Payalnik jalasi
Umidbek Gayipov 240 June 19, 2023
Assalomu alaykum aka payalnikni uchi alohida sotiladimi? Meniki qalay ushlamaydi uchi misli.
Javob:
Va alaykum assalom Umidbek, ha uchi jalasi alohida sotiladi. Agar qalay payalnik jalasi qalay ushlamay qolgan boʻlsa, payalnik quvvati balandlik qilib qizdirib yuboryapti sizda. Payalnik uchidagi shurupni otvertka yordamida boʻshatib, mis jalani ozroq tashqariga chiqaring, qizib ketishi ozayadi. Undan soʻng jala uchini egov bilan tozalab boʻlib payalnikni yoqing, qizishiga yaqin yaʼni qalay eritadigan haroratda boʻlishi bilan kanifolga botirib keyin qalayga ishqab yuboring! Shunda jalaga qalay yopishadi.