Boshqa nominaldagi kondensator qo'yish
Muhriddin Xolmumenov 135 Dec. 31, 2023
Assalomu alaykum ELCOM, 160 V, 220 mkf kondensator oʻrniga boshqa 160 V 47 mkf yoki 160 V 100mkf kondensator qoʻysa boʻladimi? Oldindan rahmat. Taʼminlash manbaiga.
Javob:
Va alaykum assalom Muhriddin, savolingizga umumiy qilib javob beraman, chunki boshqa obunachilarimizga ham foydali boʻladi.
Kondensatorlarimizni almashtirayotganimizda asosan ikkita parametriga eʼtibor berishimiz kerak.
1) Nominal kuchlanishi, 2) Sigʻimi.
Elektrolit kondensatorlarimizda haqiqiy sigʻimi, koʻpincha koʻrsatilganidan 20-30% kam boʻladi. Yoki kondensator vaqt oʻtishi bilan nominal sigʻimi ham ozayadi, koʻp ishlashi natijasida qurib qoladi.
Koʻpgina qurilmalarda kondensatorlarni nominal sigʻimini oʻzgartirib almashtirish mumkin emas. Aytaylik kondensator nominal sigʻimi 220 mkf boʻlsa, oʻrniga yana 220 mkf oʻrnatishga harakat qilish kerak. Yana bir narsa kondensator bor uzel, sxemada nima ish bajarishiga ham bogʻliq. Agar kondensatorni nominal sigʻimi kattasini qoʻysangiz, sxema bajaradigan jarayon sekinlab ketadi, kichkina boʻlsa jarayon tezlashib ketadi.
Agar siz oʻzingizga kerakli sigʻimni topa olmasangiz, kondensatorlarni parallel yoki ketma ket ulab ham keraklik sigʻimni yigʻib olsa boʻladi (bunda kuchlanishlar oʻzgarmaydi, bitta kondensatorniki olinadi)
Kondensator kuchlanishi kichkinasiga almashtirib mumkin emas, chunki qizib otib yuborishi mumkin. Sxemada 16 V boʻlsa, 25 V qoʻysa boʻladi, lekin10 V kondensator mumkin emas.