Ushbu sayt elektrotexnika va elektronika bo'yicha informatsiya beruvchi, amaliy va nazariy o’rgatuvchi sayt. Saytimiz yordamida siz nafaqat tushunasiz, elektrotexnika va elektronika sohasini yoqtirib ham qolasiz.

Nomaʼlum transformatorni qanday aniqlanadi?

xxx 162 Dec. 31, 2023

Nomaʼlum transformatorni qanday aniqlanadi?


Javob:

Bizda yozuvlari oʻchib ketgan transformator boʻlsa, uni chiqishlarini aniqlash oson, buning uchun bizga multimetr kerak boʻladi. Multimetr yordamida chulgʻamlarini prozvonka qilib chiqish kerak, bir vaqtni oʻzida qogʻozga sxemasini ham chizib ketamiz, pastdagi rasm kabi. Sxemada chulgʻamni chiqishlarini raqamlab olish kerak xuddi 1,2,3....6,7. singari.

Sxemaga, raqamlangan chulgʻamlarni qarshiliklarini ham yozib chiqamiz, bundan maqsad 220 V tarmogʻimizga ulanadigan birlamchi chulgʻamini aniqlab olish. Birlamchi chulgʻamni qarshiligi boshqa chulgʻamlar qarshiligidan bir necha oʻn barobar katta boʻladi. Agar chulgʻamlar koʻrinib turgan boʻlsa mayda simdan koʻp oʻralgani birlamchi chulgʻam, diametri yoʻgʻon simdan oz oʻralgan chulgʻam ikkilamchi chulgʻam boʻladi.

Transformatorni chiqishlarini aniqlab olgandan keyin, 220 V tarmoqqa birdaniga ulash yaramaydi, chunki birlamchi chulgʻamni necha voltga moʻljallaganligini bilmaymiz. Pastdagi rasmdagi singari chulgʻamga ketma ket qilib choʻgʻlanma lampa ulashimiz kerak. Lampa quvvat taxminan, transformator bilan bir xil olamiz. Masalan 60-100 W.

Agar chulgʻam 220 V boʻlsa, lampochka yonmaydi, yoki bilinar bilinmas nakalni qizaradi. Agar chulgʻam 110-127 V boʻlsa lampochka yetarlicha yorqin yonadi. Birlamchi chulgʻamni tarmoqqa ulab, ikkilamchi chulgʻamlarni chiqishlaridagi kuchlanishni bemalol aniqlab olsak boʻladi.