Ushbu sayt elektrotexnika va elektronika bo'yicha informatsiya beruvchi, amaliy va nazariy o’rgatuvchi sayt. Saytimiz yordamida siz nafaqat tushunasiz, elektrotexnika va elektronika sohasini yoqtirib ham qolasiz.

Kichkina batareyalarni qalaylash

Islomjon Sharipov 140 Dec. 31, 2023

Kichkina batareyani (qoʻl soatnikidan biroz kattaroq batareyani) payalnik bilan kavsharlash mumkinmi? Issiqlikni zarari yoʻqmi?


Javob:

Javob: Batareyalarni payka qilishga ehtiyot boʻlish kerak, yoʻqsa, kimyoviy tarkibi oʻzgarib xarakteristikasi yomonlashishi mumkin. Temperatura taʼsirida Litiy ionli batareyalar, deformatsiya xavfi ostida boʻladi.

Payka qilish uchun proffesional yondashish kerak. Past haroratda eriydigan qalay yordamida, 3 sekunddan ortiq vaqt payalnikni ushlab turmaslik kerak. Payalnik quvvatiga ham eʼtibor berish kerak 60 W dan kam boʻlmasligi lozim. Chunki tezlik bilan kavsharlab olish kerak. Past quvvatli payalnikda qalay erishi uchun bir oz ushlab turishga toʻgʻri keladi, bu esa xavfli.