Odamni nima oʻldiradi, tokmi kuchlanishmi?
Shox Talant 1579 June 19, 2023
Assalomu alaykum odamni nima oʻldiradi, voltmi ampermi volt oʻldirsa elektr shoker oʻldirmaydi-ku amper oʻldirsa payvandchilar (svarshik) oʻlmaydi? shunga toʻxtalib oʻtsangiz iltimos batafsil!
Javob:
Odamni tok ham kuchlanish ham oʻldiradi. Insonni tanasi ham katta bir qarshilik. Om qonuniga koʻra I=U/R formuladan koʻrinyaptiki tok kuchlanishga toʻgʻri proporsional. Demak kuchlanish ham tok ham inson hayoti uchun xavfli ekan. Tok 50 mA dan yuqori boʻlsa xavfli, 100 mA tok insonni oʻldiradi. Yuqori kuchlanish bor joylarda siz teginmasangiz ham yaqin borishingiz bilan elektr tokidan jarohatlanasiz. Yana bu, vaqtga ham bogʻliq. Qancha uzoq tursangiz, past tok ham jarohatlaydi, aksincha bir necha millisekund boʻlsa, katta tokda ham omon qolish mumkin. Elektr shokerda xuddi shunday ichida kondensator razryadlanish (zaryadi ketishi) hisobiga bir necha millisekundda razryadlanib ketganligi uchun kuchlanish jarohatlab ulgurmaydi. Yana tokni taʼsiriga tana qismini qayeri tegishiga ham bogʻliq.