Ushbu sayt elektrotexnika va elektronika bo'yicha informatsiya beruvchi, amaliy va nazariy o’rgatuvchi sayt. Saytimiz yordamida siz nafaqat tushunasiz, elektrotexnika va elektronika sohasini yoqtirib ham qolasiz.

Bir fazali dvigatelda ishchi va ishga tushiruvchi o’ramni qanday aniqlash mumkin

Admin 1629 Aug. 5, 2023  Elektrotexnika

Bir fazali dvigatelda ishchi va ishga tushiruvchi o’ramni qanday aniqlash mumkin

Ilgari ko'pchilik 3 fazali motorlarni bir fazali zanjirga ulagan, ammo vaqt o'tyapti. Hozirda ko'pchilik tayyor bir fazali sotib olishadi.

Bir fazali dvigatel - bu bir fazali o'zgaruvchan tok tarmog'iga ulanish uchun mo'ljallangan elektr motordir.

Bir fazali motorlar - bu kam quvvatli elektr mashinalaridir. Bir fazali dvigatellarning magnito’tkazgichida ikki fazali o’ram joylashgan,  asosiy va ishga tushiruvchi o'ramdan iborat.

Bir fazali dvigatelning rotorini aylantirish uchun ikkita o'ram kerak. Ushbu turdagi eng keng tarqalgan motorlarni ikki guruhga bo'lish mumkin: ishga tushiruvchi o’rami bo'lgan bir fazali motorlar va ishchi kondensatorlik motorlar.

Birinchi holatda, dvigatelni ishga tushiruvchi o’rami, dvigatel ishga tushirilgan so’ng faqat 3-5 soniya davomida ishlaydi. Rotor optimal aylanish tezligiga erishgandan so'ng, u manbadan uziladi. Elektr motor faqat bitta tarmoq o’rami bilan ishlashni davom ettiradi.

Zanjirda kondensator bo'lgan bir fazali motorlarda ishga tushiruvchi o’ram doimiy ravishda faol bo'ladi. Kondensatorning nominal sig'imi, elektr motor quvvaati va boshqa xarakteristikalariga qarab tanlanadi.

Kondensatorlar faza siljishini yuzaga keltirish va aylanadigan magnit maydonni hosil qilish uchun kerak. Kondensatorlarsiz faqat bir fazali kollektorlik dvigatellar ishlaydi, asinxron dvigatellar esa ishlamaydi.

Shunday qilib, agar dvigatelning yordamchi o’rami ishga tushiruvchi bo’lsa, u faqat bir necha soniya davomida faollashadi, faqatgina dvigatelni ishga tushirganda ishlaydi. Agar kondensatorlik bo'lsa, u doimo faol bo'ladi toki elektr dvigatelni tarmoqdan uzmaguncha.

Bir fazali elektr dvigatellar o’zining konstruksiyasiga ko’ra uch fazali bilan o'xshash, lekin faqatgina asosiy va ishga tushiruvchi o'rami bor. Agar birinchi o’ramni siz  elektr manbaiga ulasangiz, Birinchi o’ramda magnit maydon hosil qiladi,  lekin magnit maydon nolga teng bo'ladi. Ishga tushiruvchi momentni ta'minlash uchun, esa ishga tushiruvchi o'ram ko’zda tutilgan.

 

O’ramlarni qanday farqlash mumkin

Asosiy va ishga tushiruvchi o’ram, birinchi navbatda, tok o’tkazuvchi  o'tkazgichlarning kesimi bilan farq qiladi: ishchi o’ramni kesimi kattaroq. Shuning uchun uning qarshiligi past bo'ladi.

Elektrotexnika asoslarini bilib, ishonch bilan aytish mumkin: o’tkazgichlarning kesimi qanchalik katta bo'lsa, ularning qarshiligi shunchalik past bo'ladi va aksincha, o’tkazgichlarning kesimi qanchalik kichik bo'lsa, ularning qarshiligi shunchalik katta bo'ladi.

Biz ko’rayotgan misolda o’tkazgichlarning kesimidagi farq ko'rinmaydi, chunki ular ingichka va ularni ko'z bilan ajratib bo'lmaydi.

Terminal qutisi (Klemma korobkasi, barno) orqali o’ramlarni aniqlash mumkin. Qoidaga ko’ra, u 4 ta chiqishga ega. Buning uchun o'tkazgichlarning qarshiligi o'lchanadi. Ishchi o'ram har doim AC tarmog’iga ulanadi. Ishga tushiruvchini bir uchi asosiy o’ramga, ikkinchi uchi esa avval kondensatorga, so'ngra asosiy o'ramga ulanadi. Bunday holatda, aylanish yo'nalishi, manba kuchlanishini qutblariga bog’liq emas.

O’ramlarning  qarshiligini o'lchash

Agar o’tkazgichlarning kesimidagi farq ko'z bilan ko'rinsa ham, bari bir o’ramlarning qarshiligini o'lchashni maslahat beraman. Shunday tarzda, biz bir vaqtning o'zida ularning butunligini ham tekshiramiz.

Buning uchun biz raqamli multimetridan foydalanamiz. Bu yerda sizga multimetrdan qanday foydalanish haqida aytmaymiz.

O’tkazgichlar uchidagi Izolyatsiyasini  tozalang. Keyin biz multimetrning shuplarini olamiz va istalgan  ikkita o’tkazgich orasidagi qarshilikni o'lchaymiz.

Agar displeyda hech qanday ko’rsatgich bo'lmasa, unda siz boshqa o’tkazgichni olib, yana o'lchashingiz kerak. Endi o'lchangan qarshilik qiymati 300 (Om)ni tashkil etdi.

Biz bitta o’ramni chiqishlarini topdik. Endi multimetr shuplarini qolgan bir juft o’tkazgichlarga ulaymiz va ikkinchi o'ramni o'lchaymiz. 129 (Om) Chiqdi.

Xulosa qilamiz: birinchi o'ram ishga tushiruvchi, ikkinchisi ishchi.

Keyinchalik dvigatelni ulashda o’tkazgichlar bilan chalkashib ketmaslik uchun markirovka qilish uchun birka ("kembriklar") tayyorlaymiz. Odatda,birka sifatida, PVX izolyatsiyali  trubkasini yoki kerakli diametrdagi oq rangli termousadka trubkasidan foydalaniladi. Ushbu misolda diametri 3 (mm) bo'lgan PVX trubkadan foydalanilgan.

Yangi GOSTga ko'ra, bir fazali dvigatelning o’ramlari quyidagicha shaklda belgilanadi:

• (U1-U2) — ishchi

• (Z1-Z2) - ishga tushiruvchi

Misol sifatida olingan КД-25-У4 dvigatelida markirovkasi eskicha yozilgan:

* (C1-C2) — ishchi

• (B1-B2) — ishga tushiruvchi

Dvigatel yorlig'ida ko'rsatilgan ulanish sxemasi va o’tkazgichlar markirovkasida, mos kelmaslik bo’lmasligi uchun, markirovkasi eskicha yozildi.

Ma’lumot uchun:  Ayrimlar adashadi, dvigatelning aylanishini, tarmoq vilkasini almashtirish (manba kuchlanishining qutblarini o'zgartirish) orqali o'zgartirish mumkin, deb aytganda xato qiladi. Bu noto'g'ri!!! Aylanish yo'nalishini o'zgartirish uchun siz ishga tushiruvchi yoki ishchi o’ramlarning uchlarini o’rnini almashtirishingiz kerak. Faqat shunday!!!

Biz bir fazali dvigatelning terminal blokiga (Barno) 4 ta o’tkazgich chiqarilgan holatni ko'rib chiqdik. Bundan tashqari, terminal blokida faqat 3 ta o’tkazgich ham chiqariladi.

Bunday holatda, ishchi va ishga tushiriluvchi o’ramlar elektr motorining terminal blokida emas, balki uning korpusi ichida ulanadi.

Bu holatda qanday bo'lish kerak?

Bunda ham yuqoridagi singari qilamiz. Har bir o’tkazgich orasidagi qarshilikni o'lchaymiz. Biz ularni ongli ravishda 1, 2 va 3 deb belgilaymiz.

Mana, qanday natija chiqdi:

• (1-2) - 301 (Om)

• (1-3) - 431 (Om)

• (2-3) - 129 (Om)

Bu yerdan biz quyidagi xulosaga kelamiz:

• (1-2) - ishga tushiruvchi o’ram

• (2-3) - ishchi o’ram

• (1-3) - ishga tushiruvchi va ishchi o’ramlar ketma-ket ulangan

(301 + 129 = 431 Om)

 

Ilova: 301+129=430 chiqadi. Multimetrni ruxsat etilgan xatoligi hisobiga 431 Om ko’rsatilgan

Malumot uchun: o’ramlarning bunday ulangan, bir fazali dvigatelning revers, teskari tomonga ham aylantirish mumkin. Agar chindan ham xohlasangiz, siz dvigatel korpusini ochishingiz, ishga tushiruvchi va ishchi o’ramlarni ulanish joyini topishingiz, ushbu ulangan joyni uzishingiz va birinchi holatda bo'lgani kabi terminal blokiga 4 chi o’tkazgichni olib chiqishingiz kerak. Agar sizda  kondensatorli bir fazali dvigatel  bo'lsa,  (КД-25 olsak),  uning teskari tomonga aylantirish uchun kuchlanish manbai fazasini almashtirish orqali amalga oshirilishi mumkin.