Ushbu sayt elektrotexnika va elektronika bo'yicha informatsiya beruvchi, amaliy va nazariy o’rgatuvchi sayt. Saytimiz yordamida siz nafaqat tushunasiz, elektrotexnika va elektronika sohasini yoqtirib ham qolasiz.

Assalomu alaykum savol bor edi. Agar 1.5 V 50 mA yorugʻlik diodni 4 ta 1.5 voltlik batareyaga ulasak, qancha muddatga yetadi?

Muslim 253 June 23, 2023

Assalomu alaykum savol bor edi. Agar 1.5 V 50 mA yorugʻlik diodni 4 ta 1.5 voltlik batareyaga ulasak, qancha muddatga yetadi?


Javob:

Xar bir akkumulyator yoki batareyani asosiy ikkita parametri bor:

1) Nominal kuchlanishi ( V )

2) Sigʻimi ( a/s amper soat )

Biz oʻzimizga kerakli kuchlanish yoki sigʻimdagi batareyani olishimiz uchun batareyalarni parallel qilib ulaymiz

Parallel ulashda, batareya kuchlanishi oʻzgarmasdan qoladi. Sigʻimi esa, barcha batareyalarni sigʻimini umumiy yigʻindisiga teng. Bizdagi 4 ta 1.5 volt, sigʻimi 1500 (oʻrtacha olindi) milliamper soatlik batareyani parallel ulasak

kuchlanish 1.5 V, sigʻimi 6000 milliamper soat boʻladi.

Endi bizdagi mavjud yorugʻlik diodimizni ( 1.5 volt, 50 mA ) umumiy batareyaga ulaymiz, yorugʻlik diodi va batareyalar kuchlanishlari bir xil boʻlganligi sababli, batareya sigʻimi qancha soatga yetishini hisoblash osonlashadi.

6000/50= 120

Demak bizni parallel ulangan batareyamiz 120 soatga yetadi.