Bitta savol bor, boshlangʻich oʻrganayotganlar uchun tok kleshi olgan yaxshimi yoki multimetr olgan yaxshimi?
Sardor Maxsetov 295 June 23, 2023
Bitta savol bor, boshlangʻich oʻrganayotganlar uchun tok kleshi olgan yaxshimi yoki multimetr olgan yaxshimi?
Javob:
Multimetr bilan tok oʻlchovchi kleshni tanlashdan oldin, oʻzingizga aniqlashtirib olishingiz kerak, koʻproq nimani, qaysi kattaliklarni oʻlchashni rejalashtirayotganingizni.
Balkim siz elektrik yoki elektronchi boʻlib, ish faoliyatingiz, elektr oʻlchashlar bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Balkim sizda, uy uchun zarur pribor sifatida har ehtimolga qarshi olib qoʻyayotgan boʻlishingiz mumkin.
Aytib oʻtamiz oddiy multimetrda ham oʻzgaruvchan, oʻzgarmas tok va kuchlanishlarni oʻlchaydi, shuningdek boshqa koʻplab, qarshilik, diod va boshqa funksiyalari bor. Lekin multimetrda 10 ampergacha tokni oʻlchash imkoni bor xolos.
Yuqorida aytib oʻtilgan parametrlarni tok kleshi bilan oʻlchab boʻlmaydi. Tok kleshini afzalligi zanjirni ajratmasdan turib tokni oʻlchasa boʻladi. Ayrim joylarda zanjirni uzmasdan tokni oʻlchash kerak boʻladi shunday holatlarda tok kleshidan foydalanamiz.
Koʻpgina tok kleshlarimiz kuchlanish va qarshiliklarni ham oʻlchash funksiyalari bor biroq diapazoni oz boʻladi.
Multimetr har qanday maishiy texnika yoki har xil turdagi roʻzgʻor buyumlarini taʼmirlashda almashtirib boʻlmas, oʻrni beqiyos pribor hisoblanadi.
Baribir har doim multimetr kerak boʻladi.
Tanlash sizni oʻzingizga bogʻliq.