Ushbu sayt elektrotexnika va elektronika bo'yicha informatsiya beruvchi, amaliy va nazariy o’rgatuvchi sayt. Saytimiz yordamida siz nafaqat tushunasiz, elektrotexnika va elektronika sohasini yoqtirib ham qolasiz.

Kabellarni himoya qilish.

Islomjon Sharipov 233 June 19, 2023

Assalomu alaykum savol bor edi.

Aytaylik kabel 8 A ga moʻljallangan. Avtomat 32 amperlik. Isteʼmolchi 9 A tok isteʼmol qilganda kabel yonib ketadi, lekin avtomat tashlamaydi.

Bunday vaziyatni qanday oldini olish mumkin? Yoki qanday qizib yonib ketishini, oldini olish mumkin? (Biror avtomat bormi?)


Javob:

Tarmogʻimizda isteʼmol quvvati oshib ketib, kabelimiz qizishi natijasida qisqa tutashuv sodir boʻlsa, tokni kattaligi avtomat oʻchirgichni tashlab yuborishi, yaʼni oʻchirib qoʻyishi uchun yetarli boʻlmaydi. Oʻtkazgichlar erigandagi yongʻindan himoyalanish darajasini oshirish uchun, ishga tushirish toki 100-300 mA boʻlgan UZO qoʻyish tavsiya qilinadi. Bu UZO xonadonimizda elektr tarmogʻi kirishga oʻrnatiladi, lekin bu insonni tok urishidan himoya qilmaydi.

Eslatma: Insonni tok urishida himoya qilish uchun differensial toki 10-30 mA boʻlgan UZO qoʻyiladi.

Oʻtkazgichlarimizni yongʻindan himoya qilish uchun 100-300 mA UZO tanlanadi.