UZO bilan difavtomatni qanday tanish mumkin.
Universal kuxnya.uz 152 June 23, 2023
UZO bilan difavtomatni qanday tanish mumkin.
Javob:
UZO va difavtomatni asosan ikkita joyida farqlab olsangiz boʻladi.
1. UZO yoki difavtomatni xarakteristikasiga qaraymiz. Texnik xarakteristikasida nominal toklari koʻrsatilganda, harf va son koʻrinishida markirovka qilingan boʻladi. Agar siz sondan keyin A harfini koʻrsangiz masalan 16 A yoki 25 A demak bu UZO.
Agar harfdan keyin son koʻrinishida boʻlsa masalan C16 yoki C25 bu difavtomat boʻladi.
2. UZO yoki difavtomatni old qismida kichkina sxemasi ham berilgan boʻladi. Shu sxemaga qarab ham bemalol farqlasa boʻladi. Difavtomatni sxemasida qoʻshimcha elektromagnit ajratgich va issiqlik uzgich belgilar ham qoʻshimcha ravishda koʻrsatilgan boʻladi.