KIPiA avtomatikani ishiga nimalar kiradi
xxx 321 Dec. 31, 2023
Aka KIPiA avtomatikani ishiga nimalar kiradi, ozgina maʼlumot berib yuboring!
Javob:
Elektriklardan farqli oʻlaroq KIPiAchilar multimetr va otvyortka, payalnikdan tashqari gayka boʻshatuvchi kalit, egov bilan ham ishlaydi. Har xil turdagi apparat va priborlarni taʼmirlashda eng kichkina mikroskopik kalitdan tortib to katta kalitlargacha ishlatishadi. Ilgari KIPiA avtomatika faqat oʻlchov priborlari bilan ishlagan boʻlsa, soʻngi yillarda kengayib ketyapti: IT, HVAC konditsionerlar taʼmirlash,
KIPiA boʻyicha yaxshi mutaxassis boʻlishi uchun elektrotexnika boʻyicha boshlangʻich maʼlumotga, elektr xavfsizligi boʻyicha III guruh ega boʻlishi. Elektronikani bilishi, tranzistor mikrosxema shuningdek mikrokontrollerlarni dasturlarini bilish kerak.
Har xil turdagi priborlar, qurilmalarni taʼmirlash uchun elektrotexnika va elektronika sxemalarni qoʻllamasdan iloj yoʻq. Priborlarni nuqsonini aniqlash uchun tok, kuchlanish, multimetr yordamida oʻlchashlar, elektr zanjirlarni prozvonka qilish, signallar bilan ishlaydi. Istalgan KIPiA xonasiga kirsangiz, alohida(dokumentlar uchun emas) maxsus kompyuteri bor. Kompyuterda priborlarni dasturlari, har xil elektron sxemalar bilan ishlanadi.
KIPiAchilar asosan oʻlchov priborlari, temperatura, bosim, sarf, sathlarni oʻlchovchi datchiklar, signalizatsiya, gaz analizatorlar, kompyuter dasturlari, har xil boshqaruv panellarini bilan ishlaydi hamda taʼmirlaydi. Soʻnggi paytlarda zamonaviy texnikalar taʼmirlashdan koʻra, sozlash va dasturlar bilan ishlashga oʻtib ketyapti bu bilan KIPiAni ASUTP degan guruhi shugʻullanadi. Ilgari avtomatikada relelar bilan blokiirovka, signalizatsiya qilingan boʻlsa, bu soha bilan hozirda zamonaviy yoʻnalish PLC kontrollerlar bilan ishlashadi.
Kimlar KIPiAchi boʻlishi mumkin?
Istalgan qiziquvchilar boʻlishi mumkin, oqish u qadar muhim emas. Oʻzim ishlagan joylarda hamkasblarimni 10 % mutahassislik boʻyicha diplomga ega xolos, qolganlari hammasi ishga kirgandan soʻng oʻrganishgan.