Svetodiodlarga rezistor tanlash.
Ali Yuldashev 175 June 19, 2023
Yorugʻlik chiqaradigan diodlarimizni (Svetodiodlar) oʻrnatayotganimizda unga qanday kattalikdagi qarshilikni tanlashni, hisoblashni oʻrgatsangiz. Oldindan rahmat.
Javob:
Rezistorni yorugʻlik diodiga ketma ket ulaymiz. Rezistorni vazifasi yorugʻlik diodi kuyib qolmasligi uchun tokni chegaralab turadi.
Aytaylik sizda 12 voltlik taʼminlash manbasi bor. Yorugʻlik diodi 1.5 volt 10 mAda ishlaydi. yorugʻlik diodi normal yonishi uchun qarshilik tanlaymiz.
Rezistorda kuchlanishimiz 12-1,5=10,5 voltga pastlaydi. Yorugʻlik diodi qarshilikka ketma-ket ulanganligi uchun tok 10 mA. Om qonuniga koʻra R=U/I = 10,5 V/0,010 A = 1050 Om, 1,1 Om rezistor tanlaymiz.
Qarshilikni quvvati qanday boʻlishi kerak?
Agar R = 1100 Om, tok 0.01 A boʻlsa, Joul Lens qonuniga koʻra 0.11 Vt ekvivalentda issiqlik tarqaydi. Demak rezistor 0.125 Vt, eng kichkina quvvatdagisi ham boʻlaveradi.