Ushbu sayt elektrotexnika va elektronika bo'yicha informatsiya beruvchi, amaliy va nazariy o’rgatuvchi sayt. Saytimiz yordamida siz nafaqat tushunasiz, elektrotexnika va elektronika sohasini yoqtirib ham qolasiz.

Kondensatorlarni ishlash muddati qancha?

Ravshan Ropiyev 166 June 19, 2023

Kondensatorlarni ishlash muddati qancha yaʼni yangi kondensator qancha vaqtgacha oʻzini kuchini yoʻqotmay ishlaydi. Qisqasi muddati qancha?


Javob:

Assalomu alaykum Ravshan, kondensatorlar oʻrtacha 5000-10000 soat ishlaydi. Ishlash muddati, uni siz qanday sharoitda ishlatishingizga bogʻliq. Bu 10000 soat normal sharoitda koʻrsatilgani. Agar xona harorati baland boʻlsa yoki elektron plata qizib ishlasa, kondensator qurib qoladi. Agar xonada namlik ortib ketsa katta kondensatorlar korpusi yorilib qoladi. Ayrim eski platalarda koʻramiz 15 yil ham ishlaydi. Hozirgi platalarda 5 yilda almashtirasiz. Uzoq ishlashiga yana ishlab chiqargan firmaga ham bogʻliq boʻladi.