volt bo'lishi mumkin.
220 V kuchlanishli, elektr isitish elementlarini 3 fazali tarmoqqa ulash uchun YULDUZ usulida dan foydalanish kerak. Agar isitish elementini kuchlanishi 380 volt bo'lsa, ikkala ulanish sxemasidan ham foydalanish mumkin: YULDUZ va UCHBURCHAK varianti.
Uch fazali elektr ta'minoti tarmog'iga YULDUZ usulida ulanish.
YULDUZ usulida istalgan isitish elementlarini ulash mumkin. Bu usulda isitish elementlari quyidagi elektr sxema bo’yicha ulanadi:

Keling, ushbu sxema bo'yicha isitgichlarni qanday ulashimiz mumkinligini ko'rib chiqaylik, agar bizda oddiy, standart tipdagi istalgan elektr isitish elementi bor bo'lsa.
Har bir isitish elementidan faqat bittadan chiqishlari, kuchlanish manbaiga ulanishi kerak. Shuning uchun uch fazali tarmoqqa ulashda, bizda uch dona elektr isitgich bo'lishi kerak. Isitish elementini ulanmay qolgan chiqish kontaktlari bitta nol deb ataladigan nuqtaga ulangan bo'lishi kerak. Shunday qilib, biz uch o’tkazgich ulangan, yuklamani olamiz. Keling, 3 ta suvli isitish elementini, 380 V kuchlanishga ulash uchun uch o’tkazgichli sxemani batafsil ko'rib chiqaylik.

Ushbu rasmda siz yuqorida tavsiflangan sxema bo’yicha, isitish elementlarini ulanishini ko'rib chiqishingiz mumkin, Quyidagi rasmda esa, isitish elementlariga kuchlanish beruvchi maxsus himoya qurilmasi qo'shiladi. Sxemadan aniq ko'rinib turibdi-ki, isitish elementlarini har ikkinchi chiqishlariga A, B va C fazalariga beriladi, qolganlari esa bir-biriga ulanadi.

Isitish elementlarini shu tarzda ulash orqali biz har bir isitish elementida, tarmoq va neytral o'rtasida 220 V ga teng bo'lgan kuchlanish qiymatini olamiz.
Yuqoridagi sxemadan, isitish elementini o’ng tarafdagi chiqishlari A, B, C fazalariga ulanganligini ko'rish mumkin. Chap tarafdagi chiqishlar umumiy neytral nuqtada ulangan. O'ng tarafdagi chiqishlar va neytral nuqta orasidagi ishchi kuchlanishi 220 voltga teng.
Shuningdek uch fazalik tarmoqda, to’rtta o’tkazgichdan foydalanilganda ham, YULDUZ sxemada ulash varianti ham mavjud. Bunda isitish elementini nol nuqtasi, elektr ta’minotining neytraliga ulanadi.

Xuddi avvalgi holatda bo'lgani kabi, isitish elementi chiqishlarni bir tarafi nol nuqtasiga ulangan, boshqalari esa uch fazali tarmoqqa ulangan. Agar isitish elementini nol nuqtasini, elektr ta'minotining nol shinasiga ulansa, biz har bir isitgichda, faza va nol o’rtasidagi 220 V kuchlanishni olamiz.

Agar yuklamani tarmoqdan butunlay uzish zarur bo'lsa, "3+N" yoki "3P + N" avtomat o’chirgichlardan foydalaniladi. Bunday Avtomatlar, barcha mavjud kuch kontaktlarini, bir vaqtda yoqadi va o'chiradi.
Kelinglar sitish elementlarini elektr qozonga o'rnatish misolida, YULDUZ ulanish turini amalda qanday qo'llash kerakligini ko'rib chiqaylik.
Elektr qozon uchun YULDUZ sxemasida isitgichlarni ulash
Elektr isitish qozonlarida isitish elementlari turli usullar bilan ulanishi mumkin, YULDUZ tipidagi ulanish sxemasini ko'rsatish uchun, isitish elementlari 220 V kuchlanishli, 3 fazali elektr ta'minoti tarmog'iga o'rnatish variantini tasvirlaymiz.

Suv uchun mo’ljallangan isitish elementlarining quvvatu yuqoriligi bo’lganligi sababli, ulanishlar sifatiga ma'lum talablarni qo'yadi. Yuqori sifatli, issiqlikka bardoshli o’tkazgichlardan foydalanilganda ulanishlar ishonchli o’ladi.
Dastlab, faza o’tkazgichlarini ulash uchun isitish elementi chiqishlaridagi M4 gaykani bo’shatiladi. Undan keyin, shayba va faza o’tkazgichlari oxirlariga qadalgan halqali uchlik (nakonechnik)) ulash kerak. Shayba ustidan yana bir dona grayver shaybasi qo’yib M4 gayka mahkam qotiriladi.

Neytral o’tkazgichi, isitish elementi chiqish kontaktlari orasida joylashgan jumperga (peremichka) ulanadi. Barcha faza va neytral o’tkazgichlarni ulab bo’lgandan keyin, isitish elementi korpusini yerlashtirgichga ulashni unutmang! Odatda isitish elementlarini chiqishlari yaqinida vakorpusni tashqi tarafida yerlashtirgich ulash uchun maxsus bolti bo’ladi.

Agar siz hamma narsani ko'rsatmalarga qat'iy rioya qilgan holda bajargan bo'lsangiz, isitish elementini ulash to'liq tugallangan deb hisoblanishi mumkin.
Elektr qozonlarida, isitishni boshqarish, harorat datchiklari (termodatchik) ma'lumotlari asosida nazorat qilinadi. Termoregulyatorlar qozonning asosiy boshqaruv panelida joylashgan. Isitish elementi harorati ma’lumotlari termodatchik orqali, termoregulyatorga uzatiladi.

Bu ko’rsatgichlar va termoregulyatorda (yoki termostat) o'rnatilgan sozlamalar asosida, isitish elementlarini kuchlanishi avtomatik ravishda yonib o’chib turadi.
Harorat belgilangan ko’rsatgichdan past bo'lsa, kuchlanish beriladi va isitish elementlari issiqlik ishlab chiqaradi, harorat belgilangan qiymatga erishilganda yoki oshib ketganda, kuchlanish o'chiriladi va isitish elementlari isitishni to'xtatadi. Pastki chegaragacha soviganida, isitish elementi yana avtomatik ravishda yoqiladi.
Termoregulyatorga foydalanuvchi faqat bir marta haroratni (yuqori va pastki chegaralarni) o’rnatsa kifoya, keyin elektr qozon avtomatik ravishda ishlaydi va harorat kerakli darajada ushlab turadi.
Uch fazali elektr ta'minoti tarmog'iga UCHBURCHAK sxemada ulash
Isitish elementlarini UCHBURCHAK deb nomlangan uch fazali tarmoqqa ulash, variantini ko’rib chiqaylik.
Uchburchak sxemasida bo’yicha ulanish, 380 volt kuchlanish bilan ishlaganda foydalaniladi. Shuning uchun, isitish elementi zanjirining, har bir qismi ikkita fazani oladi, bu yulduz ulanishidan farq qiladi, yulduz sxemada esa zanjirni har bir qismi uchun faqat bitta faza keladi.
Klassik deb hisoblanadigan uchburchak ulanish 3 ta o’tkazgichga ega bo'lib, ularga uchta faza beriladi. Ushbu ulanish sxemasida, neytral o’tkazgich kerak bo’lmaydi. Bunda, neytral o'tkazgich kerak emas, faqat faza o’tkazgichlarilar ulanadi, ulanish sxemasi quyidagicha ko'rinishda bo'ladi:

Isitish elementlarini "uchburchak" sxemasi yordamida ulash uchun siz ularni bir-biriga ketma-ket ulashingiz kerak. Bunda:

A faza uchun - № 1 isitish elementini birinchi chiqishi, analog ravishda № 2 isitish elementining birinchi chiqishiga ulanadi;
B faza uchun - № 2 isitish elementini ikkinchi chiqishi, № 3 isitish elementini huddi shunday ikkinchi chiqishiga ulanadi;
C faza uchun - № 1 isitish elementining ikkinchi chiqishi № 3 isitish elementini birinchi chiqishiga ulanadi;

Uchburchak sxemasining afzalligi, yulduz sxemasiga nisbatan yuqori quvvatga erishiladi, shuningdek, ortiqcha o’tkazgichlardan foydalanmasdan qulay ulanishidir. Ushbu sxemaning yagona kamchiligi, yuqori kuchlanishdan foydalanish bo'lib, bu isitgichning ishlash muddatini qisqartiradi.
Isitish elementlarini yulduz yoki uchburchak usulda ulashni, to’g’ri sxemasini qanday tanlash mumkin?

Agar elektr isitish qozoningizni ulash bo'yicha yo’riqnomasi yo'qolgan bo'lsa siz uy sharoitida, to'g'ri ulanish sxemasini quyidagicha aniqlashingiz mumkin:
1. Avvalo, isitish elementining terminallarini (klemmalari) qarang, ehtimol ishlab chiqaruvchi allaqachon kontaktlarni ma'lum bir sxema uchun tayyorlagan. Masalan, «yulduz» yoki 220V volt kuchlanishli isitish elementlarini ulash uchun uchta terminal jumper (peremichka) yordamida ulanadi.
2. Nol terminalning mavjudligi - "N", isitish elementlari 220 V ekanligini va ular "Yulduz" sxemasiga muvofiq ulanishi kerakligini ko'rsatadi. Bundan tashqari, uning yo'qligi isitish elementi 380 Volt ekanligini anglatmaydi.
3. Isitish elementining kuchlanishini aniqlashning eng ishonchli usuli, markirovkasiga qarashdir.

Agar siz elektr qozoningiz qanday kuchlanish uchun mo'ljallanganligini va uning isitish elementining ulanish sxemasini aniqlay olmasangiz, lekin siz uni "albatta ulashingiz kerak" bo'lsa, "Yulduz" sxemasidan foydalanishni tavsiya qilinadi. Bu usulda, agar isitish elementlari 220 V uchun mo'ljallangan bo'lsa, ular normal rejimda ishlaydi, agar ular 380 V kuchlanishli bo'lsa, ular odatdagidan kamroq quvvat issiqlik chiqaradi, lekin eng muhimi, asosiysi ular kuyib ketmaydi.
Harorat va isitish quvvatining, ulanish sxemasi bog'liqligi
Isitish elementi tanlashda xaridor birinchi navbatda uning quvvatiga e'tibor beradi. Isitish elementining quvvati faqat qizuvchi spiralni qarshiligiga bog'liq. Albatta, agar siz transformatorlardan yoki ma'lum bir tarmoqdan doimo kuchlanish olib foydalanmasangiz. Ushbu bog'liqlikni maktab fizikasidagi quvvatni hisoblash formulasi yordamida osongina hisoblash mumkin:
P=U*I
Quvvat (P)
Kuchlanish (U)
Tok kuchi (I)
Bunday holatda, biz kuchlanish kattaligi sifatida elektr isitish elementining klemmalari orasidagi potentsial farqni olamiz. Tok kuchi esa, qizuvchi spiral orqali oqib otadigan tokni o’lchash kerak.
Tok kuchini, Om qonuni I=U/R formulasi yordamida hisoblash mumkin, bu yerda R qizuvchi spiralning elektr qarshiligi. Endi, bu qiymatni quvvat formulasidagi I o’rniga qo’yamiz P=U*U/R bundan P=U2/R. Demak isitish elementining quvvati faqat kuchlanish va qarshilikka bog'liq ekanligi ma'lum bo'ladi. Shunday qilib, biz doimiy tarmoq manbai kuchlanishida elektr isitgichning quvvati, faqat qarshilik o'zgarganda o'zgaradi degan xulosaga kelish mumkin.
Agar sizda isitish elementlarini uch fazali tarmoqqa ulash turlari haqida savollaringiz bo'lsa, Telegram guruhimiz orqali mutaxassislarimizga murojaat qilishingiz mumkin, biz sizga imkon qadar qisqa vaqt ichida batafsil javob berishga harakat qilamiz.