Avtomatdan keyingi UZO qanday bo'lishi kerak?
Hojiakbar 952 June 19, 2023
Assalomu alaykum. Elektr shit yigʻish boʻyicha savol bor: agar birinchi avtomat C63 boʻlsa, ikkinchi avtomat UZO qanday boʻlishi kerak?
Keyingi avtomatlar 5 ta C32 isteʼmolga. Isteʼmolda kir yuvish mashinasi, mikrotoʻlqinli pech, issiq pol...
Javob:
Va alaykum assalom Hojiakbar UZOni shunday tanlash kerakki, UZOni nominal kattaligi, u bilan ketma ket ulanayotgan avtomatni nominal kattaligidan bir pogʻona kattasini tanlanadi.
Masalan avtomat 63 A boʻlsa, UZO 80 A boʻlishi kerak.
Keyingi avtomatlarni 5 ta 32 Amperdan, isteʼmolchiga ulagansiz. Bu avtomatlarni nominal kattaligi, ular ulangan isteʼmolchi oladigan tokdan ancha kattasi tanlanibdi.
Avtomatni asosiy vazifasi, isteʼmol toki ortib ketishi va qisqa tutashuvdan himoya qiladi. Agar isteʼmol toki ortib ketsa, oʻtkazgichlarimiz qiziydi, agar bu uzoq muddat boʻlsa, oʻtkazgichlarimiz yonadi.
Avtomat ham saqlagich hisoblanadi, u isteʼmolchi oladigan tok yoki quvvatiga qarab, quvvatni hisoblash P=U/I formulasiga qarab aniqlanadi.
Avtomatni toʻgʻri tanlash uchun, isteʼmol qilinadigan maksimal tokni aniqlash kerak, buning uchun barcha isteʼmolchilar oladigan tok yigʻindisini hisoblanadi.
Bitta guruhni avtomatini hisoblashni koʻrsataman. Bitta guruhda yonma yon rozetkada. Elektr choynak va mikrotoʻlqinli pech bir vaqtda ishlaydi. Ularni isteʼmol quvvatlarini olamiz (elektr choynak 1000 W, mikrotoʻlqinli pech 1000 W) demak isteʼmol qilinadigan maksimal quvvat 2000 W. Tok kuchini aniqlash uchun, maksimal quvvatni kuchlanishga boʻlish kerak (P=U*I formuladan)
2000 W / 220 V = 9,09 A
Shunga yaqin 10 A avtomat olamiz.