Kompyuter o'chib qolishi.
Asl Angor 630 June 19, 2023
Assalomu alaykum elcom, kompyuter oʻchib yonib qolishi nimadan?
Javob:
Kompyuter oʻz oʻzidan qayta yuklanayotgan (perezagruzka) boʻlsa bir nechta sabablari bor boʻladi.
1. Taʼminlash manbasi eskirib yetarli tok bermay turgan boʻlishi mumkin yoki tarmoqdagi kuchlanish tushib ketgan boʻlishi mumkin. Qish mavsumida kuchlanish tushib ketadi masalan 220 volt oʻrniga 170 — 180 volt boʻlib qolgan boʻlishi mumkin.
2. Taʼminlash manbaidan chiqqan kabellarni ulangan joyi yaxshi ulanmagan boʻlsa yoki tezkor (operativ) xotira slotiga yaxshi tushmay, kontaktlari yaxshi tegmay turgan boʻlishi mumkin. Kompyuter barcha kabellarini yechib changlardan tozalab boshqalatdan ulab koʻring!
3. Ona platani (Materinka) koʻzdan kechiring, elektrolit kondensatorlari shishib ketgan boʻlishi ham mumkin.
4. Operativ xotira yaxshi ishlamay turgan boʻlishi ham mumkin. Boshqasiga almashtirib koʻring. Agar ikkita qoʻyilgan boʻlsa, bittasini olib qoʻyib tekshiring!
5. Agar yuqorida yozganlarimda ham nuqsoni topilmada, aybni dasturiy taʼminotdan qidirasiz. Windows operatsion tizimini yangidan oʻrnating!
6. Ha aytgancha agar video kartasi bor boʻlsa uni olib tashlab ishlatib koʻring, bu ham sabab boʻlishi mumkin.