Ushbu sayt elektrotexnika va elektronika bo'yicha informatsiya beruvchi, amaliy va nazariy o’rgatuvchi sayt. Saytimiz yordamida siz nafaqat tushunasiz, elektrotexnika va elektronika sohasini yoqtirib ham qolasiz.

Uy ichi montajlariga mis yaxshimi yoki alyuminiy?

Odil Uralov 318 June 23, 2023

Uy ichi montajlariga mis yaxshimi yoki alyuminiy?


Javob:

Elektr montaj uchun, qanday oʻtkazgich yaxshi mis yoki alyuminiy?

Bu savol koʻpincha elektrik va oddiy uyni montaj qilmoqchi boʻlgan odamlar orasida koʻtariladi.

Alyuminiy kabel quyidagi afzalliklarga ega:

1. Massasi yengilligi, asosan bu elektr uzatish liniyalar montajida muhim.

2. Narxi arzonligi. Koʻpchilik montaj vaqtida umumiy summa necha pulga tushishi bilan qiziqadi.

3. Barqarorligi. Ochiq havoda ham oksidlanib qolmaydi.

4. Himoya qatlami. Foydalanish jarayonida alyuminiy oʻtkazgich tashqi sirtini, oksidlanmaydigan yupqa qatlam qoplab oladi.

Alyuminiy ham koʻpgina bilishimiz kerak boʻlgan kamchiliklari bor.

1. Solishtirma qarshiligi yuqoriligi sababli tez qiziydi.

2. Ulangan kontaktlaridan katta tok oqib oʻtganidan qizib, sovigandan keyin boʻshab qoladi.

3. Ochiq havoda alyuminiyni qoplab olgan yupqa qatlam, tok oqib oʻtishini qiyinlashtiradi, bu qoʻshimcha muammo keltiradi.

4. Moʻrtligi. Alyuminiy oʻtkazgich oson uziladi, ayniqsa qiziganda. Shuning uchun ishlash muddati 30 yil qilib olingan, undan keyin almashtirish kerak.

Mis oʻtkazgich alyuminiyga qaraganda ancha afzalliklarga ega

1. Yaxshi oʻtkazuvchanligi. Deyarli oksidlanib qolganda ham bemalol tokni oʻtkazib turaveradi.

2. Ishlash muddati 50 yilgacha boradi.