Ushbu sayt elektrotexnika va elektronika bo'yicha informatsiya beruvchi, amaliy va nazariy o’rgatuvchi sayt. Saytimiz yordamida siz nafaqat tushunasiz, elektrotexnika va elektronika sohasini yoqtirib ham qolasiz.

Korobkasiz elektr montaj

Najmiddin Nizomov 107 June 19, 2023

Hammaga assalomu alaykum. Savol bor edi: Hozirda baʼzi joylarda elektr montaj kabellarni korobkasiz ulanyapti. Sizni bunga munosabatingiz qanday?


Javob:

Elektr montaj ham zamonga qarab oʻzgardi. Koʻpchilik asosan korobkasiz montajni tanlayapti, sababi kabelimizda ulangan joylari boʻlmaydi, ulangan joylari isteʼmol quvvati oshib ketsa qiziydi. Qizigan joyidan yongʻin kelib chiqishi mumkin. Montaj qilish sxemasi ham oson boʻladi. Devorga gul qogʻoz yopishtirsangiz ham korobkasiz boʻlsa, devor tekis boʻlib, chiroyli chiqadi. Bitta kamchiligi kabel koʻp ketadi xolos.