Uy elektr montaji uchun kabel tanlash
Bekzod Ismoilov 222 Dec. 31, 2023
Assalomu alaykum ustoz, juda yaxshi video darslar boʻlyapti rahmat. Kabelni kesimini (secheniyasini) qanaqasini tanlagan yaxshiroq (uy montajiga)?
Javob:
Elektr priborlar uchun kabellarni koʻndalang kesimi yuzini toʻgʻri tanlash muhim hisoblanadi. Agar kabellar kesimini (secheniyasi) past tanlab qoʻysak, qiziydi natijada izolyatsiyasi erib yongʻinga olib keladi. Eʼtibor qaratish kerakki, kabellarimizni montaj qilish usuliga qarab (ochiq yoki yashirin “shtukaturka” ostida) bir xil kesimlik kabel har xil tok oʻtkazadi. Ochiq usulda montaj qilinsa kabel kamroq qiziydi va tez soviydi.
Uy va xonadonlar uchun kabellarni kesimini aniqlash uchun internetda koʻplab jadvallar bor. Elektr montaj uchun kabellar kesimini quyidagicha standartda olsangiz boʻladi:
1. Xonadonlar uchun rozetkalarga, mis kabel kesimi 2.5 mm²;
2. Yoritish chiroqlari guruhi uchun 1.5 mm² lik mis kabel;
3. Bir fazalik quvvati baland elektr plita uchun 3x6 mm² kesimlik mis kabel tanlanadi.