Menga Om qonuni boʻyicha maʼlumot beringlar!
Nurbek 285 Dec. 30, 2023
Assalomu alaykum yaxshimisizlar kasbdoshlar. Menga Om qonuni boʻyicha maʼlumot beringlar! Qayerda nimadan foydalansam boʻladi. Iltimos aytib yuboringlar, oldindan rahmat.
Javob:
Javob: Om qonuni bu formula elektr zanjiridagi kuchlanish, tok va qarshiliklarni oʻzaro nisbatlarini hisoblash uchun foydalaniladi. Elektrik va elektronchilar uchun juda muhim va koʻp kerak boʻladigan formulalardan biridir.
I=U/R,
bu yerda:
I — tok
U — kuchlanish
R — rezistor
Agar bizga bu kattaliklardan istalgan ikkitasi maʼlum boʻlsa, uchinchi kattalikni Om qonuniga koʻra aniqlaymiz.
1 - Misol:
Zanjirdagi kuchlanish 12 V, rezistor 6 Om boʻlsa, isteʼmol qilinayotgan tokni topamiz.
I =U/R. I = 12 V/6 Om= 2A. Demak 2 A tok zanjirda oqyapti.
2 - Misol:
Zanjirni qarshiligini topamiz.
U = 24 V. I = 6 A. R = ?
R = U/I
R= 24 V/6A= 4 Om.
3 - Misol:
Zanjirdagi kuchlanishni topamiz. Tok va qarshilik maʼlum.
I =5A. R = 8 Om. U= ?
U= I * R. U= 5A * 8 Om = 40 V.